5-ma’ruza Issiqlikning o’simliklar hayoti uchun zarur ekanligi. O’simliklarning haroratga
nisbatan ekologik guruxlari
Reja:
Harorat va o’simliklar dunyosi
Haroratga nisbatan o’simliklarning ekologik guruhlari
Issiqlikning o’simliklardagi ayrim jarayonlariga ta’siri
Past va yuqori haroratning o’simliklarga ta’siri
Tayanch so’z va iboralar: radiatsiya, harorat, issiqqa chidamsiz, issiqqa chidamli, issiqqa bardoshli o’simliklar, aktinoritmizm, uzun kun, qisqa kun o’simliklari, konveksiya, termoperiodizm
Harorat va o’simliklar dunyosi. Harorat o’simliklar hayotida fotosintez va transpiratsiya intensivligi hamda boshqa biokimyoviy va fiziologik jarayonlar tezligiga ta’sir qiladi. Yer yuzida 5 ta issiqlik zonasi mavjud: ekvator, tropik, subtropik, o’rta va qutbiy iqlimlardir. Harorat o’simliklarning mintaqalar bo’ylab tarqalishini belgilovchi omil hisoblanadi.
Xarakterli tabiat mintaqalari biom deyiladi. Biomlar tarqalish tamoyillariga ko’ra, geografik (tundra, dasht, o’rmon, yarim cho’l, cho’l) va vertical (cho’l, adir, tog’, yaylov) mintaqalariga bo’linadi.
Harorat ta’siriga keng darajada moslashgan o’simlik turlariga evriterm (termofil yoki termotolerant) o’simliklar deyiladi. Aksincha, tor darajada moslashgan turlar stenoterm o’simliklar deyiladi.
Tirik organizmlar hayoti har doim atrof-muhit haroratiga bog’liq bo’ladi. Binobarin, organizmlarda o’tadigan barcha bioximik reaksiyalar tezligi atrof-muhit haroratiga bog’liq. Oqsillarning normal tuzilishi va faoliyati mumkin bo’lgan harorat hayot chegarasi hisoblanadi va u o’rtacha 0 dan + 50 0C gacha bo’ladi. Lekin qator organizmlar maxsus fermentlar sistemasiga ega bo’lib, bu chegaradan chiqadigan haroratda ham yashashga moslashgan. Past haroratga moslashgan organizmlar kriofil organizmlar deyiladi.Bu organizmlar xujayradagi harorat -8-10 0C bo’lganda ham o’z faolligini saqlab qoladi. Sovuq joylarda, tundrada, baland toglarda, Sovuq dengizlarda yashaydigan bakteriyalar, zamburug’lar, lishayniklar, moxlar, bo’g’imoyoqli hayvonlar va boshqalar shular jumlasidandir. Issiq sharoitda yashashga moslashgan organizmlar termofil organizmlar deyiladi. Ko’pchilik mikroorganizmlar shular jumlasidandir. Organizmlar rivojlanishining turli bosqichlarida ularning haroratga nisbatan ekologik valentligi turlicha bo’ladi. Masalan, ba’zi bakteriyalarning sporasi bir necha minut davomida +180 0C gacha qizdirilganda tirik qoladi. Laboratoriya sharoitida o’simliklarning urug’i, changi, sporasi, sodda hayvonlarning sistasi, nematodalar –271 0C gacha sovuqqa chidash bergan. Bunday sharoitda xujayradagi barcha hayot jarayonlari va reaksiyalar to’xtaydi. Organizmlarda barcha hayot jarayonlarining vaqtinchalik to’xtash holati anabioz holati deyiladi. Atrof-muhit harorati har doim o’zgarib turadi. Haroratning o’zgarishi organizmlardagi makromolekulalarning xususiyatlarini o’zgartiradi. Natijada bioximik reaksiyalarning borish tezligi, binobarin, modda almashinish jarayonlari ham o’zgaradi. Evolyutsiya jarayonida organizmlar harorat o’zgarganda modda almashinish jarayonini idora qilish xususiyatini qo’lga kiritgan. Harorat o’zgarganda modda almashinuvini boshqarish 2 yo’l bilan amalga oshadi:
Turli xil bioximik va fiziologik qayta ko’rish bilan (fermentlar aktivligi, konsentrasiyasining o’zgarishi, suv miqdorining kamayishi).
Tana haroratini normal holatda saqlab qolish.
Hujayradagi oksidlanish reaksiyalari va ATF ning parchalanishi issiqlik hosil bo’lish manbai hisoblanadi. Oksidlanish reaksiyalari natijasida hosil bo’lgan energiya ATF shaklida to’planadi. ATF ning parchalanishidan hosil bo’lgan energiya esa xujayradagi hayot jarayonlariga sarflanadi. Bu energiyaning bir qismi issiqlik sifatida tarqatiladi. Organizmda hosil bo’lgan issiqlik organizm haroratini saqlab qolish uchun xizmat qilishi mumkin. Lekin ko’pchilik organizmlar modda almashinish jarayonining yuqori darajasiga ega emas va hosil bo’lgan issiqlikni ushlab qolishga qodir emas. Ularning hayot faoliyati va faolligi tashqaridan keladigan issiqlikka, yani, atrof-muhit haroratiga bog’liq bo’ladi.
Haroratga nisbatan o’simliklar xilma-xil moslanishlarni namoyon qiladi. Masalan, anatomic-morfologik moslanishlarga barg yuzasining tuklar bilan qalin qoplanishi, barg og’izchalarining yopilishi, barglarning yaltirashi, barglarning novdada joylashuvi, o’ralib olishi, barglarini to’kishi; fiziologik moslanishlarga kuchli transpiratsiya, tuban o’simliklardagi anabioz xolati, efemer va efemeroidlik, salqin joylarni egallash kabilar kiradi.
Yuksak o‘simliklarda boradigan ayrim fiziologik protsesslar (o‘sish, fotosintez, nafas olish va boshqalar) temperaturaga bog‘liq holda har xil bo‘ladi va bu protsesslarning kardinal nuqtalari, odatda, bir-biriga mos kelmaydi. Shunga ko‘ra, tabiatda, tabiiy hayot kechirish joyida, ayrim fiziologik protsesslar bo‘yicha o‘simliklarning umumiy rivojlanishi to‘g‘risida hulosa chiqarish qiyin. Lenin issiqlikning o‘simliklarning ayrim funksiyalariga ta’sirini o‘rganishni qulaylashtirish maqsadida bu funksiyalarni, boshka omillardagi kabi, guruhlarga bo‘lamiz.
Urug‘larning unib chiqishi uchun temperatura ikki xil ta’sir ko‘rsatadi: 1) past foydali temperatura ururlarni tinim holatdan chiqaradi; 2) temperatura bevosita urug‘larning unib chiqish jadalligini belgilaydi. Past temperaturada tinim holatidan chiqadigan urug‘lar, odatda, qishi uzoq cho‘ziladigan sovuq iqlimli oblastlar populyatsiyalariga kiradi. Masalan, botqoqlik o‘simligi bo‘lgan xushbuy mevali moroshkada ayrim urug‘larning unib chiqishi uchun 5 oy davomida past temperaturada (4-5°) saqlash bilan ta’sir ko‘rsatish, urug‘lari to‘liq unib chiqishi uchun esa uni 9 oy davomida stratifikatsiya qilish kerak bo‘ladi. Bu tadbir urug‘lar kuz va qish davomida unib chiqishining oldini oladi. Ikkinchidan, ayrim turdagi o‘simliklar urug‘iga qisqa muddatli yuqori temperatura ta’sir ettirib, ulariing unib chiqishini jadallashtirish mumkin. Nihoyat, ayrim turdagi o‘simliklar urug‘ining unib chiqishini almashinib turadigan temperatura sharoiti tezlashtiradi.
Urug‘larning unib chiqishidagi temperatura chegarasi turlarning geografik jihatdan kelib chiqishini ta’riflashda kerak bo‘ladi. Odatda, turning tarqalish areali 1qancha keng bo‘lsa, mazkur tur urug‘larining unib chiqishi uchun zarur temperatura intervali ham shuncha uzun bo‘ladi. V. Larxer (1978) ma’lumotiga ko‘ra, o‘simliklarning urug‘i 15-30° da, mo‘’tadil zona o‘simliklarining urug‘i 8-25° da va baland tog‘ o‘simliklarining urug‘i 5-30° da eng yaxshi unib chikqar ekan. Har xil o‘simliklar urug‘ining unib chiqishi uchun zarur bo‘lgan minimal, optimal va maksimal temperaturalarga doir ma’lumotlarni umumlashtirish mumkin bo‘lar edi, lekin bu ko‘rsatkichlar nihoyatda o‘zgaruvchan bo‘lib, o‘z navbatida, boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Temperatura urug‘larning unib chiqish tezligiga ham ta’sir ko‘rsatadi: odatda, temperatura ko‘tarilishi bilan urug‘larning unib chiqishi jadallashadi.
Dostları ilə paylaş: |