Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-qism O’simliklar ekologiyasi


-ma’ruza Tabiiy va sun’iy o’simlik jamoalari. O’simliklar jamoalarining tuzilishi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə54/56
tarix02.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#86235
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bioekologiya fanidan o’quv materiallari ma’ruza mashg’ulotlari m-fayllar.org

14-ma’ruza Tabiiy va sun’iy o’simlik jamoalari. O’simliklar jamoalarining tuzilishi

Reja:


  1. Tabiiy va suniy o’simlik jamoalari


  2. Fitosenozning vertikal tuzilishi


  3. Fitosenozning gorizontal tuzilishi. Sinuziya


Tayanch so’z va iboralar: tabiiy fitosenoz, sun’iy fitosenoz, agrosenoz, assosiatsiya, formatsiya, o’simlik tipi, dominant, edifikator, subdominant, subedifikator, Drude shkalasi, vegetatsiya, fenologiya, tik mintaqa, qavatlilik, qurama-mozaiklik, sinuziya

Fitosenoz. O’simliklar jamoasi deganda ma’lum bir hududda bir necha turga mansub o’simliklarning birgalikda yashashi va o’ziga xos manzara hosil qilishi tushiniladi. Bunday guruhlar yashash joyiga qarab turli xil o’simliklar tipini (cho’l, adir, tog’, yaylov, botqoq, o’rmon) tashkil etadi. Geobotanika fani malum bir turni o’rganmasdan, balki ma’lum maydonda tarqalgan o’simliklar guruhini o’rganganligi uchun ham buni o’simliklar jamoasi, ko’pincha, fitotsenoz deb ham ataladi. Har bir jamoa o’z hayoti jarayonida har xil tashqi taassurotlarga duch keladi va shunga javob berish orqali o’z hayotini boshqaradi. Har handay o’simliklar jamoasi bir biri bilan va tashqi muhit bilan juda murakkab munosabatda bo’ladi. Shuning uchun har bir jamoaning tarkib topishi, o’zgarishi, rivojlanishi tarixiy taraqqiyot bosqichlariga, tashqi muhitnint majmuali ta’siriga bog’liq holda o’tadi. Murakkab ekologik omillar ta’siri natijasida jamoa o’sha yerga moslashishi ham mumkin yoki aksincha, yo’q bo’lib ketishi ham mumkin. Sizga ma’lum bo’ldiki, fitotsenoz o’simliklar jamoasi bilan bir narsa hisoblanadi va quyidagicha ta’riflanadi. “Tashqi muhit bilan doimiy aloqada bo’ladigan, ma’lum bir hudutda uchraydigan o’simliklar guruhi fitotsenoz”- deb ataladi. Fitotsenozga o’rmon, o’tloq, cho’l, sahro, tog’, yaylov, botqoq, to’qaydagi o’simliklar jamoasi kiradi. Bular ham o’z navbatida kichik-kichik bo’laklarga bo’linadi. Misol uchun cho’l fitotsenozi; qumli cho’l, shuvoqli cho’l, gipsli cho’l, sho’rli cho’llar fitotsenoziga bo’linadi.
V. N. Sukachev va P. D. Yaroshenkolarning ta’kidlashicha, qishloq xo’jalik ekinlari, bug’doy, arpa, sholi, paxta ekiladigan yerlar ham tsenozning bir turi, ya’ni agrofitotsenoz deb ataladi. Sababi bu maydonlar inson xo’jalik faoliyati natijasida sun’iy yaratilgan maydonlardir. Fitotsenoz o’simliklar qoplamining sifat jihatidan ajralib turuvchi qismidir. Fitotsenoz terminini Sukachev 1954 yilda fanga kiritgan. Fitotsenoz ma’lum sharoitdagi tuban va yuksak o’simliklar majmuasi bo’lib, ular doimiy ravishda bir biri bilan aloqada bo’ladi. Bular hamma vaqt o’ziga xos muhit hosil qiladi.
Har qanday fitotsenoz biotsenozning muhim bir qismi hisoblanadi.
Geobotanika fani o’simliklarni ikki tomonlama o’rganadi: birinchidan o’simliklarning tarkibiy qismiga kirgan o’simlik turlarini, ikkinchidan, o’simliklar jamoasini, qoplamini o’rganadi. Shu nuqtai nazardan ikkita tushunchani anglash shart.
1. O’ s i m l i k l a r f l o r a s i. O’simliklar florasi o’simlik turlarining qadimdan hosil bo’lgan guruhi. Bu ma’lum geografik joyga tegishli bo’lib, uning hozirgi tabiiy sharoiti o’tmishi bilan bog’liq, yer yuzasidagi boshqa floralar bilan doimiy munosabatda bo’ladi. Flora tushunchasi ma’lum hududdagi barcha o’simliklarning turlarini o’z ichiga oladi. Qisqacha aytganda ma’lum bir joyda o’suvchi o’simlik turlarining yig’indisi yoki ro’yxatini tushunamiz,
O’zbekiston o’simliklarga boy o’lka, olti jildlik “O’zbekiston florasi” nomli yirik asarda ko’rsatilishicha mamlakatimizda 4148 turga mansub yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar uchraydi. Respublikamizning boy xazinasi hisoblangan bu o’simliklar turi cho’l mintaqasidan tortib to yaylov mintaqasigacha keng tarqalgan.
O’zbekistonning yetuk botanik, geobotanik va sistematik olimi, akademik K. Z. Zokirov Zarafshon tog’ining boshlanishidan uning quyi etagigacha bo’lgan yerlardagi o’simliklar qoplamini uzoq yillar ilmiy yo’nalishda o’rganib, cho’ldan yaylovgacha bo’lgan yerlarda har xil o’simlik qoplamida 2600 ga yaqin tur uchrashini e’tiborga olib to’rtta; cho’l, adir, tog’, yaylov mintaqalariga bo’lishni taklif etdi. Bu atamalarni butun O’zbekiston va O’rta Osiyo uchun qo’llashni tavsiya qiladi. Biz hozirgi vaqtda qaysi region o’simliklar qoplamini o’rgansak shu atamalarni keng qo’llab kelamiz. Odatda mintaqalar ma’lum bir taksonomik birlikka asoslanadi. Ya’ni o’simliklar qoplamiga, jamoa tarqalgan tuproqqa, orografiyasiga, hamda dengiz sathidan balandligiga e’tibor beriladi.
2. O’ s i m l i k l a r j a m o a s i. O’simliklar jamoasi deganda yer yuzasining har xil ekologik sharoitida o’suvchi o’simliklar uyushmasini tushinamiz. O’simliklar qoplami inson xo’jalik faoliyati ta’sirida doimiy ravishda o’zgarib turadi. Mehnat mahsuli sifatida sun’iy jamoalarni insonlar barfo etib turadi.
Geobotanika tizimini, sistematik taksonlarini, birliklarini o’simliklar sistematikasi tizimidan, taksonlaridan, birligidan farqlash lozim. Tip, tsenotip, formatsiya (jamoa), assosiatsiya (qavm) lar geobotanik tizim hisoblansa, bo’lim yoki tip, sinf, ajdod yoki qabila, oila, turkum yoki avlod, tur esa sistematik tizim hisoblanadi. Keyingi boblarimizda bu haqda batafsil to’xtalamiz.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin