Bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish. Kompyuterli testlar yordamida o‘quvchilar bilimini nazorat qilishni loyihalashtirish
Pedagogik faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o‘girilganda, malaka hosil bo‘ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko‘nikmalar deb ataymiz. Ko‘nikmalar - doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko‘nikma va malakalar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi
Vaqtga ko‘ra nazorat metodlari
O‘zaro ta’sir natijasida nazorat etish vaqt nuqtai- nazaridan uch turli buladi.
Joriy nazorat-har bir darsda uzoq va yaqindan o‘tilgan o‘quv materialining o‘zlashtirilishini tekshirish demakdir.
Unda nazorat savollar berish, qoidalar, ta’riflarga oid ma’lumotlar keltirish, berilgan materiallarni taxlil etish, mavzularning mazmunini ochib berish, qisqa muddatli munozaralar tashkil etish, o‘quv topshiriqlarini bajartirish kabi metodlardan foydalaniladi. Joriy nazorat qiska muddatda o‘tkazilishi bilan xarakterlanadi.
Quyida savolni to‘g‘ri ifoda kilish buyicha bir qancha tavsiyalar keltiriladi.
Savollarni aniq va qisqa quyish lozim.
Bitta savol orvali fakat bir narsani surash.
Savol mavzu bilan bevosita bog‘lik bo‘lishi kerak.
Savoldagi barcha so‘zlar o‘quvchiga tushunarli bulishi kerak.
Xar bir savolga bir nechta javob bo‘lishiga xarakat qiling.
Aniq narsalardan umumiyga borishga xarakat qiling. Bu xolat o‘quvchilarni uylashi va savolga javob berishida engillik tug‘diradi.
Fakatgina "xa" yoki "yo‘q", "to‘g‘ri" yoki "notug‘ri" degan javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning.
O‘quvchilarga o‘z tajribalariga tayangan xolda javob beradigan savollarni bering.
O‘zining nuqtai nazarini bildiradigan savollarni bering.
Qo‘yilgan savolga javob berilganda, o‘quvchilardan "Nima uchun shunday deb uylaysiz?" deb surab turing.
Interfaol metodlar buyicha ukish jarayonini tashkil etilganda e’tibor berilishi kerak bulgan yana bir xolat, bu vazifaning mazmuni. Vazifaning mazmuni ukitishning an’anaviy shakllariga karaganda boshkacharok bulishi lozim. Masalan, guruxga darslikdagi ma’lum bir paragraf konspektini olish vazifa sifatida berilishi maksadiga muvofik emas, chunki xar bir ukuvchi bu ishni uzi, mustakil bajarishi mumkin. Amaliyot shuni kursatmokdaki, muammoni nostandart kuyilishigina, ukuvchilarni bir - biridan yordam olishga, boshkalarning xam fikrini bilishga, natijada esa, guruxning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi. Masalan, dasturlashga oid masala echilganda, uni kichik masalalarga bulish mumkin. Ukuvchilarni xam kichik guruxlarga bulish va xar biriga kichik masalani echishni va dasturini tuzishni tavsiya etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |