Ma’ruza. Loyihaviy o`qitish texnologiyalari


MA’RUZA: Informatikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə19/31
tarix18.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#116631
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
4-курсга.маруза.талабага

MA’RUZA:
Informatikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish

Informatika bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish tamoyillari
Kompyuterning paydo bo‘lishi informatika bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘lotlarga keng imkoniyat ochadi, o‘quvchilar qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi va quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi:
-hayotiy va mehnat faoliyatiga tayyorlash;
-aniq ilmiy sohada faoliyat va fikrlashning asosiy uslublarini o‘zlashtirish.
«Informatika» fani bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishda, ularning foydali shakllarini va uslublarini ishlab chiqish uchun hamda darslarning mazmunini aniqlash uchun ba’zi bir umumiy talablar mavjud. Birinchidan, darsdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuni «Informatika» fanini asosiy maqsadiga va o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalashga belgilanishi kerak. Ikkinchidan, informatika bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlari mazmuni o‘quvchilarga kiziqarli bo‘lishi kerak. Buning uchun biz tarixiy materialdan foydalanishni tavsiya etamiz.
Tarixiy material yaxshi esda qoladi; informatika rivojlanish tarixi asosiy fikr va uslublarining shakllanishiga xizmat qiladi. Fan tarixi uning harakatlanuvchi kuchini ko‘rishga, insonning ilmiy ongi va amaliy faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini kuzatishga imkon beradi. Bu o‘quvchilarning diallektik-materialistik dunyoqarashi va ilmiy fikrlashining shakllanishiga yordam beradi.

Informatikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarda tarixiy materiallardan foydalanishning bir necha turlarini keltiramiz.


1. Informatika tarixiga epizodik ekskursiya: birinchi uslublar, tarixiy vazifalar va ularni EHM yordamida echish uslublari.
2. Informatika va kibernetika sohasidagi taniqli olimlarning hayoti va ijodini ko‘rib chiqish (V.Qobulov, M.Kamilov, U.Yuldashev, M.Aripov, Ershov A.P, Lebedev S.A., Jitomirskiy V.G va boshqalar).
3. Aniq davrda olingan natijalarni ko‘rib chiqish (yangi turdagi kompyuterning paydo bo‘lishi, yangi dasturiy atamaning paydo bo‘lishi va boshqalar).
4. Informatika, kibernetika va dasturlash haqida fikrlar hamda informatika va dasturlash sohasidagi buyuk olimlar fikri.
5. Hisoblash texnikasining virtual muzeylarini o‘quv jarayonida qo‘llash.
O‘quvchilarda vatanparvarlik xissini shakllantirish uchun qadimgi Sharq buyuk olimlarining ilmiy natijalari bilan tanishtirish kerak (al Xorazmiy, al Beruniy).
«Informatika» fani bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri bu ijodiy vazifalarni EHMda echish, loyihalashtirish, konstruktorlash va modellashtirish. Bunday vazifalarni dasturlash tilida echish o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakasini oshiradi.
«Informatika» fani bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar tashkil qilish uchun bir necha mavzularni misol sifatida keltiramiz.
ADA LAVLEYS
1. A. Lavleys hayoti.
2. A.Lavleys va CH. Bebidj ishlari.
3. Programmalashtirishga qaratilgan A.Lavleysning atamalari.
WEB TEXNOLOGIYALARI
1. Web texnologiyalari haqida.
2. HTML tili.
3. HTML tilining asosiy teglari.
4. Web sahifa yaratish uchun dasturiy ta’minotlar haqida.
INTERNET - GLOBAL KOMYUTER TARMOG‘I
1) Internet –global kompyuter tarmog‘i.
2) Internet tarmog‘ida adreslarning tuzilishi va sistemaviyligi.
3) Internet xizmatlari va ularning turlari.
4) Internet tarmohida qidiruvni tashkil etish.
5) Internet va muloqot madaniyati.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin