3.3. O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Технологик харитада таълим берувчи ва таълим олувчи фаолият (ўқув жараён)и босқичларининг кетма-кетлиги ва мазмуни ҳамда уларда қўлланиладиган воситалар тавсифланади. Технологик харита талабаларнинг мустақил ишлашларини назорат қилишга ёрдам беради.
Mavzuiy rejadan farqli o‘laroq texnologik xaritada (1) o‘quv mashg‘ulotining bosqichlari va vaqti; (2) ta’lim beruvchi faoliyati bilan birga, ta’lim oluvchining ham faoliyati; (3) ta’lim berishning usul, shakl va vositalari; (4) ta’lim maqsadlarining o‘quv yutuqlari monitoringi va baholashlari ko‘rsatiladi.
Texnologik xaritaning tuzilishi va mazmunli ko‘rsatkichlari.
1 - bosqich (5-10 daqiqagacha). O‘quv mashg‘ulotiga kirish.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati:
Ta’lim beruvchi mavzuning nomi, (ma’ruza) rejasi bilan, o‘quv mashg‘ulotining xususiyati bilan (muammoli ma’ruza, o‘rgatuvchili o‘yin va boshq.), mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini, o‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim oluvchilar tinglaydilar, aniqlashtiradilar, savollar beradilar, yozib oladilar.
2 - bosqich (55-65 daqiqagacha). Asosiy / ma’lumot beruvchilik.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati:
Ta’lim beruvchi o‘quv mashg‘ulotining rejasig‘ tuzilishiga muvofiq tuzib chiqqan ta’lim modelini amalga oshiradi, ko‘zlanayotgan o‘quv natijalariga erishish bo‘yicha ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatini boshqaradi.
Ta’lim oluvchilar ko‘zlanayotgan o‘quv natijalariga erishish bo‘yicha rejalashtirilgan o‘quv harakatini bajaradilar.
3 - bosqich (10-15 daqiqagacha). YAkuniy - natijaviy.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati:
Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha yakun yasaydi, ta’lim oluvchilar e’tiborini asosiylarga qaratadi, bajarilgan ishlarni kelgusi kasbiy ish faoliyatidagi ahamiyatini ma’lum qiladi, guruhlar, alohida talabalar ishini baholaydi yoki o‘zaro baholashning yakunini chiqaradi; o‘quv mashg‘uloti maqsadiga erishish darajasini baholaydi; mustaqil ish uchun topshiriq beradi.
Ta’lim oluvchilar o‘zaro baholashni o‘tkazadilar, savol beradilar, topshiriqni yozadilar.
Dostları ilə paylaş: |