Ma’ruza. Loyihaviy o`qitish texnologiyalari


Informatikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlar shakllari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə20/31
tarix18.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#116631
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
4-курсга.маруза.талабага

Informatikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlar shakllari
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘qituvchilar tomonidan informatikaga qiziqqan o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi. Bu ishni o‘qituvchi rejalashtiradi va kerakligicha aniqlashtiradi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar shakllariga:
-to‘garak,
-disput,
-konkurs,
-kecha,
-devoriy gazetalar kiradi.
To‘garak
Informatika bo‘yicha to‘garak bu faol va natijaviy darsdan tashqari mashg‘ulotlardan biri. To‘garak asosida ixtiyoriylik tamoyili yotadi. Odatda to‘garaklar yaxshi o‘qiydigan o‘quvchilar uchun tashkil etiladi. Ammo ba’zida yaxshi o‘qimaydigan o‘quvchilar ham to‘garakka qatnashishga xohish bildiradilar va unda yaxshi natijalarga erishadilar. Faqat bunday o‘quvchilarga e’tibor berib qarash va ularning informatikaga bo‘lgan qiziqishlarini mustahkamlashga harakat qilish kerak. To‘garak ishini ikki yo‘nalishga ajratsa bo‘ladi. Birinchisi, asosan, fikrlashni rivojlantirishga va informatikaga bo‘lgan boshlanich qiziqishni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ikkinchisi, «Informatika» fani bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish va zamonaviy dasturlash tillarini, yangi dasturlarni o‘rganish.

Devoriy gazetalar chiqarish
Ma’lumki, o‘quvchilarni maktab matbuoti bilan tarbiyalash darsdan tashqari mashg‘ulotlarning muhim yo‘nalishi. U maktab gazetalari mazmuni va o‘quvchilarni gazeta chiqarish jarayonida muharrir, redkollegiya va korrespondent sifatida faol qatnashish ta’siri ostida amalga oshiriladi. «Informatika» fani bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarida o‘quvchilar zamonaviy kompyuter yordamida har xil gazeta va jurnallar chiqaradilar va buning uchun Internet, matn va grafik muharrirlari bilan ishlydilar.
Kecha va konkurslar
Kecha va konkurslar o‘quvchilar bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarda har xil konkurslar qiziqish uyg‘otadi. «Informatika» fani bo‘yicha konkurs sifatida: “Nima? Qaerda? Qachon?”, “Kompyuter o‘yini musobaqasi” va boshqa o‘yinlarini tashkil qilish tavsiya etiladi.
Olimpiada
«Informatika» fani bo‘yicha olimpiada boshqa fanlardagi kabi faqat darslardan tashqari tadbirlar kompleksining oxirgi etapi bo‘lsa, uning foydasi bor. Agar olimpiada vaqtida o‘tilgan mavzularni qaytarmasa, u o‘quvchilarni qiziqtira olmaydi. Olimpiada butun yil ishini yakuni bo‘lib, o‘tilgan mavzularni rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. O‘z oldiga informatikadan olimpiadada qatnashish maqsadini qo‘yib, o‘quvchi muraqqab masalalarini echish to‘garakka katta xohish bilan boradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin