Ma’ruza. Loyihaviy o`qitish texnologiyalari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə10/31
tarix18.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#116631
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
4-курсга.маруза.талабага

Oralik nazorat-o‘quv fanining bir bo‘limi, katta qismi o‘tib bo‘lingandan keyin tashkil etiladigan tekshirishdir.

Unga aloxida o‘quv soati ajratiladi. Oralik nazoratda o‘rganilgan bo‘lim mazmuniga mos savollar tizimiga javob olinadi, o‘quv tizimi topshiriklari bajartiriladi, uzoq muddatni oladigan munozara o‘qkaziladi. Savollar, o‘quv topshiriqlar tizimi, uzoq muddatli munozara, og‘zaki yoki yozma xisobot kabilar davriy nazorat metodlari xisoblanadi.





  1. YAkuniy - nazorat - o‘quv fani tuliq o‘rganilgach, chorak oxirida, o‘quv yili so‘ngida tashkil etiladi.

Unda o‘quv fani mazmunini o‘ziga tuliq qamrab oladigan metodlardan foydalaniladi. O‘quv fani doirasida qullangan termin va tushunchalarga (og‘zaki yoki yozma) izox yozish, o‘quv faniga oid etakchi g‘oyalarni xayotga, ishlab chikarish, amaliyotga tatbiq etish, o‘quv fanining inson xayotida tutgan o‘rnini baxolash, o‘quv fani doirasida o‘rganilgan nazariy va amaliy bilimlariga uz munosabatini bildirish kabi metodlar nazoratning samaradorligini oshiradi.



O‘quvchilar mikdoriga ko‘ra nazorat metodlari

O‘quvchilar miqdoriga ko‘ra nazoratning quyidagi ko‘rinishi farqlanadi:





  1. Individual tekshirish-aloxida o‘quvchiga muljallangan nazoratdir.

Alochi o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv topshirig‘i o‘rtacha tayyogarlikka ega bo‘lgan bola uchun qiyin bo‘lganidek, o‘rta o‘zlashtiradigan o‘quvchi uchun tuzilgan o‘quv topshirig‘i a’lochi o‘quvchi uchun juda ko‘p sanaladi. Ko‘rinadiki, individual nazorat xar bir o‘quvchining bilimi, tayyorgarlik darajasiga qarab tayyorlanadi. Demak, individual nazorat metodi sifatida tanlangan suxbat, savol, topshiriq, mustaqil ish, laboratoriya mashg‘uloti va shu kabilarning bajaruvchisi- ijrochisi oldindan belgilanadi.



  1. Tabaqalashgan nazorat-sinf jamoasini bilim, malakalarni o‘zlashtirish darajasi, real bilish imkoniyatlariga qarab kichik jamoalarga ajratish va jamoalarning xar biriga mos metod, vosita tanlab tekshirishni o‘tkazishdir.

Sinf o‘quvchilari, ularning individual xususiyatlari asosida kichik jamoalarga ajratiladi. Eng yuqori o‘zlashtiruvchi bolalar o‘ta murakkab, yaxshi o‘qiydigan o‘quvchilar jamoasi nisbatan oson, past o‘zlashtiruvchilar jamoasi esa yanada osonrok topshiriqlarni, mustakil ishlarni bajaradi.


Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.


Ta’lim jarayonida nazorat ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholash va bahoni ham oladi. Baholash deganda bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalonlar bilan solishtirishni tushunamiz. Baho deb esa baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his–tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu esa o‘z–o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi deb sanaladi.
O‘quv faoliyatini baholash mezonlari bir qator pedagoglar tomonidan talqin etilgan. Quyida biz pedagogika fanlari doktori Vladimir Pavlovich Bespalko tomonidan berilgan o‘quvchilar, o‘qituvchilar va o‘quv faoliyatini baholash haqida to‘xtalib o‘tamiz. Ushbu mezonlar o‘quvchilarning fan bo‘yicha tayyorgarligi, o‘qituvchining didaktik mahoratini baholash imkoniyatini beradi. Bu mezonlar o‘quvchilarning o‘qishi va hulqining adekvat motivlari uchun hamda o‘qituvchi mahoratini odilona baholash uchun zarur.
Mezonlarning aniqligi va samaradorligi bo‘yicha o‘quv fanini o‘zlashtirilganlik sifatini quyidagicha ifodalash mumkin.

Bu erda
-sinfning o‘rtacha o‘zlashtirish bali bo‘lib, u quyidagicha hisoblanadi:

-ma’lum o‘quvchining bahosi;
M-sinf o‘quvchilarining umumiy soni;
-bahoning o‘rtacha kvadratik uzoqlashishi esa quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

O‘rtacha kvadratik uzoqlashish shunday ma’noni anglatadiki, u bilan guruhda o‘zlashtirish bir xilligi va individuallashtirish darajasi xarakterlanadi.
Bespalko fikricha bu ko‘rsatkich 12 balli shkaladan foydalanganda nisbatan yaxshiroq va mazmunliroq bo‘ladi.
Savol tug‘iladi: yuqorida keltirilgan 12 ballik baholash shkalasiga ko‘ra qaysi ballni etarli deb olish mumkin, qaysi ballga intilish kerak?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin