Nosimbiotik fiksatsiya. Bu xolda atmosfera azoti erkin yashovchi mikroorganizmlar faoliyati tufayli organik birikmalarga kiradi, ular azot fiksatsiyasi uchun tuproqning organik moddasidagi yoki avtotroflar hayot faoliyatida ajraladigan energiyadan foydalanadi (Rabotnov, 1979). Azot fiksatsiyalovchi saprotroflarning muhim avlodlari quyidagilar: Azotobacter, Aegobacter, Beijerinck'ia, Mycobacterium, Methylobacteria, Apirullum, Bacillus, Enterobacter, Klebsiella, Rhodopseudomonas, Pseudomonas, Clostridium, Mechanobacterium va boshqalar. Erkin yashaydigan va «epifit» ko‘k yashil suvo‘tlar azotfiksatorlar orasida aloxida ahamiyatga ega.
Azotobakter donador strukturaga ega bo‘lgan mada- niylashtirilgan unumdor tuproqlarda yashaydigan sof aerob bakteriyadir; strukturasiz, sovuq, kislotali yoki zichlashib ketgan tuproqlarda, odatda, bo‘lmaydi. Azotobakter, odatda, ma’lum madaniy o‘simliklar rizosferasi bilan bog‘liq: u sebarga, beda, sholi rizosferasida anchagina ko‘p bo‘lgani xolda, muayyan joyda o‘sadigan bug‘doy, zig‘ir, g‘o‘za rizosferasida kam bo‘ladi. Chamasi, shu o‘simliklar rizosferasida muhim oziq moddalar yo‘qligiga yoki qandaydir antagonist bakteriyalar mavjudligiga bog‘liq bo‘lsa kerak. Azotobakter dukkakdoshlar deyarli bo‘lmagan o‘simlik guruhlarida ularni azot bilan asosiy ta’minlovchi hisoblanadi.
Simbiotik fiksatsiya atmosfera azotining birinchi navbatda o‘simliklar bilan simbioz holda, ayniqsa dukkakdoshlar tugunagida yashaydigan mikroorganizmlar tomonidan organik azotga aylantirilishidir. Bunda, odatda, Rhizobium avlodining bir necha turi bo‘lgan obligat aeroblar kuzatiladi. Ular dukkakdoshlarning ma’lum turlari uchun xos bo‘lgan va xo‘jayin o‘simlik tarqalgan oblastlar tuprog‘ida yashovchi maxsus irqlarni o‘z ichiga oladi. Bakteriyalar ildizga kirib olib, to‘qimalarining normal o‘sishini izdan chiqaradi, buning natijasida tugunaklar hosil bo‘ladi. Bu tugunaklar ichida bakteriyalar faoliyati uchun qulay sharoit vujudga keladi. Ildizdagi tugunaklar xo‘jayin-o‘simlik tuzilmal arining o‘simlikka azot kirishini osonlashtiruvchi parenximasi bilan bog‘langan bo‘ladi.
Azotning simbiotik fiksatsiyasida ko‘k-yashil suvo‘tlar ma’lum darajada ahamiyatga ega bo‘lib, ular ba’zi moxlar, suv paporotniklari (Azolla) bilan simbioz yashashi yoki Arktika sharoitida moxlar orasida epifit vazifasini bajarishi mumkin. Ba’zan ko‘k-yashil suvo‘tlar tuproq va epifit lishayniklar tarkibiga kiradi va lishayniklarning turiga hamda o‘sish sharoitiga qarab har hil miqdorda azot fiksatsiya qilishi mumkin (Rabotnov, 1978). Ko‘k-yashil suvo‘tlardan tash- qari, azotni fiksatsiya qilishda 150 turdan ortiq yuksak o‘simliklar bilan simbioz holda yashovchi akti- nomitsentlar ham katta rol o‘ynaydi.
A. V. Peterburgskiy (1979) ma’lumotiga ko‘ra, dukkakdoshlar tomonidan atmosfera azotining fiksatsiya qilinishi quyidagicha mikdorda borishi mumkin (yiliga kg/ga hisobida): no‘xatda 20-100, loviya va lyupinda 63-145, ko‘p yillik dukkakdosh utlarda 160-300. Simbiotik fiksatsiya hisobiga tuproqda azot tushishi umumiy ekinlar ichida dukkakdoshlarning hissasiga, turiga va hosildorligiga bog‘lik. Ko‘p yillik o‘tlar, ayniqsa beda va sebarganing roli katta.
Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, dukkakdoshlar tugunak bakteriyalar yordamida azotni fiksatsiya qilib, bir vaqtning o‘zida uni tuproqdan ham olishi mumkin. Bir yillik dukkakdosh don ekinlari esa tuproqni azot bilan kampoq boyitadi, chunki ular tomonidan fiksatsiya qiligan azotning deyarli hammasi yetishtirilgan don xosili bilan daladan chiqib ketadi. Bundan tashkari, dukkakdoshlarning azotni fiksatsiya qilish protsessi shuncha tez boradiki, ular bu bilan o‘zining o‘sishi uchun shuncha qulay sharoit yaratadi, o‘simliklarning boshka ele- mentlarga, ayniqsa kaliy va fosforga ehtiyojini oshiradi. Azot fiksatsiyasi mineral birikmalarga boy bo‘lgan barcha tuproklarda yaxshi boradi, chunki azot fiksatorlar mikroelementlarga ayniqsa kuchli ehtiyoj sezib, tuproqda molibden va kobalt bo‘lishiga talabchan.
Yuksak o‘simliklarning hujayralari simbiotik fiksatsiyani amalga oshiradigan mikroorganizmlar uchun energiya manbai hisoblanadi, azot fiksatsiyasi uchun esa ko‘p energiya talab qilinadi: 1 kg azot uchun 25 g gacha uglevodlar zarur bo‘ladi. Shunga ko‘ra, simbiotik fiksatsiya nosimbiotik fiksatsiyaga qaraganda ancha «unumdor» bo‘ladi; bu yerda azot chiqishi yiliga 350 ga/kg ga yetishi mumkin (Delvich, 1972). Tugunaklarga assimilyatorlar tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan simbiotik fiksatsiyaning hajmi xo‘jayin-o‘simlik fitotsenozi maxsuldorligiga bog‘liq bo‘lib, xavoda SO2 konsentratsiyasi ortishi bilan (fotosintez protsessini kuchaytiruvchi) azot fiksatsiyasi ham kuchayib boradi.
Dostları ilə paylaş: |