Fanning maqsadi bu insoniyat – atrof muhit, olam sirlarini va rivojlanish mexanizmlarini o`rganib, ulardan jamiyatning ravnaqi uchun foydalanishdir. Fan keng ma`noda voqelikni nazariy jihatdan yorituvchi ilmiy mexanizmdir.
Fanning asosiy vazifalari:
dalillarni yig’ish, tasvirlash, tahlil qilish, umumlashtirish va tushuntirish;
tabiat, jamiyat, tafakkur va bilish qonunlarini aniqlash;
aniqlangan bilimlarni tizimlashtirish;
aniqlangan bilimlarni amaliyotda qo`llash yo`nalishlari va shakllarini yaratish.
Fan - ijtimoiy mehnat taqsimotining natijasidir.
Ilm-fan - bu insoniyat madaniyatidagi eng qadimgi komponentlardandir. Bu ko`p qirrali boy inson bilimlari dunyosi bo`lib, insonga yashashga va dunyoning barcha ma`naviy va moddiy boyliklaridan foydalanishga imkon beradi.
Bu soha quyidagilarni o’z ichiga oladi:
ilmiy tushunchalar, postulatlar va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariyalar va farazlar, empirik ilmiy dalillar, uslublar, usullar va tadqiqot yo’llari tarzidag`i uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini;
bilimlarning mazkur tizimlarini yaratish va rivojlantirishga yo’naltirilgan insonlarning` ilmiy faoliyatini va ijodini;
insonlar ijodini ilmiy mehnat ob`ektlari, vositalari va ilmiy faoliyat sharoitlari bilan ta`minlovchi muassasani.
Fan bilan san`at, din, axloq o`rtasida muayyan munosabat mavjud. Fan ob`ektiv voqelikni o`rganadi va baholaydi, mushohada qiladi. San`at bilan axloq “fan”ga ijobiy yondoshuvchi tarmoqdir.
Fan ma`naviy madaniyatimizning muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi.
Talabalarga fan tushunchasi mohiyatini etkazish ancha mushkul. Ko’p sonli ta`riflarga ega bo’lgan fan uch asosiy shakl-shamoyilda namoyon bo’ladi. U yo faoliyat shakli, yo muayyan fanga doir bilimlar tizimi yoki majmui, yo ijtimoiy institut sifatida tushuniladi. “Fan” atamasi ilmiy bilishning alohida sohalarini belgilash uchun ham qo`llaniladi. Masalan, matematika fani, fizika fani va h.k. Bunda quyidagi fanlarni ajratish mumkin:
tabiiy fanlar va matematika (fizika, kimyo, geografiya, mexanika, biologiya, geologiya, ekologiya va b.);
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar (filologiya, filosofiya, tarix, politologiya, jurnalistika, psixologiya, sotsiologiya, iqtisodshunoslik, madaniyatshunoslik va b.);
texnik fanlar (qurilish, arxitektura, elektronika, metallurgiya, radiotexnika, elektrtexnika, avtomatik boshqarish va b.);
qishloq xo`jalik fanlari (agroinjeneriya, o`rmon ishi, agronomiya, zootexnika, vetenariya va b.).
J.Bernal fan tushunchasiga amalda ta`rif berish mumkin emasligini qayd etib, fanning mohiyatiga yaqinlashish imkonini beruvchi yo’llarni belg`ilaydi. Shunday qilib, fan:
1) institut1;
2) metod;
3) ilmiy an`analarning` shakllanishi;
4) ishlab chiqarishning` rivojlanish omili;
5) e`tiqodlar va insonning` dunyoga munosabatini shakllantiruvchi eng kuchli omil sifatida namoyon bo’ladi
«Amerika etimologik lug’ati»da fanga «tabiiy hodisalarni kuzatish, tasniflash, tavsiflash, tajribada sinash va nazariy tushuntirish taomillarini ko’rsatish vositasi» deb ta`rif berilgan. Bu ta`rif asosan amaliy xususiyat kasb etadi.
E.Agatstsi fan «ob`ektlar haqidagi fikr-mulohazalarning oddiy majmui sifatida emas, balki ob`ektlarning muayyan sohasi haqidagi nazariya sifatida» qaralishi lozimligini qayd etadi.
Fan jamiyatdagi jarayonlarni ijtimoiy tartibga solish omili sifatida amal qiladi. Fanni olimlar hamjamiyati rivojlantiradi. Shu sababli fan muayyan ijtimoiy va kasbiy tashkilotga, rivojlangan kommunikatsiyalar tizimiga ega bo’ladi.
Xulosa qilib, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta`biri bilan aytganda: "Bugunda fan - jamiyatni rivojlantirishini oldinga harakatlanruvchi kuchdir, chunki fanniig o`zi ham, o`sib rivojlanib boruvchi bir sistemadir”.