Ma’ruza. Loyihaviy o`qitish texnologiyalari


Loyiha uslubi - yuzaga kelgan muammolarni hal qilish yo‘llarini izlashga qaratilgan o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyatidir



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/31
tarix18.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#116631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
4-курсга.маруза.талабага

Loyiha uslubi - yuzaga kelgan muammolarni hal qilish yo‘llarini izlashga qaratilgan o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyatidir.
2.2. Loyihalar uslubining mazmun va mohiyati
Zamonaviy pedagogikada loyihaviy o`qitish texnologiyalariga turlicha izohlar va tushuntirishlar berilgan. Jumladan E.S.Bolat, V.N.Sternberg, G.M.Godjaspirova, N.YU. Paxomova, M.L.Serdyuklar o‘z ilmiy ishlarida loyihaviy o`qitish texnologiyalarining didaktiq qirralarini ochib, o‘z ta’riflarini berishgan.
E.S. Bolat loyihalar uslubini «aniq u yoki bu namuna bo‘yicha tayyorlangan, amaliy natijalari ilmiy-nazariy aniqlangan, tugallanishi to‘liq real, muammoning (texnologiyaning) butun tafsilotlarini ishlab chiqish orqali didaktik maqsadga erishish usuli» -deb ta’riflaydi.
V.N. Sternberg o‘z ilmiy izlanishlari natijasida loyihalar uslubi atamasining zamonaviy ta’rifini «berilgan topshiriq va mavzu bo‘yicha o‘quvchining ijodiy ishi»- deb ta’riflaydi.
Hozirgi kunda loyixalar uslubini rivojlantirish va amaliyotda o‘quv jarayoniga tadbiq etish, uni zamonaviy o‘qitish tizimi talablariga javob beruvchi pedagogik texnologiya sifatida qarash ustida ko‘plab ilmiy-izlanish ishlari olib borilmoqda.
Loyihalar uslubi bo‘yicha mavjud adabiyotlar va ilmiy ishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu uslub alohida mustaqil uslub sifatida yoki barcha ijodiy uslublarni o‘z ichiga olgan pedagogik texnologiya sifatida ham tadbiq etilishi mumkin. Mavjud pedagogik va uslubiy adabiyotlarda ushbu pedagogik texnologiya bo‘yicha quyidagi turli atamalarni uchratish mumkin: loyihalar uslubi, loyihalash uslubi, loyiha texnologiyasi va b. Lekin deyarli ko‘plab manbalarda «loyihaviy o`qitish texnologiyalari» atamasi ishlatilgan va shu sababli «pedagogik loyiha» umuman pedagogika sohasidagi loyihalarni o‘z ichiga oladi. YUqoridagi tahlillar asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin: loyihaviy o`qitish texnologiyalarini didaktik nuqtai nazardan qisqa ma’noda alohida uslub deb emas, balki keng ma’noda o‘z ichiga ko‘plab uslublarni olgan pedagogik loyihalar texnologiyasi deb qarash lozim. (E.S.Bolat, M.YU.Buxarkin, M.V.Moiseeva, A.E.Petrov, N.YU.Paxomova, S.A.Krasnoselskiy, L.B.Pereverzev, I.D.CHechel, I.S.Sergeev va b.). Loyiha so‘zining mohiyatini hisobga olib loyihalar texnologiyasi to‘g‘risida fikr yuritganimizda, biz uni o‘quvchining qandaydir shakl kasb etgan (material, matn, intellektual va b.) natijaga erishishga yo‘naltirilgan o‘qish-bilim olish faoliyatini tashkil etish usuli deb qabul qilishimiz mumkin. Zamonaviy ilmiy-izlanishlar ko‘rsatadiki, loyihalar texnologiyasi ta’lim jarayonida bilim sohasining barcha yo‘nalishlarida keng qo‘llanilishi mumkin. Undan o‘quv mazmunini oshirish, o‘quvchining bilim olishga qiziqish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida deyarli barcha fanlarda foydalansa bo‘ladi. Ushbu texnologiyadan foydalangan taniqli pedagoglarning tajribasi ko‘rsatishicha loyihalar texnologiyasi keng pedagogik imkoniyatlarga ega. U dasturiy materialni to‘liq o‘zlashtirishga, o‘z shaxsiy o‘quv faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirishga, o‘rganiladaigan fan bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga, shaxsan loyihaviy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi va zamonaviy sharoitda o‘quvchining shaxsiy sifatlarni rivojlantiradi. Muammolar va ularning echimlari natijalarining amaliy tadbig‘i loyihaviy o`qitish texnologiyalarini ta’lim tizimida qo‘llanilishiga yanada keng yo‘l ochadi. O‘quv loyihasidan guruhiy faoliyatda yanada samaraliroq foydalanish mumkin. Loyiha ulubining mohiyatini va undan qanday foydalanishni aniq anglash uchun loyiha tushunchasini quyidagi sohalarga ajratish mumkin:
 ilmiy-texnik;
 ijodiy;
 ishlab chiqarish sohasi;
 o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda o‘quv loyihalari.
Loyihalash- loyihani yaratish jarayoni - ehtimol qilingan yoki yaratilishi lozim bo‘lgan ob’ekt namunasi, holati. Bu aniq bir faoliyat bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallash jarayoni, usullar majmuidir. Bu belgilangan didaktik maqsadga erishishdagi bilish yo‘li, bilish jarayonini tashkil etish jarayoni hisoblanadi.


3.3. Loyihalar uslubining ta’lim tizimidagi o‘rni
Loyihalar uslubidan ta’lim tizimida foydalanish quyidagi vazifalarni mukammal echishda asosiy rol o‘ynaydi:
o‘quvchini mustaqil tanqidiy fikrlashga va ma’lumotlar ustida ishlashga o‘rgatadi;
 aniq dalillar va fan qonuniyatlariga asoslanib fikrlash, asoslangan xulosalar qilishga o‘rgatadi;
 mustaqil aniq dalillar asosida qarorlar qabul qilishga o‘rgatadi;
 turli ijtimoiy rollarni bajarib komandada ishlash qobiliyatini shakllantiradi.
YUqoridagi intellektual va ijtimoiy ahamiyatga ega ko‘nikma va malakalar insonning kasbiy va ijtimoiy muhit bilan ta’sirini belgilovchi faoliyatiga, kompetentlik guruhiga kiradi. Albatta loyihaviy faoliyat ijodiy faoliyatdan farq qiladi. CHunki har qanday ilmiy-izlanish va intellektual faoliyat ijodiy fikrlashga tayanadi va uni ijodiy fikrlashsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ijodiy faoliyat to‘g‘risida fikr yuritilganda, ijodiy mualliflik g‘oyalari va uni amalga oshirishning muallif tomonidan belgilangan yo‘llari tushuniladi. Masalan, qaysidir muallifning ijodiy ishi kimgadir ma’qul kelishi, yana kimgadir ma’qul kelmasligi ham mumkin. CHunki bu bitta muallif g‘oyasi va ijodi hisoblanadi. Loyihaviy o`qitish texnologiyalarida esa boshqacha. Bu erda muammoni hal etishda tadqiqotning ilmiy usullaridan foydalaniladi va uni amalga oshirishning ob’ektiv sharoitlari, baholashning aniq mezonlari mavjud bo‘ladi, Tanlangan uslub aniq dalillar, nazariya, bilim, kuzatish va tajriba ma’lumotlariga asoslanadi. Talabalar loyiha ustida aniq ish misolida komandada (jamoada) ishlashni o‘rganishlari, ya’ni navbat bilan loyihaning barcha natijalari uchun mas’ul, kelishilgan holda oxirgi qarorni qabul qiluvchi, topshiriqlarni guruh o‘rtasida taqsimlovchi rahbar rolida yoki o‘z hamkorlarini tinglash, muqobil qarorlarni ko‘ra bilish, o‘ziga berilgan topshiriqni bajaruvchi xodim rolini o‘ynab tajriba orttirishlari lozim. Albatta har qanday mutaxassis o‘z sohasi bo‘yicha ma’lumotlar bilan ishlashni bilishi, berilgan topshiriq bo‘yicha ma’lumot to‘play olishi, undagi ko‘rsatkichlarni oldingilari bilan solishtira olishi, asoslangan xulosalar qilishi, umumlashtirishi, baholashi, olingan bilimlardan muammolar ishlab chiqishda foydalanishi, uni chizma yoki aniq buyum sifatida tayyorlashi yoki ishlab chiqishga taklif kiritishi, ilmiy hisobot tayyorlashi, o‘z dalillari va faoliyati natijalarini ishonch bilan taqdim eta olishi zarur. Loyihaviy faoliyatda muammoni echish uchun turli sohadagi bilimlar majmuidan umumlashgan holda foydalanish talab etiladi. Bu har qanday bo‘lajak mutaxassis uchun zarur va qimmatli kompetentlik hisoblanadi. Loyihaviy o`qitish texnologiyalari talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish bilan bir qatorda jamoada ishlash madaniyati, loyiha bo‘yicha birgalikda faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy kompetentlikni ham shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘pincha loyiha ustida ishlashda tajribaviy, ijtimoiy (so‘rov, anketa, suhbat tashkil etish va b.), nisbiy-taqqoslash uslubi, matematik va ba’zan olingan natijalarni statik ishlov berish kabi qo‘shimcha tadqiqotlar olib borish talab etiladi. Bunday sharoitda tegishli mutaxassislarni jalb etish taqoza etiladi. Bunday faoliyatni tashkil etish, boshqa mutaxassislarni, kerakli asboblar va materiallarni topish –loyiha rahbari (lider), koordinatori vazifasi hisoblanadi. Bu muomula madaniyati, kommunikativ kompetentlik sohasiga kiradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin