1-bo’lim. vegetativ ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘p yilliklar: a) o‘qli, o‘q ildizli va popuk ildizlilar (γ) va b) chim hosil qiluvchilar (ῳ).
2-bo‘lim. aktiv vegetativ ko‘payuvchi ko‘p yilliklar: «sudraluvchi» lar, ildizpoyalilar (μ) va bachki ildizlilar (η).
3-bo‘lim. yer ustki piyozchali va qo‘ltiq tugunakli ko‘p yilliklar.
Birinchi uchta bo‘lim «prevalidlar» deb nomlanib, ularga nam va oziq moddalarning asosiy qismini o‘zlashtirishda ustunlik qiladigan o‘simliklar kiradi. Ular namlik va oziq moddalarning asosiy iste’molchilari bo‘lishidan tashqari, fitotsenozda mustaxkam o‘rin egallaydigan asosiy fitomassa ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi.
5-bo‘lim. ko‘p yilliklar, ikki va bir yilliklar (bahorgi va kuzgilar).
6-bo‘lim. yashirin qushiluvchi tuban o‘simliklar (moxlar, lishayniklar, zambururlar).
7-bo‘lim. dashtlarda kam uchraydigan «ksilofitlar» (h), daraxtlar, butalar.
Keyingi 3 ta bo‘limni Visotskiy «ingredientlar» deb atadi, ya’ni ular oldingilarga-«prevalidlar» ga tobe o‘simliklardir.
Shunday qilib G.N.Visotskiy sistemasi L.I.Kazakevich (1922) «Materialы k biologii rasteniy Yuga-Vostoka Rossii» nomli kitobidahayotiy shaklllarning original sistemasini ishlab chiqishi uchun asos bo‘ldi. Kazakevich asosan Visotskiy g‘oyalariga tayangan holdahayotiy shaklllarni 5 guruhga bo‘ldi. Uning sxemasini quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin:
Keyinchalik novdalari hayotining davomiyligi va yer osti organlarining qanchalik saqlanishiga qarab, hap qaysi guruh, guruhchalarga bo‘linadi. Yuqorida keltirilgan guruhlardan tashqari, Kazakevich yanada daraxtlarni (h) va kam yilliklarni (ʘ, ʘ) ajratdi. O‘simlik guruhlarinihayotiy shaklllar tarkibi bo‘yicha o‘rganishga statistik yondoshganligi uning katta xizmati va fanga qo‘shgan xissasi hisoblanadi. Uhayotiy shaklllarning protsent nisbati bo‘yicha konkret guruhlar uchun spektr tuzishni taklif etdi. Quyida misol tariqasida taklif etilgan shunday spektr keltirilgan (7-jadval).
Bunday spektrlar analiz qilish fitotsenolog va botanik geograflarnnng ishidir, biz uni ekologik tadqqotlarga yondashish va organik metod sifatila keltirdik.
Hayotiy shaklllarning ba’zi klassifikatsiyalari ana shulardan iborat.
Ma’lumki, hayotiy shaklllarga birinchi e’tibor bergan olim A.Gumboldt hisoblanadi (1906). U o‘sha vaqtda «fizionomik formalar» jihatida gapirgan edi. Albatta A.Gumboldtning qarashlaridahayotiy shaklllarning tarixi, evolyutsion rivojlanish g‘oyalari butunlay yo‘q edi. Uning fikricha, planetadagi turli o‘zgarishlar natijasida formalar faqat almashinishi mumkin bo‘lgan. Qizig‘i shundaki,hayotiy shaklllarga evolyutsion-tarixiy nuqtai nazardan qarash yaqin vaqtda paydo bo‘ldi. Chunonchi, ular XIX va XX asrlar chegarasida, ya’ni Darvinning evolyutsion nazariyasi tasdiqlangandan ancha keyin yuzaga keldi. Shunga ko‘ra,hayotiy shaklllar evolyutsiyasi masalalari hali yetarli darajada ishlab chiqilmagan, u ko‘plab munozarali konsepsiyalarga ega, bu boradagi tortishuvlar poyoniga yetganicha yo‘q. Bunda shuni nazarda tutish kerakki,hayotiy shaklllar (agar ularni taksonomik birlik deb hisoblasak) evolyutsiyaga duchor bo‘lmaydi. Chunki evolyutsiya populyatsiyadan boshlanadi va tur evolyutsiya qiladi buning natijasida esa turning asosiy belgisi bo‘lganhayotiy shaklllar ham evolyutsiyaga duchor bo‘ladi, ya’ni bu protsess qolgan barcha belgilar kompleksi bilan birga boradi.
Ma’lumki, o‘tgan asrning oxirlarida ba’zi avtorlar turli ma’lumotlarga asoslanib, daraxtsimonhayotiy shaklllar birinchi bo‘lib, o‘tsimonlar esa ikkinchi bo‘lib kelib chiqqan degan xulosaga kelganlar. Masalan, A.N.Krasnov 1899 yilda bir yillik va o‘tsimonhayotiy shaklllarni eng yangi deb hisoblagan, daraxt tipidagilarning avval past bo‘yli, so‘ng o‘tsimonlarga aylanishi Yerdagi hayot sharoiti evolyutsiyasi bilan birga borganligini, ya’ni quruqliknnng rivojlanishi, tog‘lar va tepaliklar ko‘tarilishi va iqlim o‘zgarishi munosabati bilan borganligini ta’kidlaydi. U ayniqsa tropiklardan Osiyo va Yevropaning mu’tadil Xamda sovuq zonalariga o‘tishda bunday informatsiya bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Keyinchalik ko‘pchilik olimlar yopiq urug‘lilar orasida daraxtlar birlamchi o‘rinda turishini qayd qilganlar. V.G.Aleksandrov, M.P.Golenkin, A.A.Grossgeym, B.M.Kozo-Polyanskiy, M.G.Popov, A.L.Taxtadjan, Beyli, Korner, Ims, Gallir, Jeffri, Sinnot va boshqalar shular jumlasidandir. Bu olimlarning hammasi «somatik reduksiya» deb atalgan nazariyaga, ya’ni daraxthayotiy shaklllar birinchi va o‘t o‘simlikhayotiy shaklllar ikkinchi degan nazariyaga u yoki bu darajada. Xissa qo‘shganlar. «Somatik reduksiya» terminini 40-yillarda M.G.Popov taklif etgan. Galler esa 1905 yilda qadimgi magnoliyalardan lianalarga, butalarga va (dastlab ko‘p yillik, so‘ngra bir yillik) o‘tlarga o‘tadigan zanjirni aniqladi.
Ekologiyaning yetakchi masalalaridan biri bo‘lganhayotiy shaklllarni o‘rganishning ba’zi aspektlari shulardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |