MA’RUZA 2. FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB OLISH
USULLARI.OCHIQ USULDA QAZIB OLISH NAZARIYASI.
Reja
1. Foydali qazilmalar va ularning turlari.
2. Foydali qazilmalar haqida umumiy tushunchalar.
3. Konlarning joylashish sharoitlari.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yer osti qazilma
boyliklariga bo‘lgan ehtiyoj juda ham oshdi. Mavjud konlardan unumli
foydalanish, qazib olishning samarali usullarini yaratish lozimdir. Shuning uchun
ham keyingi yillarda yangi texnologiyalar ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish
va ularni konlarda qo‘llash yaxshi yo‘lga qo‘yilyapti.
Xalk xo‘jaligining eng muhim soxalaridan biri bu konchilik sanoati
hisoblanadi. U mamlakatni har xil ruda, kimyo sanoati uchun xom ashyo, qurilish
materiallari, mineral o‘g‘itlar va boshqa zarur bo‘lgan narsalar bilan ta'minlaydi.
Foydali qazilmalarni qazib olish yil sayin qiyinlashib bormoqda. Buning
asosiy sababi konlardagi qazish ishlarini tobora chuqur yer ostida olib borishga
to’g’ri kelishidir. Natijada qazish tannarxi ham qimmatlashib ketmoqda. Hozirgi
paytda mavjud konlarning chuqurligi 200-500 m, ba'zilariniki esa 1000-1200
metrga yetib bordi. Janubiy Afrika, Xindiston, Braziliya, Chilida foydali
qazilmalar 2500-3000 metr chuqurlikda kovlab olinmoqda.
Respublikamizda xalk xujaligining qazilma boyliklarga bo’lgan ehtiyojini
qondirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Mamlakatimiz ruh, mis, qo’rg’oshin, oltin, volfram, molibden, kaliy tuzlar, oxak,
mramar kabi ma'danlarga boy.
Shuni aytib o’tish kerakki, respublikamiz xududidagi foydali qazilmalar
qadimdan qidirilib, qazib olish ishlari amalga oshirilgan. Hozirgi Angren,
Oxangaron, Olmaliq shaharlarining va Oxangaron daryosining atrofidagi konlar
(Lashkerak, Naugarzan, Qizilolma, Kuch-buloq, Olmaliq) dan kumush, mis, rux,
oltin qadim davrlardan boshlab qazib olingan. Manbalarda keltirilgan
ma'lumotlarga ko’ra foydali qazilmalarni kovlab olishning boshlanishi V-VI
asrlarga to’g’ri keladi.
Qizigi shundaki, qadimgi ajdodlarimiz sifatli ruda qazib olishgan ekan.
Masalan,1 tonna ma'dan tarkibida kumushning miqdori 100-14500 grammgacha
bo’lgan deb xulosa qilinadi. Bu miqdor juda yuqori ko’rsatkich hisoblanadi.
Xalk xujaligining qazilma boyliklarga bo’lgan talabi tobora oshib bormoqda.
Butun dunyoda, jumladan mamlakatimizdagi qazilma boyliklarning zaxiralari
cheksiz emas. Adabiyotlardagi ma'lumotlarga kura ba'zi qazilma boyliklar
(kumush, rux, simob, asbest, vismut) zaxiralari kamayib qolganligi uchun qazib
olish miqdori talabni qoniqtirmaydigan darajaga kelib qolgan. Shuning uchun kon
ishlariga quyiladigan asosiy talablardan biri, aniqlangan zaxiralarni yer ostidan
isrofgarchilikka yo’l qo’ymasdan qazib olishdir. Shu bilan birga konlarda asosiy
qazilma qazib olishda texnikadan to’g’ri foydalanish xalk xo’jaligi uchun katta
ahamiyatga ega bo’lib, yer osti boyliklarining isrof bo’lishini oldini oladi.
Yer qobig’ining yuqori qismini tashkil etgan odatdagi mineral moddalar tog’
jinsi deb ataladi. Hozirgi davrda mavjud texnika va texnologiya yordamida qazib
olingan va iqtisodiy jixatdan ma'qul bo’lgan, xalk xo’jaligi ehtiyoji uchun zarur
minerallar foydali qazilmalardir.
Ko’mir, torf, tabiiy gaz va shu kabi boshqa foydali qazilmalar kovlab
olingandan keyin ularga qayta ishlov bermasdan foydalanish mumkin. Ammo
ko’pgina xolatdagi foydali qazilmalar kovlab olingandan so’ng qayta ishlov talab
qiladi, ya'ni kon jinsi tarkibidagi foydali minerallarni ajratib olish lozim bo’ladi.
Tarkibida foydali mineral mavjud bo’lgan kon jinsi ruda deyiladi. Yer qobigida
tabiiy xolatda bir joyda to’plangan foydali qazilma joyi kon deb ataladi.
Foydali qazilma jinslarining tarkibida kerakli minerallar yetarli bo’ladiki,
uning miqdori juda kam bo’lib, qazib olish iqtisodiy jixatdan samarasiz
hisoblanadi. Bunday jinslar atrof kon jinslari nomi bilan ataladi.
Konlar zaxira ahamiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi:
qazib olinishi iqtisodiy jixatdan samarali;
qazib olinishi iqtisodiy jixatdan samarasiz.
Konlarni samarali va samarasiz ajratish uchun undagi foydali ma'danning
zaxirasi va shu zaxirani qazib olishga ketadigan harajat hisoblab chiqiladi. Ma'lum
bir belgilangan vaqt ichida sarf qilingan harajatlar qoplansa, bunday konlar birinchi
turga kiritiladi. Sarflangan harajatlar qoplanmaydigan konlar esa ikkinchi turga
kiritiladi. Ikkinchi tur konlar keyinchalik texnika hamda texnologiyaning sharoiti
natijasida birinchi tur konlar qatoriga o’tkazilishi mumkin.
Foydali qazilma konlarini qazib olishda ularning shakli, katta-kichikligi, yer
qobig’ida joylashgan o’rni, tog’ jinslari bilan bog’liqligi katta ahamiyatga ega,
shunga ko’ra foydali qazilma konlarini qazib olish usullari va tizmlari mavjud.
Konlarda rudali jinslar bir tomonga to’g’ri yo’nalgan va qatlam shaklda
bo’lib, har tomonga yo’nalgan va atrof jinslarga tekislik (yuza)lar orqali tutashgan
bo’lishi mumkin. Ayrim xollarda rudali jinslar yirik darzlar, uzulmalar tufayli
yaxlitligini yuqotgan bo’ladi.
Rudalar tarkibidagi metallar turiga ko’ra ham farqlanadi. Bir xil metalli
bo’lsa, oddiy ruda deyiladi (masalan, ruda tarkibida faqat temir yoki marganets
bo’lishi mumkin). Agar ruda tarkibida bir necha xil metall bo’lsa, ko’p tarkibli
ruda deyiladi (masalan, rudada molibden, volfram va yana boshqa metallar bo’lishi
mumkin). Rudalar boshqa xususiyatlari – zichligi, maydalanishi, bloklarning kata-
kichikligi, ichki tuzilishi, oksidlanishi va boshqalar bo’yicha ham farqlanadi.
Rudaning zichligi deganda 1 kub metr hajmdagi rudaning birlik miqdori
tushuniladi. Ruda zichligi sifati bo’yicha quyidagicha bo’linadi:
a) juda og’ir – (1m
3
ruda og’irligi 3,5 t dan ortik);
b) urtacha og’ir – (1m
3
ruda og’irligi 2,5 t dan 3,5 t gacha);
v) yengil (1m
3
ruda 2,5 t dan kam).
Ruda maydalanganda yaxlit xolatidagiga qaraganda hajmi kattalashadi.
Bunga sabab ruda bloklari orasida qirralar hisobiga bo’shliq hosil bo’lishidir.
Zamonaviy texnologiya yordamida ruda qazib olishda uning hajmi 1,1-1,6 barobar
ko’payadi.
Bloklarning katta-kichikligiga ko’ra ruda quyidagicha farqlanadi:
1. mayda blokli (100 mm gacha);
2. o’rtacha blokli (100 mm dan 250-300 mm gacha);
3. yirik blokli (250 mm dan 500 mm gacha);
4. juda yirik blokli (500 mm dan katta).
Rudalar ichki tuzilishi bo’yicha juda zich, yaxlit, qat-qat, g’ovakli bo’ladi. U
quruq, ho’l va nam xolatda uchrashi mumkin. Ba'zi bir ruda parchalari vaqt o’tishi
bilan og’irligi, namlik borligi tufayli jipslashib olishi ruda bloklarining
yaxlitlashishiga sabab bo’ladi va ularni bir joydan boshqa joyga tashishda
qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Agar ruda bloklari uzoq muddat saqlansa,
ular oksidlanib qolishi mumkin. Bu ba'zi rudalarga tegishli, ya'ni oksidlanib qolish
uning tarkibidagi minerallar xususiyatiga bog’liq. Oksidlanish rudani boyitish
korxonasida qayta ishlash jarayonini qiyinlashtiradi va olinadigan maxsulot
tannarxining qimmatlashib ketishiga sabab bo’ladi.
Ba'zi rudalar ma'lum bir sharoitda o’z-o’zidan qizib, yonib ketishi mumkin.
Bu esa yer ostida yong’in paydo bo’lishiga olib keladi. O’z vaqtida aniqlanib
tegishli choralar ko’rilmasa, bunday yong’inlar juda katta moddiy zarar keltirishi
mumkin.
Turli tabiiy sharoitlarda joylashgan, istalgan shakldagi foydali qazilmalar
koni ochiq usulda qazib olinadi. Kon ishlari texnologiyasi va mexanizatsiyasini
tanlashga hamda umumiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga konning joylashish
sharoitlari ta`sir ko’rsatadi.
Bu sharoitlarning turlichaligiga qaramasdan ularning barchasi bir-biridan
farq qiluvchi belgilari bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi (4.1-chizma):
1. Konlar shakliga qarab quyidagilarga bo’linishi mumkin:
a) qalinligi va ustki hamda ostki tekis yuzalari nisbiy saqlangan qatlamsimon
uyumlar va qatlamlar ( a,b,v,g,d,e,j)
Dostları ilə paylaş: |