3.2. O‘quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi bo‘yicha o‘qitish rejasining tuzilishi va mazmunining tarkibi
Aniq fan va mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning ta’lim modeli jadval ko‘rinishida bo‘lib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
dastlabki ma’lumotlar: o‘quv mavzusi, vaqti, talabalar soni;
shakl (ma’ruza, seminar va boshq.) va ko‘rinishi (masalan, muammoli ma’ruza va bosh.), o‘quv mashg‘uloti rejasi/tuzilishi, uning maqsadi, o‘quv faoliyatining ko‘zlanayotgan natijalari, pedagogik vazifalari;
tanlangan ta’lim modeli: usullar, shakllar va o‘qitish vositalari;
ta’lim berish sharoiti: maxsus jihozlangan, guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar;
monitoring va baholashga asoslangan qaytar aloqaning yo‘l va vositalari: nazorat turi (yozma va og‘zaki), nazorat shakli (tezkor-so‘rov, test olish, taqdimot, o‘quv topshiriqlari va boshq.).
O‘quv mashg‘ulotining texnologiya xaritasi uch qatorni o‘z ichiga olib, 1,5-2 varaqda jadval ko‘rinishida bajariladi: (1) o‘quv mashg‘uloti bosqichlari va vaqti; (2) ta’lim beruvchi faoliyati; (3) ta’lim oluvchi faoliyati.
Ilova. O‘quv jarayonining tashkiliy - didaktik vazifasini bajaradi: o‘quv/mustaqil ish uchun savol va topshiriqlarni, uni baholash mezonlarini, o‘quv ish jarayonida talabalar amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalar, ta’lim beruvchi foydalanadigan tayanch yozmalar, shuningdek chizma, jadval, slaydlar va boshqa ko‘rgazmali materiallar, rejalashtirilgan maqsadlarga erishishni nazorat qilish uchun topshiriqlar (testlar, savollar, topshiriqlar va mashqlar).
Bu erda taqdim etilayotgan materiallar chegaralanmaydi. Faqat ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli chizmalarda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.
O‘quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi modeli
Mavzu (raqami) …………………(nomi)………………………………
Vaqt: …soat
|
Talabalar soni:…
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli va turi
|
Ma’ruza (axborotli/birlashgan dars va boshq..),
seminar (bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish bo‘yicha), amaliy mashg‘ulot
|
Ma’ruza rejasi / o‘quv mashg‘ulotining tuzilishi
|
1. ...
2. ...
|
O‘quv mashg‘uloti maqsadi:
|
SHakllantirish / bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish
|
Pedagogik vazifalar:
…bilan tanishtirish;
…tasnifini berish;
…tushuntirish;
... ochib berish va boshq.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
…ko‘rsatadilar;
…tasniflaydilar;
…aytib beradilar;
…tartibli ravishda ochib beradilar
|
Ta’lim usullari
|
Ma’ruza, insert, aqliy hujum va boshq.
|
Ta’lim shakli
|
Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash
|
Ta’lim vositalari
|
Ma’ruza matni, texnika vositalari va boshq.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan, guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov va boshq.
YOzma so‘rov: referat, test va boshq.
|
Dostları ilə paylaş: |