Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-qism O’simliklar ekologiyasi


-rasm Hujayraning elektron mikroskop ostida ko’rinishi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə53/56
tarix02.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#86235
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bioekologiya fanidan o’quv materiallari ma’ruza mashg’ulotlari m-fayllar.org

-rasm Hujayraning elektron mikroskop ostida ko’rinishi:
  1. yadro; 2- yadrocha; 3- yadro membranasi; 4-yadro membranasidagi teshiklar; 5- sisternalar 6- xloroplast;


7- mitoxondriya; 8- Golji apparati; 9-endoplazmatik to’r; 10- ribosomalar; 11- hujayra qobig’i; 12- hujayra qobig’idagi teshiklar; 13- plazmodesmalar.


Tuzilishi va kelib chiqishi o’xshash va bir xil vazifani bajarishga ixtisoslashgan hujayralar yig’indisi to’qimalar deb ataladi. To’qimalarni o’rganuvchi fan soxasi – gistologiya deb ataladi.
O’simliklar organizmi har xil to’qimalardan tashkil topgan. Yosh – embrional hujayralar meristema deb ataladi. Meristema hujayralari bir-biriga o’xshash hujayralardan tuzilgan va bo’linib hujayralar hosil qiladi. Bu hujayralar asta-sekin o’zgaradi, har xil tuzilish va shaklda bo’lgan doimiy to’qimalarni hosil qiladi. Masalan, ovqatlanishda xizmat qiladigan to’qimalar guruxiga assimilyatsion, shimuvchi, o’tkazuvchi, zahira moddalar to’plovchi to’qimalar kiradi. Himoya qiluvchi to’qimalarga esa mexanik va qoplovchi to’qimalar kiradi. Bu doimiy to’qimalar meristemadan hosil bo’lgan. Shu sababli to’qimalarni meristemadan boshlab o’rganish maqsadga muvofiqdir. Meristema bo’linish yo’li bilan yangi hujayralar hosil qiladigan to’qima bo’lib, ular doimo bo’linish xususiyatiga ega. Bo’linish xususiyatini doimiy saqlaydigan hujayralar boshlang’ich hujayralar deb ataladi. Dastlabki hujayralarning bo’linishi natijasida meristema hosil bo’ladi. Meristema o’simlik tolasining ko’p qismida uchraydi. O’simlik tanasida bir necha xil meristema bo’ladi.
Uchki (apikal) meristema, odatda, o’simliklar poya va ildizning uchki qismlarida joylashgan bo’lib, ularni uchidan bo’yiga o’sishini ta’minlaydi, ba’zan birinchi (boshlang’ich) meristema deb ham ataladi. Yon meristemalar – laterial meristemalar o’simlikning yon organlarida parallel joylashgan bo’lib, organlarning eniga o’sishini ta’minlaydi yoki ikkilamchi meristema – kambiy deb ham ataladi. Oraliq, interkalyar va travmatik meristema o’simlik tanasining jarohatlangan yerida boshqa meristema yoki to’qimalardan hosil bo’ladi va jarohatlangan joyini tiklaydi.
Meristema hujayralarining shakli, tuzilishi, joylashishi va bajaradigan vazifasi ham bir-biriga o’xshash. Ularning shakli izodiametrik, tomonlari bir-biriga teng, hujayra oraliqlari yo’q, hujayralar yupqa po’st bilan o’ralgan, hujayra ichida quyuq sitoplazma va o’rtada bitta katta yadro joylashgan; xloroplasti rangsiz. Meristema hujayralari doimiy bo’linib turadi. Hosil bo’lgan hujayralarning hammasi yoki ko’pchiligi asta-sekin doimiy to’qimalarga aylanib, hosil qilish-meristematik xususiyatini saqlaydi.
O’sish konusida joylashgan apikal meristemadan hosil bo’lgan barcha to’qimalar birlamchi to’qimalar deb ataladi.
Qoplovchi to’qimalar o’simlik organlarining tashqi tomondan o’rab turuvchi hujayralar guruxidan iborat bo’lib, ular yuzlab sharoitdan mexanikaviy ishqalanish, bakteriya va zamburug’larning zararlanishidan saqlaydi, ya’ni himoya vazifasini bajaradi. Qoplovchi to’qimalar kelib chiqishiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi bo’ladi.
Birlamchisi epiderma, ikkinchisi esa po’kak va po’stloq deyiladi. Epiderma bir-biriga zich joylashgan tirik parenxima hujayralardan iborat bo’lib o’simliklarning barcha yosh qismlarini qoplab turadi. Epiderma hujayralarning qiyofasi notekis bo’lib to’g’ri burchakli to’rt burchak, besh-oltita va undan ortiq ko’p burchak hamda noto’g’ri burchak (egri-bugri) shaklda zich joylashgan. Hujayra tarkibida sitoplazma, yadro bo’lib, po’sti sellyulozadan tarkib topgan, hujayrasining tashqi po’sti ichki po’stidan qalin bo’ladi.
Epidermis o’simliklarning yashash muhitiga qarab mumsimon-moysimon yod kukin bilan qoplangan bo’lib, yaltiroq tashqi qavat hosil qiladi. Qutikula o’zidan havo va suvni o’tkazmaydi hamda o’simlikdan suvning bug’lanib ketishini sekinlashtiradi. Havo almashishi va suvning bug’lanishi alohida og’izchalar (ustitsalar) orqali ro’y beradi; og’izchalar epiderma hujayralari orasiga joylashgan bo’lib, u yumaloq va ochilib turadigan ikkita loviyasimon qoplovchi hujayradan iborat; og’izcha ostidagi havo bo’shliqqa to’planadi; bo’shliq esa o’simlikdan ichki to’qimalarning hujayralarning oralig’iga borib qo’shiladi. Qoplovchi hujayralar po’sti har xil, ya’ni og’izcha teshikchalari tomon joylashgan po’sti boshqa qismlariga nisbatan qalinroq tuzilgan. Bu hujayralar tarkibida xloroplastlar mavjud bo’lishi bilan epiderma hujayralaridan farq qiladi. Qamrovchi hujayralar atrofida o’rnashgan epiderma hujayralari og’izcha yon hujayralari deyiladi. Epidermis ustida mayda to’nchalar va barglar bo’lib, ular epidermis hujayralarining tashqi muhitga tomon o’sgan o’simtasidir. Ular kutikula kabi suvni ortiqcha bug’lanishdan, o’simlikni noqulay sharoitdan saqlaydi. Tuklar har xil shaklli bir va bir nechta hujayrali bo’ladi. Ba’zi tuklarning uchi pufakchasimon yumaloq bo’lib, zaharli moddalar, efir moylari va boshqa moddalarni saqlaydi.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin