Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-qism O’simliklar ekologiyasi


Fanning o’rganish metodlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə4/56
tarix02.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#86235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bioekologiya fanidan o’quv materiallari ma’ruza mashg’ulotlari m-fayllar.org

Fanning o’rganish metodlari. Ekologiyaning asosiy metodi dala sharoitida o‘tkaziladigan qiyosiy ekologik-geografik metod hisoblanadi. Bunda eksperiment ham juda muhim. Lekin shuni esda tutish kerakki, har qanday eksperimentda tabiiy holatni buzishga to‘g‘ri keladi, bu esa har doim tegishli tuzatish kiritishni talab qiladi.
Ekologiya qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Bu sohadagi deyarli barcha masalalar ekologiya bilan uzviy birlashib ketadi. Keyingi yillarda esa atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ham, inson hayotining ko‘pchilik problemalari ham ekologiya bilan chambarchas bog‘liq holda o‘rganiladigan bo‘ldi.
Barcha tabiiy fanlar tizimida bo’lgani singari o’simliklar ekologiyasi fanini o’rganishda bir qancha tadqiqot usul (metod) laridan foydalaniladi. Bu tadqiqot metodlariga kuzatish, dala, tajriba (eksperiment), matematik modellashtirish kabilarni kiritish mumkin. Ulardan tashqari hozirda zamonaviy molekulyar darajadagi metodlardan ham keng foydalanilmoqda.


2-ma’ruza: O’simliklar va yashash muhitlari. Muxit va ekologik omillar. Abiotik va biotik

omillar, o’simliklar hayotida kardinal nuqtalarning ahamiyati

Reja


  1. Yashash muxitlari haqida tushuncha


  2. Muxit va moslanish. Ekologik omillar


  3. Abiotik omillar


  4. Biotik omillar


Tayanch so’z va iboralar: suv, tuproq-havo, tuproq, tirik organizm muxitlari, ekologik, anatomik, morfologik, fiziologik, abiotik, biotik, antropogen, iqlim, tuproq-edafik, topografik-orografik, o’simlik, hayvon, mikroorganizm, kordinal nuqta
Yashash muxitlari haqida tushuncha. Organizmlar yashaydigan yer sirti ( uning quruqlik, suv qismi ) va tevarak-atrofdagi havo qatlami biosferani, ya’ni hayot soxasini tashkil etadi. Biosfera-Yer evolyutsiyasining qonuniy ma’suli. Yerdagi o‘zgarishlarda tirik moddalar katta rol’ o‘ynaydi. Vladimir Ivanovich Vernadskiy xuddi ana shunday xulosaga kelgan. Olim Yer qobig‘ining kimyoviy tarkibi va kimyoviy evolyutsiyasini tatqiq etgan. U atomlarning geokimyoviy migratsiyasida tirik moddaning rolini ‘isobga olmasdan turib, faqat geologik sabablar bilangina ularni tushuntirib bo‘lmaslikni isbotlab berdi.
Biosfera geografik kenglikka, joy rel’efiga, iqlimning mavsumiy o‘zgarishiga bog‘liq tabiiy shart-sharoitlarning xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Biroq biosfera xilma-xilligining asosiy manbai, bu - tirik organizmlarning o‘zining faoliyatidir.
Organizmlar va ularni o‘rab turgan notirik tabiat o‘rtasida uzluksiz ravishda modda almashinuv sodir bo‘ladi va shuning uchun xam har qaysi daqiqada quruqlik va dengizning turli qismlari bir-birlaridan fizikaviy xamda kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha farq qiladi.
Biosferada ikki milliondan ortiq tirik organizmlar turi mavjuddir. Ko‘plab turlar o‘ziga fazoda ma’lum tarzda taqsimlangan millionlab organizmlarni o‘z ichiga oladi. Har bir tur atrof-muhit bilan o‘z tarziga ta’sirlashadi. Tirik organizmlar faoliyati bizning tevarak-atrofimizdagi tabiatning juda ajoyib xilma-xilligini yaratadi. Xuddi ana shu xilma-xillik Yerdagi hayotni saqlashning kafolatidir.
Biosfera doirasida to‘rtta asosiy yashash muhitini ko‘rsatib o‘tish mumkin: suv, yer usti-havo, tuproq va tirik organizmlarning o‘zlari ‘osil qilgan muhit.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin