Talabalarning bilimi va o’quvchining attestatsiyalash hamda verifikatsiyalash shakli sifatida testlash tabiiy va gumanitar yo’nalishadagi kafedralarning ta’lim faoliyatida kompyuter texnologiyalari paydo bo’lgunga qadar yuzaga kelgan.
Qoidaga ko’ra, o’quvchilarni test nazoratidan (kompyuterlardan foydalangan holda qo’llash bilan ham ) quyidagi maqsadlarda o’tkaziladi:
bilimlarning propedevtik (boshlang’ich bilimlarini bilish bo’yicha) nazorat;
egallangan ko’nikma va o’quvlarning tematik (joriy) nazorati;
bilimlarning marraviy nazorati;
o’quv fanining barcha materiali bo’yicha yakuniy attestatsiyasi;
qoldik bilim va o’quvlarning monitoringi (rezidual nazorat).
Ta’lim sohasidagi bilimlar, ko’nikmalar va maxoratlarni nazorat qilishning test tizimi quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi: diagnostik, ta’lim beruvchi, tashqil qiluvchi, tarbiyalovchi va boshqaruvchi.
Diagnostik funktsiya test nazoratining o’zini mohiyatidan iborat: o’quv darsining darajasida qanday bo’lsa, o’quv fanining ancha umumiy darajalarida va talabaning barcha professional tayyorgarligida ham shunday tayyorgarlikning yutuqlari va tuzilishlarini aniqlashdan iborat.
Ta’lim beruvchi funktsiya test yoki etalonli javoblar jarayonida aytib turishni ko’rsatish, bilish sohalarini namoyon qilish, probel (bo’shliq)larni topishdan kelib chiqadi.
Sinov darslari ta’sirida bilimlarni mukammallashtirish qo’shimchalar, aniqliklar va to’g’rilashlar yo’li bilan kechadi.
Tarbiyalovchi funktsiya talabaning o’quv asoslarini oshirish bilan, bilish faoliyatining natijalariga javobgarlikni shakllantirish bilan, o’quv jarayonini o’zini-o’zi tashkil qilish bilan bog’lik.Nazoratning tarbiyalovchi va rag’batlantiruvchi harakati agar uning natijalari oshkora bo’lsa, oshadi. Umuman, shaxs uchun o’quv yutuqlarini nazorati kamchiliklarni ham,afzalliklarni ham ko’rishga yordam beradi.
Testlashning boshqaruvchi funktsiyasi testlash natijalari bilan tug’ilgan va o’quv jarayoni samaradorligini oshirishga o’qishning qo’llaniladigan metodika va texnologiyalarini mukammallashtirishga qaratilgan o’quvchining, o’qituvchining va ta’lim muassasalari ma’muriy boshqarmasi harakatlari bilan bog’liq.
An’anaviy og’zaki imtihon bilan solishtirganda imtihon testi nafaqat baholashning eng ob’ektiv usuli bo’lib qolmay, balki psixologik tomondan eng asrab-avaylovchidir:
xavotirlik darajasi kam, e’tibor darajasi yuqori, organizmning fiziologik xarakteristikasi eng qulaydir. Bunda og’zaki imtihonning shunday «nozik farqi», ya’ ni imtihon oluvchining xaddan ziyod qattiqqo’lligi yoki, aksincha, xaddan ziyod ko’ngilchanligi aniq talabaga nisbatan imtihon oluvchining emotsional tarzda qo’yadigan bahoga ta’siri yo’qotiladi. Yaxshi tayyorlangan guruhga baholarni beixtiyor pasaytirish effekti tenglashtiriladi, qachonki, imtihon oluvchi uning unga xos baholarni taqsimlash shkalasini ishlab chiqishga intiladi. Imtihon testida talabalar unifikatsiyalashining darajasi yuqori, baholashning yagona kriteriya va normalari ishlab chiqiladi, talabalarning va o’qituvchilarning vaqti tejaladi. Imtihondagi omadsizlik o’qituvchi shaxsi bilan bog’lanmaydi.
O’quv jarayonidagi zamonaviy testlash kvalimetrik o’lchovlar nazariyasi va injenerlik pedagogikasiga asoslanadi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi (OTM) o’quv jarayonida ishlatiladigan testlar o’z vazifasiga ko’ra quyidagi ikki guruxga bo’linadi:
malakaviy (normativ yunaltirilgan);
attestatsiyali (kriteriyali yunaltirilgan).
Birinchi turi eng ko’p tarqalgandir. Uning uchun muayyan tartib maqsadlari yoki tanlash uchun individual natijani boshqa o’quvchilar va o’rta gurux natijalari bilan solishtirish xarakterlidir. Agar talaba OTM ga shunday testlash natijalari bo’yicha kirgan bo’lsa, unda talabalik xayoti boshlanishi mumkin («o’tish ball» idan oshik ballar yig’indisini to’plagan holda). Malakaviy testlashning tez-tez takrorlanib turadigan maqsadi muayyan tartib o’zlashtirish: «a’lochilar», «to’rtchilar», «uchchilar», «o’zlashtira olmaydiganlar» kategoriyasi bo’yicha o’quvchilarni guruxlarga bo’lishdir.
Attestatsiya testlari berilgan mutaxassislikdagi talabalarda yutuqlarning individual darajasini tushuntirishga qaratilgan. Buning uchun attestatsion sinov jarayonida ob’ektga, u xali xatoga yo’l kuymasidan, o’suvchi murakkablikda ketma-ket test topshiriqlari beriladi. Talaba o’ziga ishongan holda javob beradigan topshiriqlarning murakkablik darajasi berilgan fan sohasidagi uning yutuqlar darajasini xarakterlaydi (test paytidagi «shaxsiy» rekord). Boshqa so’z bilan aytganda, kriteriyali yunaltirilgan testlarning asosida yaxshi o’zlashtiruvchi talaba o’rganadigan bo’limlarning rejalashtirilgan hajmi bilan individual natijalarning solishtirilishi yotadi.
Koidaga ko’ra, malakaviy testlarda topshiriqlar ularning murakkabligini oshishi tartibida joylashtiriladi (ya’ni, to’g’ri javob olishga etaklovchi harakatlar sonining o’sishi bo’yicha). Bu IQ – aniqlash testlarida qanday bo’lsa, kirish imtixonining biletlaridagi topshiriqlariga ham shunday tegishlidir (variantlarda). Ammo biletlardagi savollar sonining kamligida, ularni attestatsiya testlariga kiritib bo’lmaydi. Testlashning ikki turiga yondashishni solishtirish 1-jadvalda berilgan.
Oliy ta’limning zamonaviy pedagogikasida maqsadli sifatida shaxsga yunaltirilgan ta’lim printsipi qabul qilinadi, testlarning o’quv jarayonida kriteriyali yunaltirilgan (attestatsiya testi) ni ishlab chikish va ishlatish aloxida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular shaxsiy yutuqlarning yaxshilanishiga sezilarli asosni yaratadilar va ochik masofaviy ta’lim maqsadlariga aynan mos keladi.Shunga qaramay, malakaviy testlar o’quv jarayonining monitoringi uchun dolzarb bo’lib koladi.
Talabalarning yakunlovchi bilim va malakalarini ta’lim jarayonida turli mezonlar va yondashuvlarga tayanib aniqlash, bu jarayonlarga axborot texnologiyalarini, ochiq odli dasturiy ta’minotlarni qo’llash, ularning qo’yilgan didaktik talablarga mosligi haqiqiyligini nazorat qilish mumkin.
Ma’lumki, ta’lim jarayonini bunday baholash, faqat talabaning o’zlashtirish darajasini belgilash bilan chegaralanib qolmay, o’qish jarayonini rag’batlantirishda muhim pedagogik vosita va ijobiy motiv uyg’otish bilan talaba shaxsiga kuchli ta’sir etadi. Shu xilda talabani ob’ektiv baholash asosida unda adekvat ravishda o’z-o’zini baholash imkoni tug’iladi va o’z muvaffaqiyatlariga tanqidiy munosabat shakllanish qayd etiladi. Ta’limda ochiq kodli dasturiy ta’minotlar, veb-saytlarning sifati ta’lim jarayonida axborot fazasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim jihatlardan sanaladi.
Bilimlarni nazorat qilishni amalga oshirish uchun test asosida nazorat qilishga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
- validliligi (funktsiya va mazmuni jihatidan adekvatligi);
- aniqligi (hamma uchun tushunarliligi);
- soddaligi;
- bir xil ma’noni anglatishi (javoblariga ko’ra baholash);
- ishonchliligi.
Bunda testning validligini aniqlashda uning mazmuniy va funktsional validligini farqlay bilish lozim.
Testning aniqligi bo’yicha talablarning bajarilishi, talaba tomonidan topshiriqlardan nimani bajarilishi lozimligini to’g’ri tushunishdan tashqari, haqiqiy javobdan tashqi to’g’ri javoblarni ham hisobga olmasligi lozimligini uqtiradi.
Testning soddaligi, har bir test bir xil qiyinlik darajasidagi birgina topshiriqdan tashkil topishi lozimligini, boshqacha aytganda, qiyinlik darajasi turlicha bo’lgan bir necha yoki majmuaviy topshiriqlardan tashkil topmasliklarini uqtiradi.
Test yordamidagi nazoratning ishonchliligi esa ma’lum talaba test topshirig’i bo’yicha qayta-qayta nazorat qilinganida ham uning natijalari bir xil mazmunga ega bo’lishi ta’minlanishi bilan tushuntiriladi.
Garchi kompyuter yordamidagi nazoratning testlashtirilgan bu tizimini joriy etishda test topshiriqlarini yaratishning yuqoridagi beshta talabga javob berishi zarurligi topshiriqlardan ma’lum bo’lsada, biroq kompyuter vositasida, test topshiriqlari yordamida talabalarni baholashni o’ziga yarasha yana bir qancha muammolari mavjud. Bundan ko’rinishicha, ta’limning kompyuter ishtirokidagi, ochiq odli dasturiy ta’minotlar yordamida nazoratining samarali bo’lishi, aksariyat hollarda, tekshiruvchi bilan dastur ishlab chiqqan muallifning hamkorligiga bog’liq bo’ladi.