Muomala odobining shakllanishida jamoat tashkilotlarining roli kattadir. Ular muallimning obro’sini oshirish, jamoat ishlariga faol katnashtirish yo’li bilan o’qituvchining axloqiy va pedagogik madaniyati, mas’uliyatini oshirishga ko’maklashadi. Jamoat tashkilotlari maktabda mehnat intizomini mustahkamlashi, o’qituvchilarga talabchanlikni, ularning mas’uliyat hissini oshirish, kadr - kimmatini saklash, qobiliyat va iste’dodini namoyish etishiga ko’maklashishi zarur. Muallim aytadigan so’zini o’ylab gapirishi, boshkalarning, kasbdoshlarining so’zi, fikri, mulohazalarini tinglay bilish ham pedagogik jamoada o’zaro muomala-munosabatlarni yaxshilashga xizmat qiladi. Xullas, pedagoglar jamoasida muomala odobi quyidagilarni takozo qiladi:
— muallimning o’z ishidan ma’naviy qoniqish hosil kilishi;
—o’qituvchilar va barcha pedagogik xodimlarning o’z-o’zini tarbiyalashi, o’z bilimlarini oshira borishi;
— pedagoglar jamoasidagi har bir muallimning ruhiy xususiyatlarini e’tiborga olib, uning faoliyatini, ishchanligini pedagogik odob nuqtai nazaridan nazorat kilib borish;
— nizoli vaziyatlarni qat’iyatlilik asosida, tahlil etib, o’zaro nizolarni adolat va muallim shaxsini hurmatlash asosida bartaraf etish;
— muallimlar mehnatini rag’batlantirishda adolatli bo’lish;
— kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda ruhiy xislati, fe’l –atvorlarining bir - birlariga mos kelishini e’tiborga olish;
— pedagoglar jamoasini boshqarishni insonparvarlik va demokratiklik tamoyillari asosida takomillashtirish kabilar.
7. SHarq mutafakkirlari muloqot haqida.
Forobiy o’zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo’ladi. Bunda u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy hususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim ko’nikmalariga e’tibor berishlik zarur deydi. U o’zning «Baxt saodatga erishuv yo’llar haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U, - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo’lga kiritadi». Forobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim daydi; ya’ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo’lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko’ra bilishi, boshqalarga g’amxo’r bo’lishi lozim deydi. Hokim tabiatdan: 1 – sog’ – salomat bo’lib, o’z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam, 4 – zehni o’tkir, 5 – o’z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 – bilim-ma’rifatga havasli, 7 – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o’zini tiya oladiga bo’lishi (qimor yoki boshqa o’yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi, 8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yelg’onchilarni yomon ko’radigan, 9 – o’z qadrini biluvchi va oriyatli bo’lishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 – adolatparvar, 12 – qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko’rishni istaydi.
Forobiy ta’lim – tarbiya ishlarini ikki yo’l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
«Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yo’l bilan hosil qilinadi:
Dostları ilə paylaş: |