2. Test, kompyuter test dasturlari haqida tushuncha va ularning imkoniyatlari. Sifatli darsliklar va o’quv qo’llanmalari ta’lim samaradorligini oshiruvchi osiy omillardan sanaladi. Zero, o’quvchi aynan darsliklar orqali o’zlashtirilgan mavzuni doimiy ravishda mustahkamlab borish imkoniga ega bo’ladi. Bugungi kunda ko’plab umumta’lim fanlari bo’yicha barcha talablarga javob beradigan, zamonaviy darsliklar chop etilgani quvonarli hol, albatta.
Test (ing . test — sinash, tekshirish) (psixologiyada) — shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini tekshirishda qo`llaniladigan qisqa standart mashklar. Ijtimoiy amaliyotda test odamning qanday kasb-hunar egallashi mumkinligi, uning kasbga layokati yoki layoqatsizligini, iste`dodli yoki aqli zaifligini aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qo`llaniladi. Uning yordamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekshiriluvlarning mahorati, qiziqishi, to`plangan amaliy ma`lumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik ko`rsatkichi bir necha mezonlarga asoslanib tahlil qilinadi. testning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822—1911) ishlab chiqqan (1883). "Test" terminini birinchi marta amerika psixologi Jeyms Kettell (1860— 1944) qo`llangan (1890). U testlar yordamida tanaga ta`sir etuvchi qo`zg`atuvchilarning idrok qilinishi vaqtini, refleks tezligini, reaksiya muddatlarini, teriga ta`sir o`tkazishda hosil bo`luvchi og`riq sezgilarini, harflar qatorini esda olib qolish darajalarini aniklash mumkin, deb hisobladi. Fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi T. Simon insonning akliy o`sishi va iste`dodi darajalarini o`lchash imkoniyati borligi g`oyasini olg`a surganidan keyin akliy testlar nazariyasi keng yoyildi. Miqdoriy ma`lumotlarni statistika metodikalari yordamida hisoblab chiqish yuzaga keldi. Amerikalik Lyuis Permen (1877—1955) insonlarning akliy qobiliyatlarini uzluksiz 50 y. davomida o`rgangan. Hozirgi davrda testlar quyidagi turlarga ajratiladi: maqsadga erishuv testlari (bilimlarni o`lchashga qaratilgan); akliy testlar (zehn, aqlidroq, aqlzakovat, iste`dodni aniklashga yo`naltirilgan); ijodiyot testlari (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi); mezoniy mo`ljal testlari (o`quv yoki kasbiy bilimlar va topshiriklarni qaysi ko`nikma, malaka, xattiharakat tizimi orqali o`lchash mumkinligi); shaxsga oid testlar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni o`lchashga aloqador); proyeksiyaviy testlar (tashqi ta`sirsiz shaxs o`zini o`zi oshkor qilishiga mo`ljallangan) va boshqalar.
Mamlakatimizda keyingi yillarda ma’lum fanlardan bir necha muqobil darsliklar nashr qilindi va shu darsliklarni elektron ko’rinishda test dasturlari yaratilmoqda.
Kompter test dasturi - ma’lum bir sohada olingan bilimlarni tartiblangan holda dasturlash tillarida yaratilgan dasturlar yordamida kompyuter hotirasiga joylashtiruvchi va bu asosida talaba yoshlarni bilimini tekshiruvchi dasturlardir.
Kompyuter test dasturlarini bir necha turlarga bo’lish mumkni:
Predmet testlar
Muayyan predmetlar bo’yicha pedogogik testlar yoki predmet testlar asosida baholash prosedurasini tashkillashtirish uchun axborot tehnologiyalarini samaradorligi to’g’risida gapirilganda yagona javob variantlar to’plami bo’lgan savollardan MSQL-tipidagi (inglizcha Multi Choice Question) testlardan foydalanish to’g’risida so’z yuritiladi. Lekin so’rovning boshqa variantlari qo’llanishi ham talab qilinishi mumkin, masalan ,ko’p marta javoblar matn sonlarining qat’iy yoki erkin formatda kiritilishiga yo’l qo’yish zaruriyati , bunda kiritilgan javobni etalon bilan solishtirish axamyati so’zlar bo’yich olib boriladi.
MSQL- tilidgi avtomatlashtirilgan testlar nisbatan qisqa vaqt ichida xaqiqiy bilimlar darajasini ommaviy tekshirishning samarali metodi hisoblanadi. Biroq, pedogoklar bunday testlash imkoniyatini cheklanganligini tushunishlari kerak. Bu birinchi navbatda o’quvchi (ta’lim oluvchi) ning samarali faoliyati bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni ko’nikma va malakalarni baholash uchun MSQL- testlaridan foydalanishga taaluqli ,chunki bunday baholashni bilish yoki oldindan o’rganilgan obektlarni qayta tiklash darajasidagini bajara oladi. Biroq bu diagnostic umumlashtiruvchi testlash davomida o’qitish sifatini obektib tekshirish uchun testlar imkoniyatini inkor qilmaydi, albatta javobni topishni mo’ljallagan o’quvchilarni qiyin axvolga solib qo’yadigan miqdorda variantlar bo’lgan, chuqur o’ylangan ko’plab savollardan foydalanilgandi, zamonaviy nazorat qiluvchi dasturlar formulalaridan nazorat bilan bog’langan cheklanishlarni bilmaydi. Matematika , kimyo va boshqalar bunday hollarda yoki maxsus simvollardan foydalaniladi yoki savol matniga grafik obektlar qilib kiritiladi.
Savollarni strukturalash va adaptiv testlar.
Avtomatlashtirilgan testlar sinalayotgan o’quvchiga savollar berishning turli algoritmlariga , shu jumladan javoblar to’g’riligiga bog’liq xolda so’rovning borishini o’zgartiradigan algoritmlarga asoslanishi mumkin.
Zamonaviy nazorat qiluvchi tizimlar, yo’naltiruvchi savollarni va hatto aytib turishni ichiga oladigan savollarni bergan holda noto’g’ri javoblarga ham moslashishi mumkin. Bunday funksiyalar bu kabi tizimni o’qitadigan tizimga aylantiradi. Imtixon yoki o’qitish algoritmi oldindan shunday dasturlashtirilishi kerakki, aynan bir dastur yordamida savollar bo’lgan aynan bir ma’lumotlar bazasida ham nazoratni, ham o’qitishni amalgam oshirish mumkin bo’lsin. Bunday tizimlarni to’ldirish, oqituvchidan savollarni strukturalash bo’yich katta ishni bajarish talab etiladi. Murakkab savol-javob noto’g’ri bo’lganda, bir nehca bor berilishi, lekin o’quvchini to’g’ri javobga olib borishi kerak.
Avtomatlashtirilgan testlash tizimi yordamida o’tkaziladigan an’anaviy imtixon yoki zachyot shundan iboratki, imtixon topshirayotganda, u savollarga yaxshi yoki yomon javob berishidan qat’iy nazar, ma’lum miqdordagi savollar beriladi. Bunday testdan foydalanilganda to’plangan ballar miqdori to’g’ri javoblar miqdoriga bog’liq bo’ladi. Bu shunday oddiy tahlil qilinadi bilimlar sifati qancha yuqori bo’lsa, imtixon topshirayotgan shuncha ko’p savolga to’g’ri javob beradi.
Bunday testlash shakli keng tarqalgan bo’lib, muvaqqiyatli foydalanilmoqda, biroq muayyan imtixon topshiruvchiga tadbiqan, berilgan savollar miqdori, uning bilimlari sifati keng (adekvat) baholashni olish uchun zarur bo’lganga qaraganda ko’p yok kam bo’lishi mumkin. Amaliyot murakkablik darajasi bir xil savollagdan iborat testni tayyorlash qiyin: qat’iy uzunlikdagi testda, muayyan odam uchun juda oson va juda qiyin savollar bo’lishi mumkin. Ushbu xolatda ham, oson savollarga noto’g’ri javoblar, bunday testga zarur darajadagi validlik bera olmaydi.
Nochiziqli testlash tizimi, imtixon topshiruvchiga muammolar paydo bo’la boshlagan, savollarni murakkablik darajasini aniqlay olsa, birmuncha yaxshi bo’ladi.
Bu daraja bahoni aniqlashi (imtixon qiluvchi uchun) ham, murakkab joylarni topishi (imtixon topshiruvchi uchun) ham mumkin bo’lardi. O’quvchining mkoniyatlariga moslashdigan bunday nazoratning maqsadga muvofiqligi, shuningdek, ananaviy testlashni aptimallash zaruriyatidan ham kelib chiqadi. Har bir pedogokka yaxshi ma’lumki , yaxshi tayyorgarlikka ega o’quvchilar uchun oson topshiriqlar uncha qiziqarli emas aksincha qiyin topshiriqlar tayyorgarligi nisbatan kuchsiz bo’lgan o’quvchiga o’qishga bo’lgan xoxishni pasaytiradi.
Bu yo’nalishda CAT-(inglizcha computer adaptive test- kompyuter adaptive test) yangi qadam bo’ldi. Bu imtixon topshiruvchining imkoniyatlariga moslashuvchanlik kiritilgan testdir. CAT dan foydalanib testlash prinsipi quydagilardan iborat aynan bir adaptivega testni bajarishda tayyorgarligi yuqori va past bo’lgan imtixon topshiruvchilar mutloqo turlicha savollar to’plamini oladi. Birinchisiga murakkab savollar, ikkinchisiga esa soda savollar taklif qilnadi. Yakunda ikkala imtixon topshiruvchiga to’g’ri javoblar ulushi mos tushgan taqdirda ham birinchi imtixon topshiruvchi birmuncha murakkab savollarga javob bergani uchun, katta miqdorda ball to’playdi.
Testlarning shunday shaklini ishlab chiqqan va keng foydalaniladigan Microsoft firmasi, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatish uchun balandlikka sakrash bo’yicha musobaqalarni taqqoslashni taklif etadi. Sakrovchi imkoniyatlardan qat’iy nazar, tezda plankani tushurib yuborishi ham mumkin . sarrovchi uchun zabt etilgan oxirgi balandlik “ball” bo’lib hisoblanadi. Yuqori ballni olish uchun sakrovchi mumkin bo’lgan xar bir balandlikni egallashi kerak emas. Shuningdek u plankani bir muncha darajada egallashga ham urinmasligi kerak.
Ta’lim soxasida olinadigan misol yanada ko’rgazmaliroq o’g’izaki imtixon davomida o’qituvchi odatda avval o’rtacha murakkablikdagi savollar beriladi, agar o’quvchi to’g’ri javob bersa, unga murakkabroq topshiriq taklif qilinadi. Birinchi javob noto’g’ri bo’lganda keyingi savol sifatida bir muncha oson savol beriladi. Bu jarayon davom etadi va qisqa davr mobaynida o’qituvchida o’quvchi bilimlarining sifati to’g’risida to’g’ri tasavvur shakillanib boradi. Bu holatda, o’qituvchi har bir imtixon topshiruvchiga juda oson yoki juda murakkab savollar berishi shart emas, o’quvchi to’g’ri javob bergan savollarning murakkablik darajasi tayansa, kifoya.
Ta’lim sifatini malakali og’izaki imtixon oluvchi darajasida nazorat qilishini taminlaydigan CAT turidagi nochiziqli test ham shunday takommillashtirish kerak edi.
Bu turdagi testda dastlab , o’rtacha murakkablikdagi savol beriladi, olingan javob asta-sekin shakillanib boradigan bo’lajak bahoga ta’sir etadi. Agar javob to’g’ri bo’lsa, imtixon topshiruvchining yaxshi baho olish imkoniyati oshadi. So’ngra birmuncha murakkab savol tallanadi va beriladi. Bu savolga noto’g’ri javob berilsa, imtihon topshiruvchining yaxshi baho olish imkoniyati pasayadi, keyingi savol yanada oson bo’ladi.
Savollar berib borilishi bilan imtixon topshiruvchi bilimlarining darajasini baholash yanada aniqlashadi. Baho aniqligi statistic maqbul darajaga yetganda test tugallanadi. Adaptive test qachon tugallanishi nomalum bo’lgani uchun, u miqdori o’zgaradigan savollardan iborat bo’ladi. Savollar miqdori uchun eng ko’p va eng kam qiymatlar olinadi, belgilanadi.
Adaptive testdan o’tishda , uncha yaxshi tayyorlanmagan odam yaxshi tayyorlangan odam miqdoridagi savollarga javob berishi mumkin. To’g’ri javoblar berilgan savollarni solishtirish, yaxshi tayyorgarlik ko’rgan odam bir muncha murakkabroq savollarga javob berganligini ko’rsatadi. Binobarin u bir muncha yuqori ball oladi. To’plagan ballar miqdori to’g’ri javoblar miqdoriga asoslanadi, balki to’g’ri javoblar berilgan savollarni murakkablik darajasiga bog’liq bo’ladi.
Adaptive testning an’anaviy tetsga nisbatan avzalligi, bu uning samaradorligidir. Adaptive test, ba’zida test uzunligini 60%ga kamaytirilgan holda, kam miqdordagi savollar yordamida imtihon topshiruvchining ballarini aniqlashi mumkin, bu adaptiv testlarga avzallik berishining asosiy sababidir.
Mezonga yo’naltirilgan testlar. Erishilgan ta’lim sifatini abektib baholash uchun, shu jumladan, o’quv dasturlari bilan ishlashda, mezonga yo’natirilgan alohida qiziqishlar uyg’otdi. Testlash markazi tarmoq terminalogik standartining loyihasi , mezonga yo’naltirilgan testni sinovdan o’tuvchi o’quv materialini o’zlashtirishini muayyan chegarasini oshib o’tganligini baholash imkonini beradigan mutlaqo yangi shaxsiy testlash uchun mo’ljallangan, testning xusisiy holi sifatida belgilaniladi. Bunda testlash natijalari tayyorgarlik darajasini oldindan, berilgan qandaydir mezoni bilan taqqoslanadi. Shunday qilib, gap testlarning o’zi to’g’risida emas, balki test natijalarini talqin qilish to’g’risida boradi.
Pedogog, muayyan sinovdan o’tuvchi o’quv fani mazmunini qanday elementlarni o’zlashtirilganligi haqidagi savolga, faqat extimolli baholash ko’rinishida javob olinishi mumkin. Bunday testlarni tayyorlashda o’quv fanining mazmuni asosida olingan bilimlar , malaka va ko’nikmalar sifatini o’lchash uchun ko’plab bir xil topshiriqlar tuziladi. So’ngra, sinovdan o’tuvchiga test bu majmuadan olingan topshiriqlarni tanlash taklif qilinadi. Nihoyat, javoblar asosida ushbu sinovdan o’tuvchi o’quv fanini bilishi to’g’risida extimolli hulosalar chiqarilgan. Bunday testlar argonalda Domain -Referenced Tests deyiladi, so’zma-so’z tarjimasi Mazmunga Yo’naltirilgan Testlar.
Natijalarning ishonchli bo’lishi, o’rganiladigan fan mazmunini sinchkovlik bilan belgilanishi va ko’p sonli topshiriqlarni talab qiladi.
Bunda:
a) Mazmunni tanlashda Ta’lim dasturi materiali to’la aks ettirilishi;
b) Fan mavzulari va alohida bo’limlari nisbatlarning to’g’riligi;
c) Davlat ta’lim standartlari talablarining to’la qamrab olinishi;
d) Topshiriqlarning mazmuni, tekshirilishi uchun test markazlari spesifikasiyasida rivojlantirilgan bo’limlariga, malaka va ko’nikmalar mos kelishi;
e) Har bir topshiriq mazmunining tekshirish maqsadlari uchun axamyatligini ta’nimlashi kerak.
Bunday testlardan imtihonlar natijalarini aniq tabaqalashtirish bilan o’tkazishda foydalanish mumkin, chunki ular ta’lim sifatini mutloq baholash imkonini beradi. Bunday testlar uchun mo’ljallangan topshiriqlar o’quv materialini o’zlashtirilishning turli darajalarini aniqlashga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Faktkar, tushunchalar qonunlarini aks ettirishda va ularni namunaviy vaziyatlarda qo’llashdan muammoli savollarga javob topish nostandart vazifani hal qilishi imkonini beradigan, bilimlarni sistemalashtirishgacha, umumlashtirishgacha. Bu xildagi testda turli darajadagi topshiriqlarni ularning bajarilishi qanday baholashi bo’yicha ham topshiriqlarni massasi ichida ular sinbiy soni bo’yich ham turli vaznga ega bo’ladi ba’zi hollarda sinovdan o’tadiganlarga bir xil topshiriqlarning tanlash taklif qillinadi. Bunday testlashga masalan, zachyotlarni o’tkazishda berilgan standart yoki o’quv fani o’zlashtirish mezoni sifatida maydonga chiqadigan bilimlar malaka va ko’nikmalarni nisbatan cheklangan to’plami bilan bilimlar qanday o’zlashtirilganini tekshirish uchun foydalanish mumkin. Bu erda faqat turli darajadagi tayyorgarlikni obektiv o’lchash to’g’ri emas, balki u yoki bu sinovdan o’tuvchi erishgan eng kam bilim darajasi to’g’risida ham gapirish mumkin.
Biz talim sifatini nazorat qilishni tashkillashtirishda mezonga yo’naltirilgan testlarni o’rni bilan bog’liq asosiy jihatlarni ko’rib chiqdik. Bunday bu kabi ko’plab boshqa savollarga javobni V.Yu.Pereverzov monografikasiyadan topish mumkin. Ushbu monografiyani nafaqat nazorat qilishni tashkillashtirishga, balki tegishli ravishda test topshiriqlari yordamida maktabga va oliy o’quv yurtiga sifatli ta’limni tashkillashtirishga katta e’tibor berilgan.
Bunday test dasturlariga misol tariqasida "Universal test" dasturini ham misol qilishimiz mumkin.
"Universal test" (tarmoq versiyasi) - bu Oliy o’quv yurtlari, o’quv muassasalari, tashkilot va idoralarda test olish orqali test topshiruvchilarni bilim darajalarini aniqlash, baholash hamda attestatsiyalar o’tkazishga mo’ljallangan dasturiy mahsulot.
"Universal test" tizimi klient-server texnologiyasiga asoslangan bo’lib, lokal hisoblash tarmog’ida ishlaydi. "Universal test" tizimi 3 ta quyi tizimdan iborat, bular:
"Admin.exe" (server kismi) tizimi (Administrator tizimi) - tizimni boshqarish, foydalanuvchilar ro’yxatini olib borish, ma’lumotnomalarni yuritish, guruxlar va mavzularni yaratish, test natijalari ma’lumotlarini jamlash borish, ma’lumotlar arxivini olib borish, qaydnomalar, bayonnomalarni shakllantirish, test topshirish uchun mavzularni tanlash, ularga savollar sonini va ajratilgan vaqtni belgilash, test olish rejimlari va test jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan bir qancha moslama va o’rnatilishlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Statistika menyusi orqali test topshiruvchilar ma’lumotlarini qidirib topish, ularning har biri uchun bayonnomalar va test natijalari qaydnomalarini shakllantirish mumkin.
"Maker.exe" (server kismi) tizimi (Taxrirchi tizimi) - foydalanuvchilar uchun mavzularni taxrirlash, mavzularga savollarni kiritish va qayta o’zgartirishlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Savollarni Microsoft Excel dasturi yordamida tayyorlab olib, tegishli mavzuga import qilish mumkin. Har bir savolga 5 tadan ko’p bo’lmagan javob varianti beriladi. Savollar javob berilishiga qarab, bir necha turga bo’linadi:
Bitta javobli, ko’p javobli, ro’yxatni tartiblash. Har bir savolga alohida bal beriladi.
Savollarni qidirib topish, taxrirlash ishlari uchun tizimda juda qulay imkoniyatlar mavjud.
"Tester.exe" (klient kismi) tizimi (Test oluvchi tizimi) - foydalanuvchilardan bir mavzu yoki bir necha mavzulardan iborat guruxli mavzuli test olish, ularning bilim darajalarini aniqlash va baholash ishlarini bajarish uchun mo’ljallangan. Test olish jarayonida savollarni ma’lumotlar bazasidan tasodifiy tanlab olish, javob variantlarini o’rnini almashtirish yoki almashtirmaslik, har bir savolga alohida bal(og’irlik) berish, savolga javob berishdan oldin tasdiq so’rash, savolga bir marta javob berish yoki orqaga qaytgan holda takroran javob berish imkoniyati mavjudligi, baholashni ballarda yoki % da ifodalash, test vaqtini chegaralash mumkin. Interfeys tili o’zbek va rus tilidan iborat.
"Universal test" avtomatlashtirilgan tizimining funktsiyalari:
• Test topshiruvchilarni ro’yhatdan o’tkazish;
• Test topshirish uchun belgilangan mavzuni namoyish etish;
• Savollarni tasodifiy tanlash;
• Har bir savol uchun javob variantlarini o’rin almashtirish;
• Bir necha mavzuni o’z ichiga olgan guruxli mavzuli test olish;
• Savollarni ballashni mavzu miqyosida hisoblash;
• Savollarni ballashni savol miqyosida hisoblash;
• Vaqtni mavzu miqyosida hisoblash;
• Vaqtni savol miqyosida hisoblash;
• Test topshirishlarni hisobga olish;
• Savollarga orqaga qaytmasdan bir marta javob berish;
• Savollarga orqaga qaytish orqali bir necha marta javob berish;
• Audio va video materialli savollarni namoyish etish; (wav, mid, mp3; 3gp, dat, avi, mpeg ...)
• Test topshiruvchilar harakatlarini bayonlashtirish;
• Natijalarni test jarayonida ekranda ko’rsatish;
• Savollarga javob berish jarayonida kerakli izohlar va tushuntirishlar berish;
• Test topshiruvchilar natijalarini umumiy bazada to’plash;
• Savollarga javob berishda tasdiq so’rash;
• Sana va vaqt ma’lumotlarini serverdan olish;
• Javob berish jarayonida rasmlar, audio va video materiallarni o’kish;
• Ekranda test natijasini bildiruvchi indikatorni namoyish kilish;
• Ikki tilli interfeys. Tizim o’zbek va rus tillarida ishlash;
• Natijalarni bayonlashtirish va umumiy bazada jamlanishi ta’minlash;
• Bayonnoma va qaydnomani matnga chiqarish;
• Test natijalarini(apelyatsiya) hosil qilish;
• Test topshiruvchilar natijalariga ko’ra, savollarni taxlili uchun gistogramma olish;
• Savollarni taxrir kilishda eksport va import qilish.
"Universal test" avtomatlashtirilgan tizimining imkoniyatlari:
• Tizim server bilan kompyuterlarga o’rnatilgan klient kismi bilan bog’lik holda ishlaydi;
• Tizimning tashqi ko’rinishi juda qulay. Ko’rinishdagi stilni o’zgartirish mumkin;
• Test topshirish jarayonida ma’lumotlarni ekranda aks ettirish, ya’ni test topshiruvchi haqidagi ma’lumotlar, savollar soni, joriy savol raqami, test yakunigacha qolgan vaqti haqidagi ma’lumotlarni ko’rish imkoni mavjud;
• Test jarayonida savollarga bir marta javob berish va bir necha marta qayta javob berish imkonini beruvchi test rejimlari mavjud;
• Test savoli bir nechta turlarga bo’linadi;
• Test savoli javob variantlarini tanlash bir nechta usullarda amalga oshiriladi;
• Bir nechta mavzudan iborat guruxli test olish imoniyatiga ega;
• Test yakunlanishi bilan natijalarni bayonlashtirish va umumiy bazada jamlanishi ta’minlash, bayonnoma va qaydnomani matnga chiqarish imkoniyati mavjud;
• Test natijalarini(apelyatsiya) hosil qilish mumkin.
• Har bir mavzu bo’yicha o’tkazilgan bir nechta test topshiruvchilar natijalariga ko’ra test savollari tahlili uchun gistogramma olish mumkin;
• Test topshirish jarayonida Administrator quyidagi ishlarni amalga oshirishi mumkin:
o Test topshiruvchini testga kirishi, yakunlagani va chiqib ketish holatlarini monitoringini olib boradi va test olish qoidalariga ko’ra tegishli qaror qabul qiladi;
o Test topshiruvchi ekranida test natijasini bildiruvchi indikatorni ko’rsatishi yoki berkitish mumkin;
• Ikki tilli interfeys. Tizim o’zbek va rus tillarida ishlaydi;
• Tizim lokal hisoblash tarmog’ida (TCP/IP protokolida) ishlaydi.
Mutaxassislarning fikricha, kompyuter vositalari va informatsion texnologiyalarning shiddatli, oldindan bashorat qilib bo’lmaydigan darajadagi rivojlanishiga qaramay, ularning asosini yuqorida aytilgan va shu kabi texnikaviy va programma muhitlari tashkil etadi. Ommaviy foydalanishga mo’ljallangan amaliy programma paketlari (elektron jadval, matnlarni taxrirlagich va ma’lumotlar bazasi), programma ta’minotining ajralmas qismi hisoblanadi.
Xozirgi kunda kompter test dasturlarining turli-hillari mavjud bo’lib, ular talabalarni bilimini odilona va tez baholash imkonini bermoqda. Jumladan ular bilan ishlash juda ham qulay ham oson. Ularning “Interfayse” si yildan-yilga rivojlanib, ma’lumotlar bazalari turli – hil soha bilimlari bilan boyitilmoqda.
Yuqorida aytib o’tilgan dasturlash tillarining rivojlanishi bilan unda yaratilayotgan test dasturlarini mukammallashtirmoqda. Ya’niy elektron ma’lumotlarni tartiblangan ko’rinishda saqlovchi dasturlar bilan ishlash imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Bunday dasturlash tillariga visual C++, S#, java va xokozolar misol bo’ladi.