Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-qism O’simliklar ekologiyasi


-ma’ruza O’simliklar dunyosini muxofaza qilish. Muxofazaga olingan xududlar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə55/56
tarix02.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#86235
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bioekologiya fanidan o’quv materiallari ma’ruza mashg’ulotlari m-fayllar.org

15-ma’ruza O’simliklar dunyosini muxofaza qilish. Muxofazaga olingan xududlar

Reja:


  1. O’simliklar dunyosining kamayib borish sabablari va muxofazasi
  2. Qizil Kitob”ning ta’sis etilishi. O’zbekiston “Qizil Kitobi” haqida




  3. Qo’riqxonalar va buyurtmaxonalar


  4. Milliy bog’lar va tabiat yodgorliklari


Tayanch so’z va iboralar: o’simliklar muxofazasi, xalqaro “Qizil Kitob”, qo’riqxona, buyurtmaxona, milliy bog’, tabiat yodgorligi,

O’simliklar dunyosining kamayib borish sabablari va muxofazasi. O‘simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 mlrd t organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd tonnasi dengiz va okean o’simliklariga, 38 mlrd tonnasi o‘rmonlarga, 6 mlrd tonnasi o‘tloqlarga to‘g‘ri keladi. O‘simliklar, ya’ni yashil o‘simliklar tufayli fotosintez jarayoni ro‘y beradi, Yerdagi hayotning yashashi uchun zarur bo‘lgan kislorodni ishlab beradi. Agar fotosintez jarayoni bo‘lmasa, havodagi uglerod (CO2) ning miqdori ko‘payib kishilar va hayvonlar nobud bo‘lur edi. Biroq atmosferadan, suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan o‘sha CO2 gazi o‘simliklar tomonidan yutilib, fotosintez jarayoni natijasida yashil o‘simliklar atrofga O2 ni chiqarib turadi. Fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 mln yilda, atmosferadagi O2 5800 yilda, CO2 7 yilda bir marta yangilanib turadi.
Insonning kundalik hayotida o‘simliklarning ahamiyati juda katta. Chunki o‘simliklar muxim tabiiy geografik omil sifatida yer yuzasida suv oqimiga, bug‘lanishiga, tuproqda nam saqlashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi va yo‘na-lishiga, xayvonlarning hayotiga ta’sir etadi.
O‘simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta’sir etib, havoni tozalab, uni kislorod bilan boyitib, turuvchi sanitarlik vazifasini xam bajaradi.
O‘simliklar- bu qayta tiklash mumkin bo‘lgan tabiiy resurs hisoblanib, Yer shari geografik qobig‘ida muxim rol o‘ynaydi.
Chunki o‘simliklar sayyoramiz yuzasining go‘yoki bir «kimxob» sifatida qoplab olib, tuproq ‘osildorligini oshirishda, atmosferani toza saqlashda, daryolarning gidrologik rejimini tartibga solib turishda, inson hayoti uchun normal gigienik sharoit yaratishda muxim vazifani bajaradi.
Inson xo‘jalik faoliyatida o‘simliklardan foydalanishda ular-ga xam ijobiy, xam salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Inson xo‘jalik fao-liyatida yangi o‘rmonzorlar tashkil etish, madaniy o‘simliklarni ko‘paytirish, yaylov va o‘tloqzorlar sifatini yaxshilash va territo-riyasini kengaytirish ‘isobiga o‘simliklar maydonini ko‘paytirib boradi. Buning ustiga ilg‘or agrotexnikani qo‘llab ekilgan ekin-larda yashil massalar miqdori tabiiy o‘simliklarga nisbatan yuqori bo‘ladi, yashil o‘simlik massalarining miqdori botqoqlik va zaxkash yerlarni quritish, tuproq sho‘rini yuvish, yerlarni sug‘orish, o‘simlik-larga mineral va organik o‘g‘itlar solish, o‘simlik kasalliklariga va zararkunandalariga qarshi kurashish, madaniy o‘simliklarning yangi navlarini yaratish orqali ko‘paytirilib boriladi. Bularning xammasi insonning o‘simliklar dunyosiga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’siridir.
Kishilar xo‘jalik faoliyatida o‘simliklardan plansiz, pala-partish foydalanish, yong‘inlarni vujudga keltirish, turli xil qurilishlar (shaharlar, sanoat ob’ektlari, yo‘llar, gidrotexnik inshootlar) va tog‘-kon sanoatining rivojlanishi nitajasida o‘sim-liklar maydoni qisqarib, atmosferaning antropogen ifloslanishi, turli xil ximiyaviy moddalarni ishlatilish natijasida o‘simliklar ‘olati yomonlashib bormoqda.
O‘rmonlar kishilik jamiyati taraqqiyoti davrida undan in-tensiv foydalanish natijasida tabiiy ‘olati o‘zgarib, maydoni qisqarib bormoqda.
O‘rmonlar kishilik jamiyati taraqqiyoti davrida undan in-tensiv foydalanish natijasida tabiiy ‘olati o‘zgarib, maydoni qisqarib bormoqda. agar bundan 3-3,5 yil ilgari Yer yuzasining 47 % ini o‘rmonlar qoplagan bo‘lsa, xozir uning maydoni 27 % ni tashkil etadi. Yer yuzasida yaylov va o‘tloqlar maydoni esa 2600 mln ga.
O‘rmonlar dunyo bo‘yicha notekis joylashgan 4060 mln ga (133619 mln. m3 yog‘och zapasi mavjud) o‘rmonlar maydonining 140 mln ga ri Yevropada, 824 mln ga ri Shimoliy va Markaziy Amerikada, 904 mln ga Janubiy Amerikada, 635 mln ga ri Afrikada, 510 mln ag ri Osiyoda, 82 mln ga ri Avstraliya va Okeaniyada joylashgan. O‘zbekistonda 2,37 mln ga yerda o‘rmonlar mavjud.
Sayyoramizdagi mavjud o‘rmonlar maydonining bir qismi tabiati ancha noqulay bo‘lgan tog‘li rayonlardadir. Xozirgi transport va texnika vositalari bilan Yer sharidagi o‘rmonlar maydonining faqat 62 % idangina foydalanish mumkin. ·olgan 32 % i esa kelajakda fan va texnika taraqqiyoti tufayli foydalanishga imkon bo‘lishi mumkin. Xozircha Yer sharidagi o‘rmonlar umumiy maydonining 33 % idan foydalanilmoqda.
Yer shari o‘rmonlarida yog‘ochning umumiy zapasi 133,6 mlrd m 3 atrofida bo‘lib, xozir yiliga 1,5-1,6 mlrd m 53 0 yog‘och tayyorlanadi. Yog‘och bizning asrimizda universal materialga aylanib, undan xalq xo‘jaligining turli soxalarida, jumladan oziq-ovqat yetishtirishda, ximiya va yoqilg‘i sanoatida, muxofaza, madaniy-oqarti-ruv ishlarida, har xil dorilar tayyorlashda xam keng foydalanilmoqda.
Fan va texnika taraqqiy etgan xozirgi zamonda yog‘och ximiya sanoatining xom ashyo resursiga aylanib qoldi. Ximiyaviy yo‘l iblan yog‘ochdan qog‘oz, sun’iy shoyi va jun, tutunsiz porox, sellyuloza, fotokinoplyonkalar, nitrolak, sun’iy charm, plastmassalar, etil va metall spirti, uksus kislotasi, glyukoza, yonuvchi gaz, sun’iy kauchuk va juda ko‘p muxim narsalar olinadi. 1 m 53 0 yog‘ochni ximiyaviy yo‘l bilan qayta ishlanganda quyidagi maxsulotlarni olish mumkin: 200 kg sellyuloza yoki 200 kg qog‘oz, yoki 6000 m 3 sellyuloza yoki 5-6 l yog‘och spirti, yoki 20 l sirka kislotasi yoki 70 l vino spirti, yoki 160 km sun’iy tola. So‘nggi paytlarda o‘rmondan ximiyaviy yo‘l bilan yog‘ochdan qand moddasi ajratib olinmoqda. O‘rmonlar maydonining qisqarish va ‘olatini yomonlashuvi kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Ibtidoiy jamyatda kishilar o‘zi uchun zarur bo‘lgan narsalarning bir qismini
O‘simliklardan olib, uning qisman bo‘lsada, o‘zgarishiga sababchi bo‘lgan. Feodalizm va kapitalistik davrlarida Yer sharidagi o‘rmon-lar shafqatsizlarcha kesildi, undan yoqilg‘i sifatida, qurilishda va kema ishlashda keng ko‘lamda foydalanishi tufayli uning maydoni keskin qisqardi. Ayniqsa yer sharining a’oli zich yashaydigan ra-yonlarida o‘rmonlarning 2/3 qismi yo‘q qilindi. Natijada 500 mln ga yerdagi yerlar maydoni qisqarib, dasht biyobonga aylantirildi.
Qadimgi Ispaniya territoriyasi yoppasiga o‘rmon bilan qoplangan bo‘lsa, xozir ularni betartib kesib yuborilishi natijasida o‘rmon yer maydonining 1/8 qismini ishg‘ol qiladi. Jazoirda esa so‘nggi 70 yil ichida o‘rmonlar maydoni 1 mln gektarga qisqargan.
Afrikaning tropik qismida o‘rmonlar maydoning 2/3 qismi kesib yo‘q qilingan. Madagaskar orolida esa so‘nggi 5 asr mobaynida rmonlarning deyarli xammasi (9/10 qismi) kesib yo‘q qilingan. Natijada territoriya tuprog‘ining 78 % i eroziyaga uchragan.
O‘rmonlarni betartib kesish Rossiya territoriyasida ham yuz bergan. O‘rmonlar ayniqsa a’oli zich, kesish va tashish qulay bo‘lag joylarda va daryo vodiylarida ko‘plab kesilgan. Chunki ularni suvda oqizish oson bo‘lib, tashish arzonga tushgan. Bunga Oka daryosini misol qilib ko‘rsatish yetarlidir.
O‘rmonlarni tartibsiz kesilishi o‘z navbatida tabiatdagi muvozanatni buzilishiga sabab bo‘ldi va insonning xo‘jalik faoliyati uchun quyidagi salbiy oqibatlarning vujudga kelish jarayonini tezlashtirdi; tuproq eroziyasi tezlashdi, daryo va ko‘llarning rejimi o‘zgarib, suvi kamaya boshladi, suv toshqinlari, sel tez-tez bo‘ladigan bo‘lib qoldi, mikroiqlimga ta’sir etdi, cho‘llarda ko‘chma qushlar maydoni kengaydi va hokazo.
O‘rmonlar maydoning qisqarishi daryo suvlari rejimiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun 1954 yili o‘rmonshunoslarning ‘indistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro kongressida o‘rmonni nam, suv saqlashdagi juda katta axamiyatini ‘isobga olinib «O‘rmon-suvdir, suv ‘osildir, ‘osil esa hayotdir» degan shior olg‘a surildi. O‘rmonlar sayyoramiz havosini tozalab turishda juda katta axamiyatga ega. Chunki 1 ga o‘rmon 18 mln m3 havoni tozalab turadi. O‘rmonli yerlardagi havo shahar havosidan 200 marta tozadir. Ular kishiga madaniy estetik zavq xam beradi.
O‘zbekistonda o‘rmon fondining maydoni 5,3 mln ga bo‘lib, yoppasiga o‘rmon bilan qoplangan territoriya 2,37 mln gektarni tashkil etib, respublika yer maydonining 5 % ini ishg‘ol qiladi.
O‘zbekistonda o‘rmonlar ularning tekislik qismida joylashgan. O‘zbekiston tog‘larida o‘rmonning umumiy fondi 1,4 mln ga atrofda bo‘lib, shundan 283,7 mln ga yoppasiga o‘rmon bilan qop-langan. Bu o‘rmonlarda archa, pista, yong‘oq, olma, olcha, bodom, do‘lana kabilar o‘sadi. O‘zbekiston tog‘laridagi asosiy o‘rmonlar Ugom, Piskom, Chotqol, ‘isor, Turkiston, Zarafshon kabi tog‘ tiz-malarida joylashgan.Respublikamizning tekislik qismidagi o‘rmonlar cho‘l va VA’IY o‘ermonlariga bo‘linadi. Cho‘l o‘rmon fondining umumiy maydo-ni 3670,5 ming ga bo‘lib, shundan 1,86 mln ga yer bevosita o‘rmon bilan qoplangan. O‘zbekiston cho‘llaridagi o‘rmonlar asosan qora va oq saksovul, qandim, juzg‘un, akatsiya va boshqalardan iborat bo‘lib, ular ko‘chma qumlarni musta’kamlaydi.
Respublika vodiylaridagi umumiy o‘rmon fondining maydoni 210 ming ga atrofida. Yoppasiga o‘rmon bilan qoplangan maydon esa 13 ming ga ni tashkil etadi. O‘rmonlar daryo qirg‘oqlarini yemirilib, o‘pirilib ketishidan saqlaydi, voxalarga qumlarni kirishga chek qo‘yadi, atrofdagi yerlarni mikroiqlimini yaxshilaydi, qurilishlarni yog‘och bilan ta’minlaydi.
1. O‘rmon fondining geografik joylanishini ilmiy asosda o‘rganish O‘rmon fondining geografik joylashishini o‘rganish orqali ma’lum mamlakatning u yoki bu qismida o‘rmon fondi, yog‘och miqdori sifati xaqida to‘liq maolumotga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa
rmonlardan oqilona foydalanishga imkon beradi. A’olisi zich, lekin o‘rmon resurslari kam bo‘lgan Rossiyaning g‘arbi va janubi-dagi o‘rmonlar ko‘p kesilsa, o‘rmonlar serob bo‘lgan a’olisi siyrak Sibir, O‘zoq Sharq, Yevropaning shimolidagi o‘rmonlar kam kesiladi.
2.Yog‘och tayyorlash va qayta ishlashda nobudgarchilikka qarshi kurashish tadbirlari-o‘rmonlarni muxofaza qilishda muxim axamiyatga ega. Chunki bunda o‘rmon sanoat ob’ektlarini xom ashyoga yaqinlashtiriladi va ulardan kompleks ‘olda foydalanadigan kombinat tashkil etiladi, natijada ko‘plab chiqindilar chiqimiga chek qo‘yadi va bir yo‘la kesilgan o‘rmonlar o‘rniga yangi ni’ollar ekish imkonini beradi. Karpatda tashkil qilingan o‘rmon xo‘jaligi bilan
rmon sanoat xo‘jaligini birlashtiruvchi sanoat kombinat birlashmasi misol bo‘ladi. Birlashmada kesilgan daraxtlar o‘rniga yangi nixollar ekish, kombinatni uzluksiz ishlashiga imkon berishdan tashqari, ilgari bekorga isrof bo‘ladigan chiqindilardan (shoxshabbalardan, qopiqlardan) har xil plitalar, karton, dorilar, chorvachilik uchun achitqilar va boshqalar ishlab chiqarmoqda.
3. O‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish va muxofaza qilishda Rossiyaning shimolida va Sibirda joylashgan ba’zi a’oli punktlarida undan o‘qilg‘i va qurilish materiali sifatida foydalanishni tartibga solish choralari muxim axamiyatga ega.
4. Yosh nixollarni nobud bo‘lishini oldini olish o‘rmon resurslarini muxofaza qilishda muxim rol o‘ynaydi. O‘unda eng avvalo xali yetilmagan yosh o‘rmonlarni betartib kesishga chek qo‘yish uchun yangi yilda archa bayramlarini o‘tkazishni tartibga solish ke-rak. Chunki katta shahar atroflarida yel va oq qarag‘aylardan tashkil topgan o‘rmon palasalarini yangi yil arafasida yashirincha kesib ketish ‘ollari tez-tez uchrab turibdi. O‘simliklarni bekor-ga nes-nobud bo‘lishida ba’orda shaharliklarni uyushtiradigan sayllari xam sabab bo‘lmoqda. Chunki dam olishga chiqqanlarning chiqqanlarning ko‘pchiligi gullagan yosh ni’ollarning щoxini sindi-rib «guldasta» yasab, shaharga qaytiladi.
5. O‘rmonlardan planli ravishda va oqilona foydalanib, uni muxofaza qilib, qayta tiklab, ‘osildorligi oshirib borilsa, o‘rmon xo‘jaligiga zarar yetkazmasdan har yili 1500 mln m 3 yog‘och kesib tayyorlash mumkin.
6. O‘rmon uchun yong‘in falokatli xodisadir. Yong‘indan so‘ng, tabiiy ‘olda asosan sifati past tog‘ terak, olxa kabi daraxt-lar ko‘proq o‘sib chiqadi, sifatni igna bargli daraxtlar esa juda katta zarar ko‘radi.
7. O‘rmonlarni zararkunandalardan va kasallanishdan saqlash.
Zararkunandalardan va har xil kasalliklardan saqlash maqsadida quyidagi tadbirlar, choralar ko‘rilmoqda:
1. O‘rmon xo‘jalik tadbirlari. O‘unda daraxtlar orasidagi kasalliklarni o‘z vaqtida yo‘qotib, kasallanganlarini yo‘q qilish kabilar ko‘riladi.
2. Mexanik metodi-zararkunanda va xashoratlarni rivojlanishning har xil fazasida ularning to‘plab mexanik yo‘l bilan ularning uyalari tozalab olinadi.
3. Ximiyaviy kurash metodi bilan zararkunandalarni tez xamda katta territoriyada yo‘q qilinadi va arzonga tushadi.
4. O‘rmon zararkunandalariga va kasallanishga qarshi kurashishga eng muxim va zararsiz chora tadbir biologik kurashdir.
5. O‘rmon resurslarini zaxarli ximiyaviq moddalar va changlardan muxofaza qilish katta axamiyatga ega. Shuning uchun korxonalardan chiqayotgan chang va gazlarni zararsizlantirish, undan xo‘jalikda qayta foydalanishni tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
6. Yaylov va o‘tlarni muxofaza qilish.
Yaylov-bu hayvonlar uchun ozuqa hisoblangan xilma-xil o‘simliklar tabiiy xolda o‘suvchi territoriyadir. O‘tloqlar xayvonlar uchun ozuqa manbai bo‘lib, qishga xam yem-xashak g‘amlab qo‘yiladi. Yer sharida yaylov va o‘tloqlar tuproq tundra o‘rmon (‘osildorligi gektariga 10,5 s), o‘rmon-dasht (10,3s) dasht (6,3 s) chala cho‘l, cho‘l zonalarida (2,2-4,4 s), savannalarda va tog‘li rayonlarda tarqalgan. Yer sharida o‘tloq va yaylovlar ko‘proq Afrikada (822 ming ga) Okeaniyada (463 ming ga) Amerikada (775 ming) joylashgan.
Yaylov va pichanzorlardan ba’zan noto‘g‘ri foydalanish natijasida sifati pasayib bormoqda. Chunki ba’zi xo‘jaliklarda mollarni yaylov qonun qoidalariga rioya qilmasdan,doim bir territoriyada aylantirib boqilish sababli uning xosildorligi kamayib ketmoqda. O‘tloqzorlarni muxofaza qilish va ‘osildorligini oshi-rish uchun uni begona o‘tlardan, butazorlarda, toshlardan tozalash, tuproqning suv rejimini tartibga solish, zararli o‘tlarga qarshi kurashish va organik va mineral o‘g‘itlar solish, bir joyda uzoq vaqt ko‘p mollarni boqmaslik, yon bag‘irlari tik bo‘lgan joylarda yirik shoxli mollarni boqmaslik, o‘t siyrak joylarda mol boqishni tartibga solish zarur.
Dunyo bo‘yicha kundalik hayotimizda foydalanilayotgan o‘simliklarning 1500 turi dorivor o‘simliklarga to‘g‘ri keladi. Jumxuriyatimizda o‘simliklarning 577 turi dori tayyorlash uchun yaroqli, 103 turidan bo‘yoq olish, 500 turidan efir moyi olish mumkin.
O‘zbekistonda sanoat uchun xom ashyo hisoblangan va mevali o‘simliklardan ba’zan betartib foydalanish natijasida ularning turlari kamayib, noyob o‘simliklarga aylanib bormoqda. Bunga shuvoqdan efir moyi, cherkez va isiriqdan alkoloid, quyon suyagi ildizidan bo‘yoq, yetmakdan soponin, shovul va yarangul ildizlaridan tannid moddalarni olish anzur piyozi, yovvoyi nok, uzum, anjir, yong‘oq kabilardan oziq-ovqat maxsulotlari tayyorlash natijasida ularning miqdori kamayib ketayotganligi misol bo‘la oladi. Neogen davridan qolgan relekt o‘simlik turlari Kavkazda, Qrimda va Markaziy Osiyoda ko‘p uchraydi. Relekt o‘simlik turiga lotos temir daraxti, shoxi akatsiyasi, kaspiy glegidiyasi, kamtan bargli dub, shamshod, platon, eldor qarag‘ayi, grek yong‘og‘i, pista, anjir, tis, padub, lavroshinaya, radodendron, medvedev qayini, pontida dubi, koixida shamshodi, papina kolxida podubi va boshqalar kiradi. Bu o‘simliklarni turlarini muxofaza qilish, qayta boyitib borish olamshumul masalaga aylanib bormoqda. Buning uchun o‘simliklardan foydalanayotganda ularning mevalarini, urug‘larini, ildizlarini, barglarini barglarini belgilangan qonun asosida yig‘ish; o‘simliklarning yashashi uchun zarur bo‘lgan organlariga zarar yetkazmaslik; o‘sha o‘simliklardan yig‘ib olinadigan xom ashyosi ustidan nazoratni kuchaytirish; yig‘ilgan xom ashyoni sifati va miqdori ustidan nazoratni kuchaytirish va xokazolarni amalga oishirish zarur. Xozircha xo‘jalik jixatidan axamiyatli bo‘lgan o‘simliklarning mevalarini urug‘larini yig‘ish ko‘p joylarda nazoratsiz olib borilmoqda. Natijada o‘sha o‘simliklarning u yoki bu turi kamayib ketmoqda. ·immatli dorivor o‘simliklar - zira, zirk, anzur piyozi, kiyiko‘ti, tog‘ jambuli kabilarni esa o‘zboshimchalik bilan yig‘ishtirib olishlari tufayli bu tur o‘simliklar xozir juda kamayib noyob, kam uchraydigan turga ayla-nib bormoqda.

Noyob o‘simliklarni muxofaza qilishda «O‘zbekiston qizil kitobi» (1978) ahamiyati katta. Unda respublikamizdagi 400 dan ortiq turlar muxtoj o‘simliklar bo‘lib, shundan 163 tur yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. «Qizil»kitob» ning ikkinchi jildi 1984 yilda nashr etilgan. Unda davlat muxofazasiga olingan 163 tur o‘simlik kiritilgan.




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin