Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib,
mamlakat
iqtisodiyotida katta o’rin egallaydi. Uning qazib olish va qayta ishlash miqiyosi esa
davlatning xom ashyo ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy
rivojlanishini belgilaydi. Har xil tog’ jinslarini qazib
olishda va turli-tuman
qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan
ishlar yig’indisiga
ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon
ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer
ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar
va
jarayonlar, ochiq kon inshootlari orqali amalga oshiriladi.
Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus
jixozlangan yer osti inshootlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan
qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bo’linadi:
ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);
qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga
to’plash yoki tushirish ishlari).
Ishlab chiqarish asoslari va maqsadlari uchun
ochuvchi va tayyorlovchi
laximlarni birlashtiradigan aloxida kon tayyorlov ishlari o’tkaziladi (asosiy xandak
va yarim xandak, qirqma xandak va yarim qirqma xandak va boshqa laximlar).
Kon tayyorlov ishlarini o’tkazishdan maqsad shundan iboratki, bu qazish joylariga
(zaboylarga) va kon ishlarining boshlanish frontiga transportni kelishini ta'minlash
uchun yo’l ochib beradi.
Ochiq usulda qazish quyidagilarni ham o’z ichiga oladi:
kon va uning aloxida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki qismini
tayyorlash);
qazib olinayotgan tog’ jinslari massivi mustahkamligini ta'minlashdagi kon-
zaxira muhofazasi va inshootlarini hisobga olish ishlari (suv muvozanatini
ta'minlash, kon jinslarining o’z-o’zidan
yonib ketishini va yuzaning
deformatsiyasi oldini olishdagi qayta tiklash ishlari va x.k. ishlar).
Aytib o’tilgan ishlar ma'lum bir tartibda o’tkazilishi kerak. Har bir ish
orasida texnik sharoitlarni ta'minlay oladigan kerakli vaqt oralig’idagi ochish va
qazib olish ishlari frontini, asbob uskunalar va konni
butunligicha ishlatishda
ishlab chiqarish va xavfsizlik ishlarini to’g’ri taqsimlashni tashkil etish lozim.
Karyer maydoni chegarasida yoki uning uchastkasida tartibli va ketma-ket
bajariladigan ochiq kon ishlariga
qazish tizimi (sistema razrabotki) deb aytiladi.
Qabul qilingan qazish tizimi quyidagilarni ta'minlashi kerak:
ishning borishidagi xavfsizlik;
ularning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligi;
karyerning ko’zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati;
zaxiralarning to’lik olinishi;
barcha foydali qazilmalardan kompleks foydalanish;
kon-zaxira (nedr) va atrof muxit muxofazasi.
Uzoq vaqt ishlatiladigan kon laximlariga (xandak va yer osti laximlari),
qoplovchi
jinslarni tashishga, foydali qazilma boyliklarini yerning ustki qismida
joylashgan qabul qilish punktlariga yetkazishga, yerning ustki qismidan ishlab
turgan gorizontga materiallarni, asbob-uskunalarni va odamlarni tashib keltirishni
ta'minlab turuvchi ya'ni yerning ustki qismidan karyer va zaboyning ishlab turgan
joyigacha transportning kelishini ta'minlanishiga
konni ochish tizimi (sxema
vskritiya) deb aytiladi.
Umumiy xolda butun ochiq kon ishlari kompleksi bir -biriga bog’lik bo’lgan
ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bular
quyidagilardan iboratdir:
tog’ jinslarini va foydali qazilmalarni qazib olishga tayyorlash ishlari;
qazish va yuklash ishlari;
kon massasini (qazilmani)
tashish ishlari;
qoplovchi tog’ jinslaridan ag’darmalar hosil qilish (otvaloobrazovaniye),
foydali qazilmalarni esa omborlarda to’plash yoki bo’shatish (skladirovaniye)
ishlari.
Agar karyerda foydali qazilmalarni birinchi boyituvchanlik yoki oxirgi
maxsulotgacha qayta ishlash amalga oshirilsa, bular ham ishlab chiqarishning
asosiy jarayonlari tarkibiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: