O’simliklarning muxit omillariga nisbatan moslashuvi. O’simliklarning ekologik amplitudasi. Ekologik omillarning organizmga ta’sir etish xarakteri xilma-xil bo‘lsa-da, lekin ularning barchasi uchun bir necha umumiy qonuniyatlar mavjuddir.
Ekologik omillar organizmga juda kuchli (maksimum), juda kuchsiz (minimum), ijobiy (optimum) ta’sir etishi mumkin. Omillarning qulay (ijobiy) ta’sir darajasi optimum deb ataladi. Undan uzoqlashilgan sari omillar noqulay ta’sir etadi. Masalan, ma’lum haroratlar (16o-38o) o‘simlikning o‘sish-rivojlanishi uchun qulay, undan yuqorisi noqulay hisoblanadi. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’siri organizmning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Muhitning biror omilga keng doirada moslashgan turlari "evri" old qo‘shimchasini qo‘shish yoki tor doirada moslashgan turlari "steno" qo‘shimchasini qo‘shish bilan nomlanadi. Masalan, evriterm, stenoterm (temperaturaga nisbatan), evrigal, stenogal (shurlanishga nisbatan), evribat, stenobat (bosimga nisbatan) va xokazo. Organizmning omilga nisbatan kritik nuqtalar orasidagi chidamlilik chegarasi uning ekologik valentligi deyiladi. Turli ekologik omillarga nisbatan ekologik valentliliklar yig‘indisi turning ekologik spektri deyiladi. Masalan, o‘simlikning sho‘rlik, qurg‘oqchilik va yuqori temperaturaga moslashuvi uning ekologik spektrini tashkil etadi.
Har bir omil organizmning har xil funksiyalariga turlicha ta’sir etadi. Bir hayot faoliyati uchun optimum ta’sir ikkinchi bir jarayon uchun maksimum bo‘lib hisoblanishi mumkin. Masalan, 40-45oS temperatura sovuq qonli xayvonlarda modda almashinuv jarayonini tezlashtiradi, ammo bunda ularning faolligi susayadi. Bu holda ular uxlaydi.
Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik chegarasi, optimum, minimum zonalari to‘g‘ri kelmaydi. Ekologik omillarning organizmga ta’sirini V. Shelfordning tolerantlik qonuni juda to’liq ifodalaydi: unga ko’ra biron bir omilning ta’siri yetishmaganda yoki aksincha, haddan tashqari ko’p bo’lishi organizmlarning rivojlanish darajasini aniqlaydi, omilning ta’sir darajasi shu organism chidamlilik darajasiga yaqin bo’lishi mumkin. Bu ikki chegaraga tolerantlik chegarasi deyiladi. Organizmlarning tolerantligi doimiy emas, omillardan birortasi tolerantlik chegarasidan biriga yaqin bo’lsa, u shu tomonga qarab qisqarishi mumkin.
Biror-bir omilga nisbatan chidamlilik darajasi uning boshqa omillarga chidamliligini ifodalamaydi.Ayrim turlarning ekologik spektrlari ham bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.
Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi va bir omilning ta’siri boshqa omilning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillarning o‘zaro ta’sir qonuniyati deyiladi.