Texnologik ishlar
|
Ta’lim beruvchi faoliyati
|
Guruhlarda hamkorlikda ishlashni tashkillashtirish tayyorgarligini o‘zi baholashi, tahlil qilishi
|
Quyidagi savollarga javob izlaydi:
Nima uchun men ta’lim oluvchilar guruhlarda ishlashlarini hohlayman? Men bunga o‘zim tayyormanmi?
Men buni qanday amalga oshirishni bilamanmi?
Ta’lim oluvchilarni o‘zlari bunga tayyormilar?
Ular guruhli shakl sharoitida ta’lim olish qoidalarini biladilarmi?
|
Maqsad belgilash
|
Ta’limiy maqsadni belgilaydi va natijalarni rejalashtiradi
|
Guruhli ishga ajratilgan zarur bo‘lgan vaqt bo‘lagi va o‘quv rejasidagi o‘zaro nisbat
|
Mavjud o‘quv rejasiga muvofiq, belgilangan maqsad va ko‘zlanayotgan natijalarga erishishni amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan vaqt bo‘lagi vaqtga nisbatan bog‘lanishda. Guruhli ishni o‘tkazish mumkinligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
|
O‘quv mashg‘ulotining modelini tanlash
|
Eng yaxshi model: 1) o‘quv topshirig‘ini barcha o‘quv guruhlariga tushuntirdi, 2) kichik guruhlarda, avval alohida,so‘ngra birgalikda ishni tashkillashtirish, 3) guruhli ish taqdimoti va uni jamoaviy yakunlash.
|
Gurhlar ish joyini tanlash
|
Auditoriya shunday bo‘lishi kerakki, bunda guruhlar bir-birlariga halaqit bermasdan, bir necha guruh ishlashi zarur.
|
Topshiriqni tanlash va uni ifodalash
|
Ta’limiy maqsadga mos keluvchi bir xil/tabaqalashgan topshiriqlarni tanlaydi. Uni ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari, BMK darajasi va xususiyatlaridan kelib chiqib ifodalaydi. Bu esa barcha guruh a’zolarini topshiriqni bajarishda birgalikda ishtirok etishini ta’minlash imkonini beradi.
|
O‘quv materiallari va yo‘riqnomalarni tayyorlash
|
Guruhlar uchun quyidagilarni tayyorlaydi: yozma yo‘riqnomalar: topshiriqni guruh tushunishi va uni bajarish yo‘li bularga bog‘liq; faqat yo‘riqnomani tushunishi ichki guruhlar ishini natijasini ta’minlaydi.
|
|