Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-qism O’simliklar ekologiyasi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə11/56
tarix02.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#86235
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
Bioekologiya fanidan o’quv materiallari ma’ruza mashg’ulotlari m-fayllar.org

Fotosintez. Quyosh energiyasi yorug‘lik tartibi (rejimi) ni yaratadi. U geografik kenglik va rel’efga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Yerning aylanishi bilan bog‘liq xolda yorug‘lik tartibi aniq kunlik va mavsumiy davriylikka ega. Kecha va kunduzning ma’lum davomiyligining davriy o‘zgarishi natijasida organizmning yoritishning sutkalik tartibiga reaksiyasi fotodavriylik (fotoperiodizm) deyiladi. Fotodavriylik biologik soatlar mexanizmi bilan bog‘liq. Organizmlar funksiyalarini siklik o‘zgartirishga qodir. Biologik soatlar xuddi ana shu jarayonda namoyon bo‘ladi. Biologik soatlar atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga mos ‘olda fiziologik muammoni belgilab beradi. O‘simliklardagi sutka (kun) lik fotodavriylik fotosintez jarayonlarini nazorat qiladi. Fotosintez jarayoni Yerdagi hayotning asosiy manbai hisoblanadi.

6 CO2 + 6 H2O = C6H12O6 + 6 O2 +2800 kj

Fotosintez mahsuldorligi deganda, sutka davomida barg massasi yoki sathi birligi hisobiga yutilgan C02 ning umumiy miqdori tushuniladi. U o‘simlikning assimilyatsiya-dissimilyatsiya faoliyati ko‘rsatkichi hisoblanadi, bu ko‘rsatkich o‘simliklar tomonidan organik moddalar to‘planishini baholashda asosiy rol o‘ynaydi.


Ekologiya va fiziologiyada yo’rug’lik miqdori, undagi o’simliklarga fiziologik ta’sir ko’rsatadigan nurlar orqali hisoblanadi. Quyosh nuri spektridagi fotosintetik aktiv radiatsiya (FAR) – fotosintezda ishlatiladigan asosiy nurlardir. Quyosh nuri yer yuzasiga tik va tarqoq xolda tushadi. O’simliklar asosan tarqoq xoldagi nurlardan ko’proq foydalanadi. Chunki tik tushuvchi nurlar kuchli ta’sir ko’rsatib, o’simlikning sitoplazmasi va xlorofillining yemirilishiga sabab bo’ladi.Tarqoq nurlar foydali bo’lib, ularning 50-60%i fotosintez uchun zarur bo’lgan sariq-qizil nurlardan iborat.


Yorug’likka nisbatan o’simliklarning ekologik guruhlari. Yoritilganlik darajasi o’simliklar hayotida juda katta ahamiyatga ega. O‘simliklarning soyada yoki yorug‘lik ta’sirida o‘sishi (sharoitlar) ga qarab bir necha guruhga ajratiladi.
  1. Yorug’sevar (geliofit) o’simliklar


  2. Soyasevar (ssiofit) o’simliklar


  3. Soyaga chidamli (fak. geliofit) o’simliklar


Masalan, yorug‘sevar o‘simliklarga dasht, cho‘l, dala joylardagi o‘tloqzor, o‘rmondagi baland bo‘yli daraxtlar, soyasevar o‘simliklarga pastki qatlamlarda o‘suvchi yo’sinlar, plaunlar, tog’ gunafshasi va boshqalar va soyaga chidamli o‘simliklarga qo‘ng‘irbosh, oq so‘xta, qulupnay, jumrut, qoraqarag‘ay kabilar kiradi. Yorug’sevar o’simliklarning ekologik optimum yorug’lik ko’p bo’lgan zonada joylashgan va kuchli qorongulikka chiday olmaydi. Soyasevar o’simliklarning ekologik optimum yorug’lik darajasi past joylarga to’g’ri keladi. Albatta, yorug’sevar o’simliklar va soyasevar o‘simliklar o‘zlarining morfologik, anotomik va fiziologik tuzilishi va xususiyatlariga ko‘ra bir-birlaridan farq qiladilar.


O’simliklarning kun uzunligi va qisqaligiga munosabati bo’lgan fotoperiodizm 1920-yilda B.Garner va Allardlar tomonidan kashf qilingan. Fotoperidik reaksiya turlariga qarab, o’simliklar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Qisqa kun o’simliklari – ularning gullashi uchun kun uzunligi 12 soat va undan kamroq bo’lishi kerak (tamaki, kanop). Ekvatordan shimolda ko’proq tarqaladi.


  2. Uzun kun o’simliklari – ularning gullashi uchun yorug’lik sutkasiga 12 soat va undan ortiq davom etishi kerak (kartoshka, bug’doy, ismaloq). Ekvatordan janubda ko’proq tarqaladi.


  3. Fotoperiodik neytral o’simliklar – gullashi uchun kun uzunligining farqi yoq (pomidor, qoqio’t).


Mavsumiy marom - organizmning yil fasllari o‘zgarishiga reaksiyasi bo‘lib, u fotodavriylik bilan tartibiga solinadi. Masalan, kuzning qisqa kunlari boshlanishi bilanoq o‘simliklar o‘z barglarini to‘kib, qishqi oromga xozirlik ko‘ra boshlaydi. Qishqi orom - ko‘p yillik o‘simliklarning moslashuv xususiyati bo‘lib, bu vaqtda ulardagi boshqa ko‘plab hayotiy jarayonlar ham ma’lum darajada sekinlashadi yoki to‘xtaydi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin