Asosiy turlari Muammoning echimi va qarorlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan keyslar
Qaror yoki yaxlit muammoni ifodalovchi keyslar
Tinglovchi faoliyatini tahlil qilish va baholash imkoniyatini beruvchi keyslar
Adabiyotlar ro‘yxati o‘rganilayotgan muammoga bevosita taalluqli bo‘lishi zarur. Keyslarni echishga doir metodik ko‘rsatma, yo‘riqnomalar taxminan shunday bo‘lishi mumkin:
1. Keys (muammo) bilan tanishing.
2. Muammoning dolzarbligini baholang.
3. Muammoning dolzarbligini dalillar yordamida izohlang.
4. Keys (muammo)ni samarali echish yo‘llarini aniqlang.
5. Keys (muammo)ning samarali echimini belgilovchi metod va texnologiyalarni tanlang.
6. Keys (muammo)ning samarali echimini kafolatlovchi faraz (ilmiy faraz)larni shaklantiring
Xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida keyslar amaliy va ilmiy tadqiqotlarini tashkil etish maqsadida qo‘llanilishi sababli ular odatda murakkab tarkibiy tuzilma hamda o‘rtacha (Evropa), katta (AQSH) hajmga ega bo‘ladi. Ko‘p holatlarda keyslar birgina mashg‘ulot jarayonida hal qilinmay, balki butun bir semestr, hatto o‘quv yili davomida echiladi. Ularning bu boradagi tajribalaridan bitiruv malakaviy ishlari (bakalavriat), magistrlik dissertatsiyalari (magistratura), bitiruv loyiha ishlari (malaka oshirish kurslari)da foydalanish maqsadga muvofiqir. O‘quv materialining xarakteridan kelib chiqqan holda oddiy, murakkab tarkibiy tuzilishga ega bo‘lmagan, ya’ni mini testlardan ham foydalanish amaliy qiymatga egaligi ta’lim amaliyotida o‘z tasdig‘ini topgan. Aytib o‘tilganidek, xorijiy mamlakatlar katta hajmli, murakkab ilmiy-tadqiqot xarakteriga ega keyslar ko‘p qo‘llaniladi va ularni hal etish butun bir semestr, hatto o‘quv yili davomida amalga oshiriladi. O‘zbekiston sharoitida ham ushbu keyslaran samarali foyalanish mumkin. SHu bilan birga o‘rganilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida kichik hajmli, sodda – mini keyslardan ham foydalanish foydadan holi emas. Murakkab va oddiy mini keyslar o‘rtasidagi eng muhim farqlar – ularning hajmi, murakkablik darajasi va tarkibiy tuzilmasida aks etadi.
Murakkab keys (muammoli vaziyat)lar quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘ladi:
1. Pedagogik annotatsiya.
2. Kirish.
3. Keys (muammo)ning bayoni.
4. Keys (muammo)ni echish yuzasidan topshiriq (yoki savol)lar.
5. Foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxati.
6. Metodik ko‘rsatmalar.
7. Keysni echish jarayoni (tahlil va echim variantlarini ilgari surish, variantlar maqbulligini tekshirish).
8. Keys echimi bo‘yicha taqdimotni tashkil etish.
9. Keys echimini tahlil qilish.
10. O‘qituvchi (keysolog)ning echimi
Mini keyslar uchun quyidagi tarkibiy tuzilmaga egalik xarakterlidir:
1. Keys (muammo)ning bayoni.
2. Keys (muammo)ni echish yuzasidan topshiriq (yoki savol)lar.
3. Foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxati.
4. Metodik ko‘rsatmalar.
5. Keysni yechish jarayoni (tahlil va echim variantlarini ilgari surish,
variantlar maqbulligini tekshirish).
6. Keys yechimi bo‘yicha taqdimotni tashkil etish.
7. Keys yechimini tahlil qilish.
8. O‘qituvchi (keysolog)ning echimi
Anglanganidek, ta’lim jarayonida o‘quv keyslarini qo‘llashda jarayon (mashg‘ulot) yakunida albatta o‘qituvchi (keysolog)ning yechimi taqdim etilishi zarur. Buning didaktik ahamiyati bu echim asosida tinglovchilarning o‘z o‘quv-bilish harakatlarining qanchalik to‘g‘ri, samarali, maqsadga muvofiq amalga oshira olganliklarini tahlil qilish, solishtirish, yo‘l qo‘ygan xatolarini aniqlash imkoniyatini yaratishi bilan belgilanadi. Keyslar tipologiyasida o‘quv topshirig‘ini taqdim etish usuli savolli hamda topshiriqli bo‘lishi ko‘rsatilgan. SHunga ko‘ra tinglovchilarning e’tiborlariga havola etiladigan keyslar yoki savolli, yoki topshiriqli bo‘lishi mumkin. Agar keys savolli-keys bo‘lsa, u holda muammo yoki muammoli vaziyatni tahlil qilish va echishga oid bir necha savollar keltiriladi.
M:
1. Yoshlarning “ommaviy madaniyat” ta’siriga berilishining asosiy omillari nimalardan iborat?
2. Yoshlarning “ommaviy madaniyat”ta’siriga berilishlarida OAVning o‘rni va rolini qanday aniq dalillar asosida baholay olasiz?
Agar keys topshiriqli-keys bo‘lsa, u holda keysni echish jarayonida bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqlar beriladi.
M:
1. Yoshlarni “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalash omillarini aniqlang.
2. Yoshlarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni samarali shakllantirish yo‘llarini belgilang.
Odatda keyslarni tayyorlashda darslik va o‘quv qo‘llanmalardan, balki ommaviy axborot vositalari, jumladan, Internet materiallaridan ham maqsadli foydalanish mumkin.
Pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan keyslarni ularning xarakteriga ko‘ra B.Blum taksonomiyasi (bilish-tushunish-anglash-tahlil-sintez-qo‘llash tizimi)ga muvofiq bir necha guruhga ajratish mumkin :
Asosiy guruhlar
Pedagogik bilimlardan xabardorlikni aniqlashga yordam beradigan keyslar
Pedagogik faoliyat, hodisa yoki jarayon mohiyatini tushunish holatini belgilashga xizmat qiladigan keyslar
Ta’lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat va hodisaning tarkibiy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro birlik, aloqadorlikni anglash hamda tahlil qilishga yo‘naltirilgan keyslar
Ta’lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat va hodisaning tarkibiy elementlarini tizimlashtirish, sintezlash, bosqichlarni izchil ifodalashni taqozo etadigan keyslar
Pedagogik bilimlarni amalda qo‘llash, mavjud ko‘nikma va malakalarni to‘laqonli namoyon etishga doir keyslar
Informatikani keys-stadi asosida o‘qitish texnologiyasi.
Ishdan maqsad oliy ta’lim muassasalarida informatika fanlaridan dars beruvchi professor-o‘qituvchilarga ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda keyslardan foydalanish imkoniyatlarini amaliy yoritib berish.
Topshiriqli keys bo‘yicha jamoa bo‘lib ishlash maqsadga muvofiq bo‘lib, unda talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, birgalikda keys ustida ishlashadi:
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, qo‘yilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi;
3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yo‘lini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar;
KEYS 1.
Maktab metodika Kengashining joriy oyga rejalashtirilgan masalalaridan biri o’tkazilgan dars tahlillari muhokamasi edi. Kuzatilgan darslar orasida maktab informatika fani o’qituvchisi M.N.Nazarovaning informatika fanidan 9-sinflarda o’tkazilgan 1 soatlik ochiq darsi ham o’rin olgan edi. Ushbu darsni metodik Kengash a’zolaridan 5 nafari va maktabga yangi qabul qilingan informatika fani o’qituvchisi SH.M.Karimovlar kuzatgan. Dras tahlili muhokamasi boshlanganda metodik Kengash raisi barcha ishtirokchilar o’tkazilgan dars bo’yicha fikrlarini so’radi. U mutaxassis sifatida yosh o’qituvchi SH.M.Karimovdan dars yakuni bo’yicha alohida to’xtalishini so’radi. SH.M.Karimovning fikrlari:
Dars o’z vaqtida boshlandi;
Navbatchi axboroti eshitildi;
Uyga vazifalar tekshirildi;
Yangi mavzu tushuntirildi;
Yangi mavzu bayonida keltirilgan ma’lumotlarni informatika o’qituvchisi proyektor orqali yetkazib berdi;
Lekin Kengash raisi ushbu tahlil yuzasidan o’zining bir qator e’tirozlarini va qanday tahlil o’tkazish kerakligi to’g’risida ko’rsatmalarini aytib o’tdi.
Muammo. Yosh o’qituvchi Karimov Kengash raisida e’tirozlar bo’lmasligi uchun ochiq mashg’ulotni qanday shaklda kuzatgan va tahlil etgan bo’lishi kerakligini tushuntiring.
Talaba uchun ko’rsatmalar.
Talaba darsni kuzatuvchi shaxsning dars tahliliga kirish va uni kuzatish vaqtidagi hamda dars tugagandan keying harakatlarini bilishi kerak;
Dars tahlilining asosiy tarkibi qismlarini anglashi va shunga monand tarzda harakat qilishi kerak;
Keysning yechimi. Yosh o’qituvchi tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi kerak edi:
Ochiq dars oldindan rejalashtirilganligi sababli tahlilga kirgan o’qituvchi tayyorgarlik ko’rgan bo’lishi;
Dars boshlanishi 5 daqiqa oldin kirib tegishli joyni egallashi;
Dars kuzatishdan maqsadni qo’yishi;
Dars maqsadiga ko’ra kuzatuvni tanlashi;
o’qituvchini darsga kirib kelishi (kayfiyati, ishonchli kadam tashlashi, samimiylik holati, birinchi so’zi, ohangdorligi, tashqi qiyofasi, kiyimi va b.) ni kuzatish;
kerakli yozuvlar, taklif va tavsiyalarni daftarga kayd kilib borish;
darsni to’liq kuzatish: chikib ketmaslik, ortikcha ishlar bilan shug’ullanmaslik;
darsga qo’yilgan maqsad asosida dars jarayonini kuzatib borishda quyidagilarni aniqlash:
- o’quvchilarda o’quv predmeti buyicha bilim, ko’nikma, malakalar qay darajada shakllangan va ularni amaldagi vazifalarni yechishga qo’llay olishlari;
- o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil etilishi;
- dars jarayonida turli xil uslublar va shakllarni qo’llanishi (uslub, shakl va pedagogik texnologiyalarni maqsadga muvofiq tanlanganligi); - dars jarayonida o’quvchilar faoliyatiniig o’zgarib turishi, xilma-xilligi; - dars jarayonidagi ishlarning, xarakatlarning jadalligi; - mavzu va darsni predmetlararo bog’liqligi; - o’qituvchining sinfdagi psixologik muhitni va vaziyatni boshqarishi; KEYS 2. Maktab rahbariyatining so`nggi ikki o`quv yili davomida faoliyat ko`rsatib kelayotgan pedagog xodimlarning ta`lim jarayonidagi ishtirokini tahlil qilar ekan o`qituvchilardan besh nafari o`quv yili yakuni bo`yicha aniqlangan reyting ko`rsatkichlarga asosan so`nggi o`rinlarni band etgan. Ajablanarlisi, bu holat so`nggi ikki o`quv yilida ketma-ket takrorlangan. Reytingni aniqlash mezonlaridan biri – o`tkazilgan dars tahlillari yakunlariga bag`ishlangan. Rahbariyat so`nggi o`rinlarda qolib ketayotgan o`qituvchilar faoliyatini yanada yaxshilash, ta`lim sifatini oshirish, metodik yordamlarni uyushtirish jarayonlarini tizimli tashkil etgan va yuqoridgi o`qituvchilarga yetkazganligini hisobga olsak, bu holatda qanday qaror qabul qilish kerak.
Muammo. Sizningcha so`nggi o`rinlarda qolib ketayotgan keyingi ikki yildagi besh nafar o`qituvchining ish faoliyatida keskin ijobiy o`zgarish qilishi uchun qanday yo`l tutishi lozim.
Talaba uchun ko’rsatmalar.
Talaba ta`lim muassasasida turli mezonlar asosida pedagog xodimlar reytingini aniqlash ko`rsatkichlari ro`yxatiga o`zaro dars kuzatish va tahlillarni tashkil etish jarayonining kiritilganligini bilishi kerak;
Dars kuzatish jarayoni malaka oshirish kursi tizimi bilan uzviy aloqadorligini tushunishi kerak.
Keysning yechimi. Yuqori turuvchi xalq ta`limi bo`limining kelgusi yilga mo`ljallangan pedagog xodimlarni navbatdagi malaka oshirish rejasiga qo`shimcha buyurtma shakllantirish va behs nafar o`qituvchini malaka oshirish kurslariga jo`natish.