Ma’ruza Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti. Fan bilishning maxsus shakli sifatida Reja: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi»



Yüklə 262,62 Kb.
səhifə6/7
tarix16.12.2023
ölçüsü262,62 Kb.
#181966
1   2   3   4   5   6   7
Маъруза1

XX asrning ikkinchi yarmi fanni yangi inqilobiy o`zgarishlarga olib keladi. Bu o`zgarishlar adabiyotlarda ko`pincha fan-texnika inqilobi sifatida tavsiflanadi. Bu o`zgarishlar shu bilan bog’liqki, Ikkinchi jahon urushidan keyin iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda fan yutuqlari ilgari misli ko`rilmagan miqyosda amaliyotga– sanoat, qishloq xo`jaligi, sog’liqni saqlash, kundalik hayotga joriy etiladi. Fan energetikada (atom elektrostantsiyalari), transportda (avtomobilsozlik, aviatsiya), elektronikada (televidenie, telefoniya, komp’yuterlar), ayniqsa, ulkan o`zgarishlar yasaydi. Fanning rivojlanishi eng yangi harbiy texnikani yaratishning asosiy omiliga aylanadi va «ikki lager»ning urushdan keyingi qarama-qarshiligi sharoitida avjolgan qurollanish poygasi yirik davlatlarni ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarga ulkan mablag’larni sarflashga majbur qiladi.
XX asrning so`nggi o`n yilliklarida fan-texnika taraqqiyoti axborot (komp’yuter) inqilobi bosqichiga qadam qo`ydi. Bu bosqichning o`ziga xos xususiyati shundaki, axborot jamiyat rivojlanishining muhim resurslaridan biriga aylandi. Shu tariqa fan bilan bog’liq yuksak texnologiyalar, ular bilan mushtarak ta`lim endilikda har qanday jamiyatning tsivilizatsion rivojlanish darajasini belgilamoqda. Ilmiy kashfiyotlar va ularning amalga tatbiq etilishi o`rtasidagi masofa mumkin qadar qisqaradi. Ilgari fan yutuqlaridan amalda foydalanish usullarini topish uchun 50–100 yil vaqt sarflangan bo`lsa, endilikda bunga 2–3 yilda yoki hatto bundan ham qisqaroq vaqt ichida muvaffaq bo`linmoqda.
Davlat ham, xususiy firmalar ham fan rivojlanishining istiqbolli yo`nalishlarini qo`llab-quvvatlashga katta xarajatlar qilishi tabiiy bir hol bo`lib qoldi. Natijada XX asrning oxirida fan jadal sur`atlarda o`sib, ijtimoiy mehnatning muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. «Katta fan» davri boshlandi. Ko`p sonli ilmiy muassasalar ishiga son-sanoqsiz odamlar ommasi jalb qilindi. Olim kasbi kam uchraydigan kasb bo`lmay qoldi.
Hozirgi vaqtda ilmiy faoliyat o`zlarini qiziqtirgan muammolarni echishga buning butun xavf-xatarini o`z bo`yniga olib qo`l urgan ayrim mutafakkirlarning mashg’uloti emas, balki buyurtmaga, rejali topshiriqqa binoan ishlaydigan, uni belgilangan muddatda bajarish va o`z ishi haqida hisobot berishga majbur bo`lgan yirik jamoalarning ishi. Hozirda ilmiy mehnat– industrial mehnatning bir turi. Fan bilan shug’ullanuvchi kishilar hozir«ilmiy xodimlar» deb atalishi bejiz emas.
5. Hozirgi zamon fani Katta fan deb ataladi. XX asr oxirida yer yuzidagi olimlar soni 5 mln. kishidan oshgan bo`lsa, XXI asrning birinchi o`n yilligida 6 milliondan oshib ketdi. Fanda15 ming yo`nalish va bir necha yuz ming ilmiy jurnallar mavjud. Yangi energiya manbalari va axborot texnologiyalari– hozirgi zamon fanining istiqbolli yo`nalishlari. Fanning internatsionalizatsiyalashuvi tendentsiyalari kuchayib bormoqda, fanning o`zi fanlararo kompleks tahlil predmetiga aylanmoqda. Uni o`rganishga nafaqat fanshunoslik, fan falsafasi, balki sotsiologiya, psixologiya va tarix ham kirishmoqda.


Yüklə 262,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin