MA’RUZA.
O‘quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish
Maqsadni belgilash – texnologiyalashtirishning asosiy omili hisoblanib, pedagogik texnologiyani loyihalashtirish, o‘quv jarayonini tuzish hamda tashkillashtirish shundan boshlanadi.
Maqsad – ko`zlanayotgan natija modeli ko`rinishidagi muhim yo`nalishning mahsuli.
Bu esa, ta’lim sub’ektlarining faoliyat yakunida egallashlari ko‘zlanayotgan narsadir.
Natija - (1) o‘quv faoliyatida olingan natija ta’lim oluvchining rivojlanishida oldinga siljish bo‘lib, bu uning u yoki bu faoliyatida o‘z aksini topadi; (2) ta’lim jarayonining samarali borishini namoyon qilib, maqsadga erishilganlik darajasini xususiyatlaydi: ta’lim berish va ta’lim olish jarayoni natija maqsadga mos kelgandagina tugaydi
Bilimlarni o‘zlashtirish va o‘quv faoliyati yo‘llariga darajali yondashuv asosida ta’lim maqsadlarini birday qilish
Ta’lim oluvchilar tomonidan BMK o‘zlashtirish darajasi
|
Ularga erishishning maqsad va natijalari shakllantirilishi.
O‘quv faoliyatini baholash mezonlari
|
Ushbu natijalarga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakatlarining tavsifi
|
I.
O‘quvchilikka oid (tanish bo‘yicha harakatlanishi)
|
Ta’lim maqsadi: ...to‘g‘risida tushunchalarni shakllantirish.
Natijalar:
(ma’lum, tanish narsani o‘zgartirishsiz, umumiy taxminlarni) tushuntiradi, aytadi, sanab o‘tadi;
(o‘z so‘zlarida) qaytarib beradi;
tashqi belgi va xususiyatlari bo‘yicha biladi, taniydi;
(so‘zma-so‘z) yozadi.
Baholash mezoni: axborotni xatosiz qayta tiklaydi.
|
Ta’lim beruvchi: ta’lim oluvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishlari bo‘yicha faoliyatlarini tashkillashtiruvchi, axborot manbai bo‘ladi.
Ta’lim oluvchilar: axborot - retseptiv (qabul qilish) faoliyatini amalga oshiradi: eshitadi, kuzatadi, o‘quv axborotini eslab qoladi va xatosiz qayta tiklaydi.
|
II. Tartiblilikka oid (algoritm) (namuna, o‘xshashlik bo‘yicha harakatlanish)
|
|
Dostları ilə paylaş: |