13-ma’ruza O’simliklarning hujayra va to’qimalarining tuzilishi va o’ziga xosligi
Reja:
Tirik organizmlarning hujayra va to’qimalardan tuzilganligi
O’simlik hujayralarining tuzilishi va o’ziga xosligi
O’simlik to’qimalarining tuzilishi va o’ziga xosligi
Tayanch so’z va iboralar: hujayra, sitoplazma, yadro, membrana, plastida, mitoxondriya, Goldji kompleksi, ribosoma, endoplazmatik to’r, vakuola, to’qima, hosil qiluvchi, assimilyatsion, mexanik, qoplovchi, o’tkazuvchi, ajratuvchi, gamlovchi
Tirik organizmlarning hujayra va to’qimalardan tuzilganligi. Tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi haqidagi dastlabki ma’lumot Gollandiyalik aka-uka Gans va Zaxarius Yansenlar tomonidan 1590-1610 yillarda optik mikroskop kashf etilgandan keyin boshlangan.
Bu asbob ingliz fizigi R.Guk tomonidan takomillashtirilgan. U 1665 yilda uch xil o’simlikning pokagini tekshira turib, ularning juda mayda katakchalardan, yani,“sellula”lardan iboratligini ko’rdi va o’zining “Mikrografiya” asarida bayon qilgan. Uning bu yangiligi ko’plab tabiatshunos olimlarni qiziqtirib qoldi va ular ham bu boradagi izlanishlarni boshlab yubordilar. Jumladan, ingliz olimi Nimli Gryu “O’simliklar vegetativ organlarining anatomiyasi”, italiyalik olim Marchello Malpigi “O’simliklar anatomiyasi”, gollandiyalik olim Antuan van Levenguk “Tabiat sirlari” degan asarlarini yozdilar. Shu tariqa ma’lumotlar toplana borib, hujayra nazariyasiga asos solindi. Hujayra nazariyasining asoschilari nemis botanigi Matias Shvann va nemis zoologi Teodor Shleydenlar (1838-1839) hisoblanadilar. Ular “Butun tirik tabiatning – o’simliklar va hayvonlarning ham asosiy tuzilish birligini hujayralar tashkil etadi va yangi hujayra eskisining asosida tashkil topadi”, degan fikrni ilgari surdilar.
Hujayralarning tuzilishi, kelib chiqishi, vazifalarini o’rganuvchi fan – sitologiya deb nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: |