Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab amaliyetida o`qituvchi maxorati masalalari



Yüklə 209 Kb.
səhifə40/52
tarix17.02.2023
ölçüsü209 Kb.
#84778
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab ama

Pedagogik muloqot – o’qituvchi bilan o’quvchining dars va darsdan tashqari faoliyatini samarali, natijali, mazmunli tashkil qilish maqsadida yuzaga keladigan kasbiy muloqotdir.
To’g’ri tashkil qilingan pedagogik muloqot o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasida o’zaro hamkorlik, bir – birini tushunish uchun imkoniyatlar yaratadi. Noto’g’ri tashkil qilingan pedagogik muloqot o’quvchida qo’rquv, ishonchsizlik, diqqatning pasayishi, o’qituvchi bilan o’quvchi orasidagi fikriy yaxlitlikning bo’lmasligi, faoliyat, muomala, xulq uyg’unligining buzilishi kabi salbiy holatlarni yuzaga keltiradi.
Bular o’quvchida o’qituvchiga nisbatan salbiy, negotiv munosabatlarini shakllanishiga sharoit yaratadi, natijada o’quvchida fanga nisbatan qiziquvchanlik susayadi.
Pedagogik muloqot modulini ishlab chiqish.
Ta'kidlash joizki, o'qituvchining pedagogik faoliyatida o'quvchilar bilan olib boradigan muloqoti muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu pedagogik muloqotning butun tizimida uning ma'naviy maz-mundorligini oshirishni talab etadi, zero aynan pedagogik muloqot, ta’lim-tarbiyaning ma'naviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Ijtimoiypsixologik, tarbiyaviy va ma'naviy vazifalarning murakkabligi o'qituvchilaming kommunikativ faoliyatiga yuksak talablarni qo'yadi. O'qituvchilar kasbiy faoliyatida yuksak pedagogik va psixologik natijalarga erishishi uchun, ko'p yillik nazariy va amaliy tajribalar asosida tadqiqotchi olimlar tomonidan taklif etilgan muloqotning quyidagi yo'nalishlaridan foydalanish tavsiya etiladi:
1. Muloqotning birinchi modellashtirish yo'nalishi: O'qituvchi tomo­nidan o'quvchilar bilan muloqotga bevosita tayyorgarlik jarayonida o'quvchilar bilan boiajak har qanday muloqot turini modellashtirish.
2.Muloqotning ikkinchi yo'nalishi: O'quvchilar bilan dastlabki muloqotni tashkil etish jarayonidayoq o'zaro ta'sir metodlaridan bevosita foydalanib, tashabbuskorlikni qoiga olish.
3. Muloqotning uchinchi yo'nalishi: Tobora takomillashib, rivojlanib borayotgan pedagogik faoliyatda muloqotning turli texnologik shakllaridan unumli foydalanish va uni boshqarish.
4. Muloqotning to'rtinchi yo'nalishi: Keyingi pedagogik faoliyat uchun olib boriladigan muloqot tizimini modellashtirish va muloqotning amalga oshiriigan tizimini doimiy tahlil qilib borish.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin