Xonalarni o'qitishning texnika vositalari bilan jihozlash ishida quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak: O'quv kabinetlarini o'qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda o'quv jarayonida ulardan komleks tarzda foydalanishini hisobga olishi zarur.
O'quv xonasining istagan joyida ko'rish va eshitish uchun yaxshi sharoit ta'minlash lozim.
O'quv xonalarida uktitshning texnika vositalari ishlatilganda shovkin manbalarini yo'qotish kerak.
Barcha texnikaviy kurilmalar puxta va bo'zilmay ishlashi darkor.
Texnika vositalarining to'zilishi va ishlatilishi oddiy bo'lishi kerak.
O'qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda oqilona foydalanish lozim.
Ishlatilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lishi zarur.
O'quv kinosi - o'qitishning eng kup tarkalgan texnika vositasi bo'lib, ob'ekt hamda hodisalarni harakatda va rivojlanishda namoyish qilishga, materialni tekshirish va umumlashtirishga, shuningdek, aniq idrok etishdan abstrakt idrok etishga o'tishga imkon beradi. O'quv filmidan o'qituvchi o'quv materialini bayon etishida illyustratsiya sifatida, shuningdek, o'quvchilar uni mutaqil o'rganishi uchun foydalanishi mumkin.
Film bilan ishlashning sunggi bosqichida o'quvchilar savollar berishiga imkoniyat yaratish kerak. Javob qaytarishga film materialni yaxshi bilib olgan o'quvchilarni jalb etish lozim.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirish yo‘llariumumiy (frontal), guruhli, yakka tartibli.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirish shakllari:
Ommaviy ish (frontal) - barcha ta’lim oluvchilar oldiga bir xil topshiriq bajarish maqsadi qo‘yiladi.
Jamoaviy ish (kollektiv) - ham umumiy va guruhliga taalluqli bo‘lishi mumkin:
1) oldinda turgan ish rejasini hamkorlikda muhokama qilish; 2) majburiyatlarni bo‘lish, hisobot shaklini tanlash; 3) xulosalarni muhokama qilish (tartib bilan alohida ta’lim oluvchilar fikrlari tingladi va muhokama qilinadi); 4) ma’qul xulosalarni shakllantirish (umumiy kelishuv bilan).
Guruhli - kichik guruhlarda hamkorlikda bir topshiriqni bajarish.
Yakka tartibli (individual) - o‘quv topshirig‘ini yakka o‘zi bajarishi.