Keltirilgan quduqlar konstruksiyasida 127/140 mm li ishlatish kolonnasi 0-3600 m ga o‘rnatiladi.
Zaruriy ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida keltiramiz. «3.3-jadval»da quduqning loyixaviy konstruksiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
3.3-jadval
№13 qudug‘ining loyixaviy konstruksiyasi
№
Kolonna nomi
Tushirish oralig‘i, m
Kolonna diametri,
mm
Quduq diametri, mm
Burg‘i diametri, mm
1
Yo‘naltiruvchi
0-7
530
2
Uzaytirilgan yo‘naltiruvchi
0-100
426
400
3
Konduktor
0-820
324
393,7
4
I oraliq kolonna
0-2770
245
295,3
295,3
5
II oraliq kolonna
2670-3440
194
215,9
215,9
6
Ekspluatatsion kolonna
0-3600
140/127
165,1
165,1
Quduqning konstruksiyasini asosiy parametrlariga mustahkamlash tizmasini soni va diametri, ularni tushirish chuqurligi, har bir oraliqni burg‘ilash uchun burg‘i diametri tizmalarni orqasidan tamponaj aralashmasining balandligi va miqdori, burg‘ilash eritmalarini siqib chiqarishni to‘liq ta’minlash kiradi.
Quduqni konstruksiyasini ishlash quyidagi geologik va texnik-iqtisodiy omillarga asoslanadi:
a) tog‘ jinslarini joylashuvini geologik xususiyati, ularni fizik-kimyoviy xossalarini tasniflari, flyuid tarkibi gorizontlarning mavjudligi, qatlamning harorati va bosimi hamda burg‘ilanadigan tog‘ jinsining gidroyorilish bosimi;