Quduq konstruksiyasini loyihalashtirishda tog‘ jinsining qirqimini geologik tuzilishi o‘zgartirilmaydigan omil hisoblanadi.
Uyumlarni ishlatish jarayonning birinchi bosqichida qatlamning tasnifi o‘zgaradi. Bunda qatlam bosimining va haroratining o‘zgarishi ishlatish davrining muddatiga, flyuidlarni olish ko‘rsatgichi qazib olishni jadallashtirish usuliga va qatlam bosimini ushlab turishga, yangi usul va texnologiyalarni qo‘llab mahsuldor qatlamdan neft va gazni to‘liq qazib olishga ta’sir qiladi.
Shuning uchun yuqorida keltirilgan omillarni quduqlarni loyihalashtirishda hisobga olish kerak bo‘ladi. Shunday qilib, quduq konstruksiyasini loyihalashtirish tartibi geologik omillardan kelib chiqib aniqlanadi. Quduqlarni muvofaqqiyatli qazish va tugallash katta qiymatda quduqning konstruksiyasining to‘g‘ri tanlanishi bir-biri bilan mos kelmaydigan zonalarni ajratishni ta’minlash, amaldagi burg‘ilash aralashmalari bilan har xil rejimlarda burg‘ilashni ta’minlash bilan bog‘liqdir.
Har xil murakkablik xususiyatiga ega bo‘lgan (neftgaz paydo bo‘lish va va burg‘ilash eritmalri yutilishi) qatlamlar bir-biridan alohida bekitilishi zarur. Tog‘ jinslarining harorati burg‘ilash jarayonida qovushqoqlikka, statik kuchlanishni siljishiga va burg‘ilash eritmasining suv beruvchanligini katta miqdorda o‘zgarishiga ta’sir qiladi: tog‘ jinslarining haroratining yuqoriligi keltirilgan asosiy parametrlarini chegaraviy qiymatdan oshirib yuboradi. Ba’zida, bunday zonalarni burg‘ilab o‘tishda issiqlikka chidamli bo‘lgan reagentlarlan tashqari, mos kelmaydigan har xil burg‘ilash reagentlaridan foydalaniladi. Bunday sharoitda xuddi shunday qatlamlar mustahkamlash tizmalari ajratiladi.