Kompyuterli testlar yordamida baholash O`quvchilarning yakunlovchi bilim va malakalarini ta’lim jarayonida turli mezonlar va yondashuvlarga tayanib aniqlash, bu jarayonlarga axborot texnologiyalarini, dasturiy ta’minotlarni qo’llash, ularning qo’yilgan didaktik talablarga mosligi haqiqiyligini nazorat qilish mumkin.
Ma’lumki, ta’lim jarayonini bunday baholash, faqat o`quvchining o’zlashtirish darajasini belgilash bilan chegaralanib qolmay, o’qish jarayonini rag’batlantirishda muhim pedagogik vosita va ijobiy motiv uyg’otish bilan talaba shaxsiga kuchli ta’sir etadi. Shu xilda talabani ob’ektiv baholash asosida unda adekvat ravishda o’z-o’zini baholash imkoni tug’iladi va o’z muvaffaqiyatlariga tanqidiy munosabat shakllanish qayd etiladi. Ta’limda ochiq kodli dasturiy ta’minotlar, veb-saytlarning sifati ta’lim jarayonida axborot fazasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim jihatlardan sanaladi.
Bilimlarni nazorat qilishni amalga oshirish uchun test asosida nazorat qilishga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
- validliligi (funktsiya va mazmuni jihatidan adekvatligi);
- aniqligi (hamma uchun tushunarliligi);
- soddaligi;
- bir xil ma’noni anglatishi (javoblariga ko’ra baholash);
- ishonchliligi.
Bunda testning validligini aniqlashda uning mazmuniy va funktsional validligini farqlay bilish lozim.
Testning aniqligi bo’yicha talablarning bajarilishi, talaba tomonidan topshiriqlardan nimani bajarilishi lozimligini to’g’ri tushunishdan tashqari, haqiqiy javobdan tashqi to’g’ri javoblarni ham hisobga olmasligi lozimligini uqtiradi.
Testning soddaligi, har bir test bir xil qiyinlik darajasidagi birgina topshiriqdan tashkil topishi lozimligini, boshqacha aytganda, qiyinlik darajasi turlicha bo’lgan bir necha yoki majmuaviy topshiriqlardan tashkil topmasliklarini uqtiradi.
Test yordamidagi nazoratning ishonchliligi esa ma’lum talaba test topshirig’i bo’yicha qayta-qayta nazorat qilinganida ham uning natijalari bir xil mazmunga ega bo’lishi ta’minlanishi bilan tushuntiriladi.
Garchi kompyuter yordamidagi nazoratning testlashtirilgan bu tizimini joriy etishda test topshiriqlarini yaratishning yuqoridagi beshta talabga javob berishi zarurligi topshiriqlardan ma’lum bo’lsada, biroq kompyuter vositasida, test topshiriqlari yordamida talabalarni baholashni o’ziga yarasha yana bir qancha muammolari mavjud. Bundan ko’rinishicha, ta’limning kompyuter ishtirokidagi, ochiq odli dasturiy ta’minotlar yordamida nazoratining samarali bo’lishi, aksariyat hollarda, tekshiruvchi bilan dastur ishlab chiqqanmuallifning hamkorligiga bog’liq bo’ladi.