Past va yuqori haroratning o’simliklarga ta’siri. Umuman quruqlikdagi organizmlar suv organizmlariga nisbatan evriterm hisoblanadi. O’simliklar harakatsiz bo’lgani uchun yashash muhiti haroratiga ko’proq bog’liq xolda hayot kechiradi. Juda sovuq va juda issiq o’lkalarda o’sadigan o’simliklar 60-90 C gacha harorat o’zgarishiga chiday oladi. Yomg’irli tropik o’lkalardagi o’simliklar esa harorat +5+8 S gacha pasaysa nobud bo’lishi mumkin.O’simliklar tana haroratini boshqarishga qobiliyatli emas. Tanada hosil bo’ladigan energiya tezda suv bug’latishga sarflanadi yoki tashqi muhitga tarqatiladi. Shuning uchun ularning hayotida tashqaridan keladigan issiqlik muhim ahamiyatga ega. Quyosh qizdirgan vaqtda o’simlik tanasi harorati atrof-muhit haroratidan yuqori bo’lishi mumkin.Yoki suv bug’latish kuchli bo’lishi natijasida o’simlik harorati havo haroratidan past bo’lishi mumkin. Havo harorati yuqori bo’lganda o’simlik o’zini suv bug’latish orqali issiqdan saqlaydi. Issiqlik yetishmaydigan sharoitga moslashishga qarab o’simliklarni uch guruhga ajratish mumkin.
1. Sovuqqa chidamsiz o’simliklar. Bu o’simliklar 0 C dan yuqoriroq haroratda nobud bo’ladi. Bularga tropik o’rmon o’simliklari, iliq dengizlardagi suvo’tlar kiradi.
2. Ayozga chidamsiz o’simliklar. Bu o’simliklar hujayrasidagi suv muzlay boshlasa nobud bo’ladi va -5-7 0C gacha sovuqqa chidaydi. Bularga ba’zi subtropiklardagi doimiy yashil o’simliklar kiradi.
3. Sovuqqa chidamli o’simliklar. Bo’lar mavsumiy iqlimga ega, qishi sovuq bo’lgan viloyatlarda o’sadigan o’simliklardir.
O’simliklar yuqori haroratga maslashganligiga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi.
1. Issiqqa chidamsiz o’simliklar - +30+40 oC da nobud bo’lishi mumkin. Bularga suvo’tlar, suvda yashaydigan gulli o’simliklar kiradi.
2. Issiqqa chidamli eukariotlar - quruq iqlim o’simliklari +50+55 0C haroratgacha chidaydi.
3. Issiqqa chidamli prokariotlar - bakteriyalar va ba’zi ko’k-yashil suvo’tla r- +85+90 oC gacha chidashi mumkin.
Atmosferaning pastki qatlamlari isiganda zichligi pasayadi va isigan havo yuqoriga ko‘tariladi, ular o‘rnini esa ancha sovuq havo massasi egallaydi. Bundan tashqari, issiqlik energiyasi havo oqimi orqali va gorizontal yo‘nalishda nisbatan issiq joydan nisbatan sovuq joyga tomon harakat qiladi. Gazlar aralashmalari orqali bu xildagi issiqlik almashinuvi konveksiya deb ataladi. O‘simliklarning issiqlik rejimi uchun mazkur sathga tushayotgan issiqlik energiyasini undan qaytarilayotgan issiqlik energiyasiga nisbatini aniqlash juda muhimdir. Bu nisbatning protsent hisobidagi miqdori «albedo» deb ataladi (bu termin yorug‘lik energiyasiga nisbatan ham ishlatiladi). Issiqlik energiyasining o‘lchov birligi Joul (J) bilan ifodalanadi. Bir kaloriya 4,186 J ga teng.
Ko’p kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, kunduzgi temperatura bilan tungi temperaturaning almashinuvi o‘simliklar uchun katta ahamiytga ega ekan. Kun chiqishi va botishi muhit omillarining ritmik o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Kun chiqishi bilan havoning namligi pasayadi, yorug‘lik ko‘payadi, havoning temperaturasi ko‘tariladi. Kunning ikkinchi yarmidan ancha keyin yuqorida aytilganlarga teskari holat yuz beradi. Ko‘pchilik o‘simliklar temperaturaning bu xildagi almashinuviga shunchalik moslashgan bo‘ladiki, mu’tadil kengliklarda tipik bo‘lgan tungi past temperatura juda zarur omil hisoblanadi. Temperaturaning xar kuni bu xilda ritmik almashinib turishiga o‘simliklarning moslashuvi termoperiodizm deb ataladi. O‘zgaruvchan temperatura ko‘p fiziologik protsesslarni tezlashtiradi. Masalan, A.A.Avakinning (1936) ko‘rsatishicha, kunduzgi temperatura 26,5 °C, kechasi 17 °C bo‘lgan sharoitda pomidor normal gullagan va ko‘plab yirik meva tukkan. Temperatura muttasil 26,5 °C bo‘lgan sharoitda uncha yaxshi rivojlanmagan. Ko‘pchilik o‘tloq o‘simliklari urug‘i ham almashinib turadigan temperatura sharoitida ancha yaxshi unib chiqadi. Demak, temperatura ritmik ravishda almashinib turishi, ya’ni o‘simliklarning har xil rivojlanish bosqichlari uchun xos bo‘lgan optimum darajada bo‘lishi natijasida organizmning normal funksiyalari saqlanib turadi. Organizmlar o‘z evolyutsiyasi davomida temperatura almashinib turishiga moslashgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |