Tuproqdagi suvning xususiyatlari. Bir qancha omillarga bog‘liq xolda tuproq tarkibida turli miqdorda suv saqlaydi. Tuproqning barcha bo‘shliqlari suv bilan to‘lgandagi eng ko‘p suv miqdori tuproqning to‘liq nam cig‘umi deyiladi (Rode, 1965). Odatda, tuproqning sizot suvlar sathidan pastda joylashgan gorizontlari to‘liq nam sig‘imiga yaqin darajada nam bo‘ladi. Shuningdek, tuproqning kapillyar nam cug‘umu farq qilinadi, bunda suv tuproqning kapillyar bo‘shliqlarini band qilgan bo‘ladi. Tuproqning kapillyar nam sig‘imi sizot suvlar sathidan boshlab yuqoriga tomon kamayib boradi. Shunga ko‘ra, tuproqning kapillyar nam sig‘mi o‘zgaruvchan va sizot suvlar sathidan yuqorida joylashgan qatlamning qalinligiga bog‘liq bo‘ladi.
Tuproq orqali barcha gravitatsion suv oqib chiqib ketgandan keyin o‘zida namlikni ushlab qolish xususiyati uning eng muhim xossasi hisoblanadi. Og‘irlik kuchiga qarama-qarshi o‘laroq, tuproqda ushlanib qolgan namlik eng kichik dala nam cug‘umu deb ataladi. Uning miqdori tuproqda mayda teshiklar va kapillyarlar mavjudligiga bog‘liq bo‘lib, 5% dan (qumli tuproqlarda) 30% gacha (og‘ir tuproqlarda) o‘zgarib turadi. Suvni ushlab qolishda tuproqdagi kapillyar va sorbsion kuchlar ishtirok etadi. Tuproqning to‘liq nam sig‘im bilan eng kichik nam sig‘imi o‘rtasidagi farq uning maksimal nam cug‘umunu ifodalaydi.
Qishloq xo‘jalik o‘simliklarining rivojlanishi uchun (sug‘oriladigan sharoitda) tuproqning optimal namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 100-70% orasida o‘zgarib turadi. Tuproqning haqiqiy namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 70-75% dan past bo‘lsa, o‘simliklar yaxshi rivojlanmaydi va xosildorligi pasayib ketadi.
O‘simliklarning taqsimlanishida va o‘simlik qoplami strukturasida tuproqning nam o‘tkazuvchanligi, ya’ni o‘zi orqali suv o‘tkazish xususiyati ma’lum darajada ahamiyatga ega. Suv o‘tkazuvchanlik tuproqning g‘ovakligiga to‘g‘ri proporsional va tuproq zarrachalari yuzasiga teskari proporsionaldir. Mexanik tarkibi jihatidan og‘ir tuproqlarning suv o‘tkazuvchanligi (boshqa bir xil sharoitda) yengil tuproqlarnikiga qaraganda past bo‘ladi.
Suv rejimiga nisbatan olganda, o‘simliklarning barqaror so‘lish namligi tuproqlarning muhim harakteristikasi hisoblanadi. So‘lish koeffitsienti haqidagi tushuncha 1912 yilda L. Brigges va G. Shans tomonidan kiritilgan. Bu miqdor tuproqdagi o‘simliklar uchun foydasiz bo‘lgan suv zapasini harakterlaydi. So‘lish koeffitsienti miqdori tuprokqning mexanik tarkibiga, zichlignga, sho‘rlanish darajasi va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Eng kichik so‘lish koeffitsienti qumlik, undan keyin qumloq va tuproqlarni harakterlaydi va bu ko‘rsatkich sog‘ tuproqlarda yuqoriligi kuzatiladi. Boshqacha qilib aytganda, mexanik tarkibi og‘ir bo‘lgan tuproqlarda o‘simliklar uchun foydasiz bo‘lgan suv eng ko‘p miqdorda bo‘ladi. Torfsimon materiallarga boy bo‘lgan tuproqlarda so‘lish koeffitsienti ham eng yuqori bo‘ladi.
Briggs va Shanslar fikricha, so‘lish koeffitsienti o‘simliklar turiga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni har xil o‘simliklar tuproqning bir xil miqdordagi namligida so‘lib qolishi mumkin (Rode, 1965). Lekin hozirgi vaqtda bir turga oid har xil o‘simliklar uchun so‘lish koeffitsienti bir xilda bo‘lmay, o‘simliklarning har xil rivojlanish fazalarida tuproq namligining kamayishiga chidamliligi ham har xil bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Bunda o‘simliklarning fiziologik tabiati ham katta ahamiyatga ega: tuproqda nam kam bo‘lsa, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar namsevarlarga qaraganda tez so‘lib qoladi (Sleycher, 1970).
Dostları ilə paylaş: |