Ma’ruza. Loyihaviy o`qitish texnologiyalari


MA’RUZA: Informatika fanlarini kasbga yo‘naltirish



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə26/31
tarix18.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#116631
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
4-курсга.маруза.талабага

MA’RUZA:
Informatika fanlarini kasbga yo‘naltirish
Informаtikа fаnini o’qitishning bosh mаqsаdi o’quvchilаrgа informаtikа vа аxborot texnologiyalаrini kаsbgа yo’nаltirilgаn holdа o’qitish, аsosаn ulаrning аmаliy jihаtlаri hаqidа bilim berish, zаmonаviy kompyuterlаrning dаsturiy tа’minoti, shu jumlаdаn, аmаliy vа xizmаt ko’rsаtuvchi dаsturlаr bilаn ishlаsh mаlаkаsini hosil qilish, аxborot–kommunikаtsiya texnologiyalаridаn o’z kаsbiy fаoliyatlаridа unumli foydаlаnа olish ko’nikmа vа mаlаkаlаrini shаkllаntirishdаn iborаt bo`lib, bular informatika fani o`qituvchisining oldiga bir qator vazifalarni qo`yadi.
Informatika o`qituvchining vаzifаsi bo’lаjаk mutаxаssislаrgа informаtikа vа аxborot texnologiyalаrini kаsbiy fаoliyatidа sаmаrаli foydаlаnа olаdigаn dаrаjаdа o’rgаtish, shu sohаdа mukаmmаl to’liq bilim berilishini tа’minlаshdаn iborаtdir.
Informatika va axborot texnologiyalari kursini kasbga yo’naltirib o’qitishga, informatikaning amaliy jixatlarini muayyan faoliyat soxasiga tadbiqan o’rganish kiradi. Bunday ta’lim berishdan maqsad predmet soxasini informatika va axborot texnologiyalari atamalari bo’yicha taxlil qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari, qurilmalar va dasturiy vositalardan foydalanib kasbga yo’naltirilgan vazifalarni qo’yish va yechishdan iborat. Informatika va axborot texnologiyalarini kasbga yo’naltirilgan holda ta’lim berish jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, ya’ni axborot texnologiyalarini rivojlanishi har bir sohaga innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi bu sohalarini ma’lum yo’nalishda o’zgartirishlarga olib kelmoqda.
Kasbga yo’naltirilgan holda o’qitish talabani ixtisoslikka bo’lgan har tomonlama talabni qanoatlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalari pedagog va talabaning hamkorligiga, psixologig pedogogik shart sharoitlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Informatika va axborot texnologiyalari kursini kasbga yo’naltirilgan holda o’qitish, maishiy xizmat soxasi hamda o’quv pedagogik jarayoni amaliy uzviy bog’langanini ko’rsatadi.
Kurs amaliy xususiyatga ega bo’lgani bois, Informatika va axborot texnologiyalari kasbiy vazifalarni yechish uchun xizmat soxalariga tahluqli axborot bilan ishlashda vositalar sifatida qaraladi va qo’llaniladi.
Kasbga yo’naltirilgan informatika va axbrot texnologiyalarni o’qitishda pedogogik texnologiyalarga to’xtaladigan bo’lsak, yapon olimi Sokomota aytganidek, “Pedogogik texnologiya o’quv jarayonini muayyan bir jarayonga keltirishdir, degan. Demak, kelib chiqadiki pedogokning ta’lim berish texnologiyasi o’quv jarayonini muayyan bir tizimga keltirishi yoki o’qitayotgan fanning zamon talabiga ko’ra o’zgartirishlar kiritilishi mumkunligidan dalolat beradi. Bizning holatimizda o’quvchilarga “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o’qitishda, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini maishiy xizmat soxasiga moslashtirish vazifasi turibdi.
O’quvchiga yangi pedogogik tenologiyalaridan biri “Venn diogramma” sini qo’llaniladi. Bunda olinadigan ikkita aylanalar ikkita kursni bildiradi, ularning kesishgan qismi ularning bir biriga bo’g’liqlik qismi. Talabaga shu ikki aylanani to’ldirish vazifasini berish bilan uning har ikki fanning va ularning bog’liqlik qismi haqidagi tushunchasini oshirish mumkin.
Amaliy mashg’ulotlarga talabalarning kasbiy faoliyatini oshirish maqsadida axborot qidiruv tizimlari taqdim qilinadi. Axborot qidiruv tizimlarining ahamiyati o’sib borayotgan bir zamonda, biror kasbga doir xujjatning yangi tahrirdagi variantini qidirib topish amaliyotdagi malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhum ahamiyat kasb etadi.
Axborot tizimi axborot to’plash, saqlash, qidirish, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari
Qo’llanish sohasidan qatiy nazar, axborot tizimlarining umumiy tuzilishi, uni ta’minlovchi ba’zi tizimlarni texnik, dasturiy, axborot, tashkiliy va huquqiy ta’minotlar to’plami sifatida qabul qilish mumkin.
MS Word, MS Excel va MS Power Point amaliy dasturlarni o’qitish davrida yuqorida keltirilgan axborot tizimlarini har bir amaliy dasturlarga qo’llash informatika va axborot texnologiyalari fani ixtisoslikka yo’naltirilgan holda o’qitiladi. MS Word amaliy dasturida ishlashga o’rganilayotganda axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni olish ularni tahlil qilish va saqlashga o’rgatish mumkin. Bunda talaba MS Word amaliy dasturda ishlashga o’rganadi va shu davrning o’zida axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni olishga, saqlashga, tahlil qilishga o’rgatiladi. Bunday amaliy bajarilgan vazifalar natijasida talaba kelajakda egallaydigan kasbiga tayyorlanib boradi.
Amaliy dasturlarda talabaga fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiruvchi, uni qiziqtiradigan mavzularga oid topshiriqlar ishlab chiqilib beriladi. Masalan, mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin.
MS Word dasturida xujjat xosil qilish. Oshpazlik sohasida
Axborot qidiruv tizimidan oziq-ovqatlarning sifat darajasini belgilovchi xujjatni qidirib toping va qonun mazmunidan kelib chiqib sanitar gigienik talablarga javob beruvchi xujjat tayyorlang,tayor hujjatni jadval ko’rinishiga keltirish mumkinligi haqida bosh qotiring. Xujjatga talablar: sarlavha shrift 18pt rangi havo rang; matn shrifti 14pt rangi qizil, xujjatning chet o’lchamlari: yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm, o’ngdan 3 sm, chapdan 2,5 sm, satrlar oralig’i 1,5 interval.
MS Excel amaliy dasturda axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni diagrammalar asosida tahlil qilish mumkin. Bunda mehmonxona va servis yo’nalishidagilarga chetdan kirib keladigan va o’zimizda ishlab chiqariluvchi mahsulotlarni tan narxi, ozuqaviy miqdori va saqlash muddatlari haqidagi ma’lumotlarni olib, ularni solishtirma koeffitsentini hisoblash, foizlarga ajratish, statistik ishlov berish va qaysi mahsulotga talabni ko’pligini aniqlash imkonini beradi. Ushbu olingan natijalar asosida diagramma tayyorlanadi.
Ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni amalga oshirish ham keng imkoniyatlar yaratadi. Ayni paytda bu o’qishga rag’batni kuchaytirish imkonini beradi, chunki talabalar maxsus kasbiga oid vazifani yechishni o’rganish mobaynida natijasini juda tez ko’radi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlarida bayon qilingan ta’lim tizimining islohi, shuningdek, Respublika Prezidentining Oliy majlis IX sessiyasidagi “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” barcha sohadagi tarbiyaviy faoliyatini tubdan isloh qilish, o’quvchilar bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy ishlar uslubiyoti, shakl va mazmuninga pedagogik texnologiyalarni kiritish hamda o’quvchi yoshlarga izchil tarbiya berishning samarali yo’llarini o’rganishga qaratilgan.
Rivojlangan horijiy mamlakatlar ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo’llanilib kelinayotgan pedagogik texnologiya tamoyillaridan og’ishmagan holda, majmua nazariyasining barcha qonuniyatlaridan kelib chiquvchi va Respublikamizdagi ijtimoiy-pedagogik sharoitni hisobga olib, hududdagi professor-o’qituvchilar va pedagoglarning ma’rifiy mentalitetidan kelib chiqqan holda, Respublikamiz pedagoglar jamoachiligiga tushunarli bo’lgan pedagog texnologiyaning zamonaviy o’zbek milliy modeli yaratildi. Navbatdagi vazifa, pedagogik texnologiyaning milliy modelini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish yo’lida o’quv fanlarning barcha turdagi mashg’ulotlari loyihalarini tuzish. Loyihalash asosida o’qitish nazariy jihatdan to’la asoslangan bo’lib, bugungi kunda uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish dolzarb masaladir.
Sohalarga yo’naltirib o’qitishda o’qitishning innovatsion shakl, metod va vositalaridan foydalanish keng qamrovli ravishda foydalaniladi. Pedagogik innovatsiya – bu pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o’zlashtirish va uni amaliyotda qo’llash to’g’risidagi ta’limot bo’lib uchta: pedagogik-neologiya, aksiologiya, praksologiya yo’nalishlariga ega. (1- sxema)

Pedagogik neologiya (yunoncha “neo”- yangi va “logos”- ta’lim bo’lib, yangilik haqidagi ta’limot) deyilib, bunda pedagogika sohasidagi har qanday yangiliklar o’rganiladi, umumlashtiriladi. Pedagogik aksiologiyada (yunoncha “aksioma”- “ isbotlanmaydigan ta’limot” ma’nosini anglatadi) pedagogik yangiliklar ichidan eng ishonchlisi va samaralisi tanlab olinadi.
Pedagogik praksologiya (yunoncha “praks” – “harakat” va “logos” – ta’lim, ya’ni “amaliyotda qo’llash haqidagi ta’limot” ma’nosini anglatib, bunda tanlab olingan pedagogik yangiliklarni amaliyotda qo’llash, muayyan samaraga erishish masalalari tushuniladi.
Pedagogik innovatsiyaning modeli shartli ravishda “To’pla”, “Tanla”, “ Qo’lla” dan iborat. (2- sxema)

Multimedia- o’zlashma qo’shma so’zlardan iborat bo’lib, (lotincha multum – o’zbek tilida ko’p, ancha ma’noni anglatadi), biror narsaning ko’pligini, ko’p qaytarilishini bildiradi hamda bir necha o’quv dasturlarni o’z ichiga olgan ta’limning shakl va vositasidir. Multimedia vositalari asosida o’ qitish jarayonida aniq fanlarni kompyuter asosida to’liq o’qitish, ma’ruza matnlarini tahrir qilish, o’quvchilar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma’ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, o’quvchilarni axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animatsiya elementlarini dars jarayonida ko’rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo’ladi.
Pedagogik texnologiyaning monitoringi(Pirovard natijasi)
1- bosqich o’rganish esda saqlash
2- bosqich tushunib yetish o’zlashtirganini isbotlash
3- bosqich tatbiq eta olish qonun –qoidani tanlash, qo’llash
4- bosqich tahlil eta bilish qiyoslash, xulosalash, o’zaro bog’lash
5- bosqich sintez axborotni ijodiy qayta ishlay olish
6- bosqich baho olish yangi bilimga o’tish
O’qitish jarayonida o’quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo’llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga har bir masalaga ijodiy yondoshish, mashuliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, taxlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi mustaqil o’qishga, o’zi tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Bunday natijaga erishish amaliyotda o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo’llashni taqozo etadi. Ular juda hilma-xildir va bu metodlar yoki o’qitishning samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o’quvchi-talabalarning mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shaklantirishga, kasb tanlash imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda dars jarayonidagi turli muammolarni xal etishga, ularning kelib chiqish sabablari, tuzatish yo’llarini topishga, o’quvchilarni esa mustaqil fikrlashga, fikrlarini isbot qilishga va turli vaziyatlardan chiqishga o’rgatishda qo’llash mumkin.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi qo’yilgan. Ushbu masalani hal etish ko’p jihatdan o’qitishning interfaol usullarini qo’llashga ham bog’liq. Ma’lumki, “Interfaol (interaktiv)” tushunchasi inglizcha “interast” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “inter” – o’zaro, “act” – ish ko’rmoq, ishlamoq ma’nolarini anglatadi. Interfaol o’qitish, avvalo, muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta’sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etishki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin va hamkorlikda fikrlash, tahlil qilish va birgalikda natijaviy fikrni hosil qilish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Darslardagi interfaol faoliyat o’zaro tushunishni, hamkorlikda faoliyat yuritishni, mustaqil fikr yuritishni, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga olib keladigan muloqotli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi.
Mashg’ulotlarni olib borishda quyidagi interfaol usullardan foydalanish maqsadga muvofiq:“T- sxema”, “Aqliy xujum”, “Tarmoqlar(klaster) usuli”, “Venn diogrammasi”, “Keys stadi”, “Loyihalar usuli”. Ushbu texnologiya va interfaol usullardan, shuningdek turli didaktik va texnik vositalar, multimedia vositalaridan foydalanishni oldindan texnologik kartalarda va ta’lim texnologiyalarida rejalashtirib qo’yish maqsadga muvofiq. Quyida “Tarmoqlar(klaster) usuli” ga misol.

(3-sxema)







Faksimil




Aloqa turi

Turli xil bilish faoliyat bosqichlarida o’quvchilarning o’qish faoliyatini faollashtirish vositalaridan biri didaktik o’yinlardir. Didaktik o’yinning maqsadi o’yin xatti-harakatlarining xissiy rang-barangligi hisobidan bilish qiziqishini rivojlantirish bo’lib hisoblanadi. Bunday o’yin harakatlarini o’rganilayotgan hodisa, jarayonlarni ramziy tarzda modellashtirishga asoslanadi. O’yin o’tkazish natijasida o’quvchilarda aniq bilimlar, muayyan qobiliyat, malakalar shakllanadi.
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini didaktik o’yinlardan foydalanib o’qitishda o’quvchilarning ruhiy xolati, bilish qobiliyatlari, nutqi, tengdoshlar va kattalar bilan muloqot tajribasining har tomonlama rivojlanishiga ko’maklashishi, o’quv mashg’ulotlariga qiziqish uyg’otishi, o’quv faoliyati bilim va malakalarini shakllantirishi, natijalarni tahlil qilish va taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirishni o’rganishda yordam berishiga e’tibor qaratish lozim. O’yinlarni o’tkazish jarayonida o’quvchining aqliy faoliyati fanlarga nisbatan uning harakatlari bilan bog’liq bo’lishi kerak.
Kasb-hunar kollej o’quvchilari o’quv faoliyatini faollashtirishga ko’maklashuvchi o’yinlar quyidagi tamoyillarga asoslanishi lozim.

  1. Har bir o’yin ishtirokchisining faolligi.

  2. Har bir o’quvchi uchun didaktik o’yinning ochiqligi.

  3. Muammolilik.

  4. O’yinning qiziqarli va hissiy rang- barang bo’lishi.

  5. O’yinning yakkama yakkaligi va jamoaviyligi.

  6. Baxs va musobaqaviyligi.

  7. Har bir o’yinchi uchun o’yinning natijaviy bo’lishi.

«Informatika va axborot texnologiyalari»fanidan didaktik o’yinlarni tayyorlash va o’tkazishda: g’oya, tashkil etish, o’tkazish va tahlil qilish kabi bosqichlarni inobatga olish lozim.

  1. Didaktik o’yinning g’oyasi. Didaktik o’yinning birinchi, og’ir va eng masuliyatli bosqichi hisoblanadi.Uning tarkibiy qismlariga:

  • guruhni tanlash;

  • dars mavzusini tanlash;

  • dars turini tanlash;

  • vaqt chegaralarini aniqlash;

  • o’yinining shakli va turini tanlash jarayonlari kiradi;

  1. Didaktik o’yinlarni o’tkazishda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:

  • o’quvchilarning o’yin tarkibi, o’yinda ishlatiladigan tarkibiy material bilan tanishtirish;

  • o’yinning borishi va qoidalarini tushintirish, bunda o’qituvchi o’yin qoidalariga asosan o’quvchilarning xarakatiga, qoidalarning bajarilishiga e’tibor beradi;

  • o’yin harakatlarini ko’rsatish, bu bosqichda o’qituvchi o’quvchilarga xatti-harakatlarni to’g’ri bajarilishini namoyish etadi va bu bilan aks holda o’yin kerakli natijaga olib bormasligini isbotlaydi;

  • o’qituvchining o’yindagi rolini, uning o’yin ishtirokchisi, muxlis yoki hakam sifatida o’yinda qatnashishini aniqlash;

  • o’qituvchining o’yinda bevosita qatnashishi, bu o’quvchilar yoshi, ularning tayyorgarlik darajasi, didaktik o’yin topshiriqlari va o’yin qoidalaring murakkabligi bilan belgilanadi, o’yinda ishtirok etib, o’quvchilar faoliyatini boshqaradi(maslahat, savol, eslatma);

  • o’yinning yakuniy natijasini aniqlash – bu o’yin boshqaruvida masuliyatli bosqich hisoblanadi, chunki o’quvchilar erishgan natijalari bo’yicha o’yin samaradorligini aniqlashga va o’quvchilarning mustaqil o’yin faoliyatida qiziqish bilan yondoshishiga zamin yaratadi. O’qituvchi yakuniy natijani e’lon qiladi.

  1. Didaktik o’yinlarning so’nggi bosqichi o’yinni tahlil qilish. Bunda nimaga erishildi?, nimaga erishilmadi? kabi savollarga javob olinadi.

O’yinli o’qitish texnologiyasini bosqichma bosqich tashkil etish jarayonini quyidagi blok sxema orqali ifodalash mumkin: (4- sxema)


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin