Tuproqdagi foydali azotning ekologik ahamiyati. O‘simliklar qoplamiga, o‘simliklar ekologiyasi va biologiyasiga tuproqdagi azot birikmalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Dastlabki taxminlarga qaraganda, atmosferadagi azot dastlab Yerda ammoniy birikmalari va nitritlar shaklida, ya’ni azotning metallar va
boщqa elementlar bilan birikmalarida bo‘lgan. Yerning isishi natijasida azot ammiak shaklida atmosferaga ajralib chiqqan. Atmosfera rivojlanayotgan fotosintez protsessi hisobiga kislorod bilan boyigandan keyin ammiak elementar azotgacha oksidlana boshlagan.
Hisoblarga qaraganda, atmosferadagi azot miqdori 78% ni tashkil etadi, bu planetamizdagi jami azotning 2% ga teng keladi. Azotning qolgan 98% hali qattiq tog‘ jinslari tarkibida bo‘ladi. Yer qobig‘i tarkibidagi azot miqdori ko‘pi bilan 0,03% ni tashkil etadi, lekin tuproqning yer yuzasiga yaqin qatlamidagi azot quruq moddasiga nisbatan 0,1-0,4% gacha ortib boradi. Tuproqdagi 98% azot organik moddalar (oqsil, nuklein kislotalar, chirindi moddalar va hokazolar) bilan bog‘liq, ko‘pi bilan 2% mineral shaklda bo‘ladi. Biosferada azotning taqsimlanishi (tonna hisobida) quyidagicha (Peterburgskiy 1979): atmosferada 3,78-1015; cho‘kindi jinslarda 4,06.10 18; okeanda 2,02-1013; tuproqlarda 15,24-10 10; o‘simliklar olamida 1,1-10 9; xayvonot olamida 6,09-10 7.
O‘simliklar hayot faoliyati uchun havodagi inert azotdan bevosita foydalana olmaydi. Ular azotni ammoniy mineral tuzlari (NH4+), nitritlar (NO2-) va ayniqsa nitratlar (N03-) shaklida o‘zlashtiradi. Lekin tuproq eritmasida yuz martadan ortiq ko‘p bo‘lgan azotning umumiy miqdoriga qarama-qarshi o‘laroq, nitratlar konsentratsiyasi juda past bo‘ladi. Tuproq eritmasidagi nitratlar tez sarf bo‘ladi, lekin minerallashish tufayli ularning o‘rni tezda to‘lib turadi. Tuproqqa azot asosan to‘kilgan barglar, mevalar chirigan ildizlar, shuningdek, ildiz ajratmalari bilan birga bevosita to‘g‘ri tushadi. Bundan taщqari, yana u ko‘plab tuproq organizmlarining nobud bo‘lishi hisobiga ham tushadi. Tarkibida azot bo‘lgan bu barcha moddalar tuproqda to‘planib, odatda, minerallanish protsessida ishtirok etadi; bunda ular saprotroflar tomonidan parchalanadi. Ular esa energiya manbai sifatida uglevodlardan foydalanadi, azot esa ammiak shaklida ajralib chiqadi.
Azotning gazsimon holatdagi birikmalari tuproqqa atmosferadan yogin-sochin va chang bilan birga tushadi. odatda, bunda azot ammiak va azot oksidlari shaklida tushadi. Atmosferadagi bu xildagi azot vulqonlar otilishidan, chaqmoq chaqishi vaqtida, shuningdek, atmosferaning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishidan paydo bo‘ladi. Lekin bu manbalardan juda kam azot chiqadi. Sanoat shaharlari yaqinidagi rayonlarda atmosfera yog‘inlari va chang bilan birga yerga tushadigan bu hildagi azot miqdori gektariga 20 kilogrammga yetishi mumkin, lekin bu miqdor ko‘pincha gektariga bu xildagi qo‘shimcha azot, odatda, azot kam bo‘ladigan, sfagnum moxi o‘sadigan botqoqliklar uchun qisman axamiyatga ega bo‘ladi.
Tuproqda azot ko‘payishining eng asosiy usuli atmosfera azotining biologik fiksatsiya yuli bilan tuprokqqa o‘tishidir. Bu albatta mikroorganizmlar (prokariotlar) hayot faoliyati tufayli amalga oshadi. Ular nobud bo‘lgandan keyin azot tuproqqa qaytadi. Zambrug‘lar (eukariotlar) azot fiksatsiya qilish uchun qobiliyatsiz bo‘lsa kerak. Azotning biologik fiksatsiyasi aktivlovchi alohida ferment-nitrogenaza ishtirokida boradi; bu ferment tufayli protsess borishi uchun tegishli temperatura va bosim sharoiti yaratiladi; sun’iy sharoitda esa azot fiksatsiyasi uchun bosim va temperatura yukori (100°) bo‘lishi kerak. Azot fiksatsiyasi ikki yo’l bilan boradi.
Dostları ilə paylaş: |