maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə160/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

Hozirgi paytda konlardagi neftlarning zaxiralari sezilarli darajada kamaygan va qazib olinayotgan mahsulot yuqori darajada suvlangan, hamda neftning tannarxi o‘sib bormoqda.

Neft qazib olish darajasiga ko‘plab o‘zaro bir biriga bog‘liq omillar guruxi ta’sir qiladi, ulardan: neft zahiralarining miqdori va sifati; konlarni ishlash va neft qazib olish tahlili va texnologiyalarining mukammalashuvi; neft va boshqa energotashuvchilarga uning bahosi o‘zgarishi; neftga bo‘lgan talab va undan foydalanishning o‘zgarishi; energotejamkorlik siyosatining rivojlanishi; neftni boshqa turdagi energiya tashuvchilar bilan almashtirish va boshqa shu kabilar.

Neft konlaridan neft xom-ashyosini qazib olishda turli xildagi organik yoki noorganik kimyoviy reagentlar alohida va ularning kompozitsiyalari ko‘rinishida foydalanilib, ular asosan neftkimyo yoki boshqa turdagi ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan ko‘p massali chiqindilardan olinadi. Bunday hollarda chetdan sotib olinadigan xom-ashyo va neft qazib olish tizimiga kiritiladigan ishchi agentlar bir biridan farq qiladi, ya’ni ishchi agent sifatida kon sharoitlarida turli xildagi kompozitsiyalardan foydalaniladi.

Neft qazib olish hozirgi zamon texnologik jarayoni asosan 11 ta zvenolardan iborat bo‘lib, ularning xar biri kimyoviy reagentlar kiritilishi uchun ma’lum miqdorda obyekt hisoblanadi ( 1.2-rasm ).

Neft qazib olish tizimiga kimyoviy reagentlarning kiritilishi sxemasiga mos ravishda belgilangan belgilarga asosan reagentning funsional axamiyati, reagentning kiritilish joyi va reagentning kiritilish maqsadi kabi tavsiflar 1.2-rasmda keltirilgan.

Neft qazib olish tizimiga kimyoviy reagentlarni kiritish sxemasidan ko‘rinib turibdiki har bir zveno albatta biror turdagi kimyoviy reagentni kiriish obyekti hisoblanadi. Masalan, quduqning neft bera olishlik qobiliyatini oshirish uchun ta’sir qilish zvenosi to‘g‘ridan to‘g‘ri mahsuldor qatlam, kimyoviy reagent obyekti esa haydovchi quduq nasos stansiyasi hisoblanadi.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin