Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-qism O’simliklar ekologiyasi


O‘simliklarninghayotiy shaklllari va ekologik morfologiyasining ba’zi masalalari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə48/56
tarix02.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#86235
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Bioekologiya fanidan o’quv materiallari ma’ruza mashg’ulotlari m-fayllar.org

O‘simliklarninghayotiy shaklllari va ekologik morfologiyasining ba’zi masalalari. Hozirgacha biz ayrim ekologik omillarni va ularning o‘simliklarga ta’sirini o‘rgandik. Ana shu omillar ta’sirida o‘simliklarning ma’lum morfologik ko‘rinishi,hayotiy shaklllari tarkib topadi. Lekin «tur» vahayotiy shakll» tushunchalari bir xil, ya’ni o‘xshash emas. Chunki bir turning o‘zi arealning turli qismlarida, turli ekologik sharoitda har xilhayotiy shaklllarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘p­chilik daraxtlar yashash joyi atrofida ko‘pincha buta yoki yerga yoyilib o‘sadigan formalar hosil qiladi (ma­salan, Taymirda tilog‘och, arealining eng chekka Shimolida oddiy qarag‘ay va xokazo). Qoraqayin ko‘pincha tarqalgan joyining eng chekkasida yoyilib o‘sadigan formalar hosil qiladi. Turkiston archasida ham shunday hol kuzatiladi. O‘simliklar arealidan tashqariga ko‘chirilganda (introduksiya)hayotiy shaklllari va tashqi ko‘rinishida yanada katta o‘zgarishlar ro‘y bera­di. Yevropaning shimolidagi mo‘’tadil iqlim sharoiti­da o‘sadigan subtropik daraxtlar shoxlarini har yili sovuq urishi natijasida ular chala buta shaklida o‘sa­di. Kola yarim orolida zarang bilan jo‘ka daraxtlari buta va chala buta ko‘rinishida o‘sadi. Aksincha, Gvineyada choy o‘simligi bo‘yi 5-6 m ga, diametri 6-7 sm ga yetadigan daraxt shaklida o‘sadi.
Boshqacha aytganda, yashash sharoiti-ekologik omillar (iqlim, tuproq, senotik omil va hokazolar) o‘zgarishi bilanhayotiy shaklllar ham o‘zgaradi. Ikkinchidan, turli floristik oblastlarda, iqlim, tuproq senotik sharoit va boshqalar o‘xshash bo‘lgan sha­roitda sistematik jihatdan bir-biridan uzoq bo‘lgan turlar o‘xshash, analogik, konvergenthayotiy shaklllar hosil qiladi. Masalan, Markaziy Amerikada sukku­lent, «kaktussimon» formalar haqiqiy kaktuslardan hosil bo‘lgan. Afrikada esa bir xil sharoitda konver­genthayotiy shaklllar sutlama va boshqa sistematik guruhlar hosil qiladi. yoki bo‘lmasa, dunyoning deyarli barcha oblastlaridagi baland tog‘larda turli sistematik guruhlar orasida ancha o‘xshash bo‘lgan yostiqsimonhayotiy shaklllar kuzatiladi. Bunday konvergen­siya taksonomik (sistematik) va ekologik klassifikatsiyalar bir-biriga mos emasligini yana bir bor ta’kidlaydi.

Ko‘pchilik avtorlarhayotiy shaklllarni o‘simliklarning ustun ekologik sharoitga moslashuvi ifodasi deb qaraydilar. Lekin bunday qarash biz yuqorida to‘xtalib o‘tgan ekologik guruhlarga (mezofitlar, kserofitlar, soyada o‘sadigan, yorug‘sevar o‘simliklar, galofitlar va hakazolarga) ham mos keladi. Shunda ularning farqi nimada, degan haqli savol tug‘iladi. Chamasi, ekologik guruhlar alohida ekologik omillarga (namlik, temperatura, shurlanish, tuproqqa) moslashganligini, xayotiy formalar esa o‘simliklarning ko‘plab ekologik omillar yig‘indisiga, ya’ni yashash joyining o‘ziga xos xususiyatiga butunlay tarixiy moslashganligini aks ettiradi. Shuning uchun «xayotiy forma» tushunchasi bilan «ekologik guruh» tushunchasini chalkashtirish mumkin emas.

«Hayotiy shakll» terminini 1884 yili Varming taklif etgan. Xayotiy forma deganda, u individning vegetativ tanasi butun hayoti davomida tashqi muhit bilan bog‘lik bo‘lgan formani tushungan. I.G.Serebryakov (1962,1964)hayotiy shakll haqida yanada mukammal tushuncha bergan.hayotiy shakll deganda, u o‘simliklar guruhining mavsumiy rivojlanishi bilan bog‘liq xolda ifodalangan o‘ziga xosligini tushungan. Chunonchi, ularning mavsumiy rivojlanish spetsifikasi, har yili o‘sish va yangilanish usullari, organlarining tashqi va ichki strukturasi, shuningdek, aniq tuproq, iqlim va fitotsenotik sharoitda tarixiy hosil bo‘lgan tashqi ko‘rinishlarda bu sharoitga o‘simliklarning moslashuvchanligi aks etadi.hayotiy shaklllarning yana boshqa bir qancha ta’rifi bor.

O‘simliklar ontogenezidahayotiy shaklllarning doimiy emasligini ham hisobga olish zarur. O‘simlik­lar hayoti davomida har xilhayotiy shaklllarga (mor­fogenez fazalari) ega bo‘lishi mumkin, ya’ni ontoge­nezida individualhayotiy shaklllari almashinishi mumkin. Voyaga yetgan o‘simliklarninghayotiy shakllsi shakllangan bo‘ladi, shuning uchunhayotiy shaklllarni klassifikatsiyalashda undan foydalanish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun tur bitta yoki bir nechtahayotiy shakll bilan harakterlanadi. O‘simliklar ontogenezi davomida o‘zgarib turadiganhayotiy shaklllar turning bir qismini va ayni paytda fntotsenozning bir qismini tashkil etuvchi populyatsiyalar hosil qiladi. Demak, fitotsenoz faqat voyaga yetgan o‘simliklarning emas, balki yoshi bo‘yicha almashinuvchan bo‘lganhayotiy shaklllar to‘plami bilan ham harakterlanadi.




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin