Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-qism O’simliklar ekologiyasi


Jadval. Raukkier bo‘yicha biologik spektr (%)



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə50/56
tarix02.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#86235
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bioekologiya fanidan o’quv materiallari ma’ruza mashg’ulotlari m-fayllar.org

Jadval.

Raukkier bo‘yicha biologik spektr (%)

Zonalar

F

Ch

GKr

Kr

Th

Tropik

61

6

12

5

16

Cho‘l

4

8

1

5

82

O‘rta dengiz


12

6

29

11

42

Mo‘’tadil (O‘rta Yevropa)

8

6

52

25

9

Arktika

1

22

60

15

2


Jadvaldan ma’lum bo‘lishicha, tropiklardagi bir xil issiq va nam sharoitda (iqlimda) fanerofitlar ustunlik qilar ekan (61%). Yozi uzoq davom etadigan va quruq bo‘ladigan noqulay cho‘l va O‘rta dengiz oblastlarida terofitlar ustunlik qiladi (82% va 42%). Lekin O‘rta dengizda gemikriptofitlar ham ko‘p (29%). Mo‘’tadil zona gemikriptofitlarga ancha boy (52%), bu yerda qop qoplami ham ularning yashashiga yordam beradi. Sovuq qutb oblastlarida ham gemikrip­tofitlar ko‘p (60%), ikkinchi o‘rinda xamefitlar turadi (22%); bu yerda ham ularni qor qoplami himoya qiladi. Bundan tashqari, butun vegetativ qismining qishlashi qisqa o‘suv davridan foydalanishga yordam beradi. Lekin ko‘pchilik avtorlar bu spektrga ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘ldilar. Agar ko‘pchilik avtorlar esdan chiqarib qo‘yadigan fitotsenotik, tarixiy va antropogen omillarni o‘z ichiga oladigan omillar kompleksi hisobga olinmasa, bu butunlay asosli hisoblanadi.

1918 yilda Gams hayotiy shaklllarning batafsil ishlangan sistemasini taklif etdi. U o‘simliklarning yashash joyining harakteri, oziqlanish usullari, harakatlanish xususiyati va boshqalardan foydalangan xolda, hayotiy shaklllarni 3 ta tipga bo‘ldi: 1 tip-bir xil muhitda yashaydigan va unga birikkan organizmlar, ya’ni mazkur substratda (suv, havo va tuproqda) yashaydigan organizmlar; II tip har muhitda yashaydigan organizmlar (tuproqda ildiz oladi, yer ustki qismlari havoda bo‘ladi). Bu yerda ham Raunkierdagi kabi guruhchalarga bo‘linadi; III tip harakatchan orga­nizmlar (tuban hayvonlar). Game sistemasi asosan sinekologik hisoblanadi, chunki u organizmlarning tarqalishini ko‘rsatadi, bu esa o‘simlik guruhlarining tuzilishini va biotsenologiyaning boshqa masalalarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

Rus olimlaridan G.N.Visotskiy 1918 yilda “Energiya. Kulturnofitologicheskiy ocherk” deb nomlangan klassik asarida hayotiy shakllarning eng original sistemasini taklif etdi. U guruhlarni o‘simliklar­ning vegetativ ko‘payish va tarqalish usullariga qarab ajratdi. Uning sxemasi asosan quruq dasht va cho‘llar uchun mo‘ljallangan edi. Visotskiy 6 ta bo‘lim va ular ichida guruhchalarni ajratdi.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin