Sho‘rlangan yerlarda o‘sadigan o‘simliklar ekologiyasining xususiyatlari. Yer yuzasi tuproqlarining deyarli to‘rtdan bir qismi u yoki bu darajada sho‘rlangan. Gumid iqlimli oblastlarda tuproqlarning oson eruvchan tuzlar bilan sho‘rlanishi ayrim hollardagina ro‘y beradi, masalan, ular bu tuzlarga boy bo‘lgan sizot suvlarning yuqoriga ko‘tarilishi natijasida sho‘rlanadi (masalan, dengiz qirg‘oqlarida). Lekin tuproq yuvilishi uchun yog‘in-sochin suvlari yetishmaydigan va tuzlarga boy bo‘lgan suvning yuqoriga ko‘tarilish oqimini keltirib chiqaradigan bug‘lanish ustunlik qiladigan issiq, arid iqlimli oblastlarda tuproqning sho‘rlanishi tabiiy hol bo‘ladi, shunga ko‘ra, sho‘rlangan tuproqlar janubiy rayonlardagi dasht va cho‘l zonalarida keng tarqalgan.
Sho‘rlangan tuproqlar, odatda, tuzlar tarkibiga va sho‘rlanish darajasiga qarab bir-biridan farq qiladi. Biriichi holda asosan anionlar hisobga olinadi va tuzlar tarkibiga ko‘ra sulfat-sodali, xlorid-sulfatli, sulfat-xloridli, xloridli sho‘rlanish farq qilinadi; nitratli sho‘rlanish kamdan-kam holda uchraydi. Sho‘rlanish darajasi buyicha olganda, tuproq gorizontidagi oson eruvchan tuzlar miqdori 0,25% dan kam bo‘lsa, bunday tuproqlar sho‘rlanmagan hisoblanadi. Agar tuproq profilining 150 sm gacha chuqurligida bunday gorizont uchramasa, tuproq umuman sho‘rlanmagan hisoblanadi. Agar tuproq tarkibidagi tuzlar miqdori uning umumiy massasidan 0,25% dan ko‘proqni tashkil qilsa va bu xildagi gorizont tuproq profilining 80-150 sm chuqurligida uchrasa, bunday tuproq kuchsiz sho‘rlangan tuproq hisoblanadi. Tuzlar tuproqning 30-80 sm chuqurligida uchrasa, bunday tuproq sho‘rxoksimon, 5-30 sm chuqurlikda uchrasa, sho‘rxok tuproq deb ataladi. Nihoyat, tuproqning eng ustki gorizonti tarkibidagi tuzlar miqdori kamida 1% ni tashkil etsa, bunday tuproq sho‘rxok deb ataladi. Alohida galofit, odatda, sho‘ra o‘simliklar qoplami bular uchun xosdir. Sho‘rxoklar asosan yaxshi eruvchan tuzlar bilan sho‘rlangan bo‘ladi. Bularga kalsiy xlorid (eruvchanligi 74,5%), magniy xlorid (54,5%), magniy sulfat (36,0%), osh. tuzi (36,0%), natriy sulfat . natriy karbonat (21,5%), natriy bikarbonat (9,0 /o) va boshqalar kiradi. Sho‘rxoklarda natriy tuzlari ko‘p bo‘ladi. Agar tuproq faqat xloridlar va sulfatlar bilan sho‘rlangan bo‘lsa, u vaqtda tuproq eritmasining reaksiyasi neytralga yaqin bo‘ladi; soda bilan sho‘rlanganda (Fapbiy Sibirda, Qozog‘istonning shimoli-sharqida) tuproq eritmasining pH-9-11 ga yetishi mumkin.
Lekin tabiatda ko‘pincha tuzlar yuvilib ketishi kuzatiladi, ya’ni sho‘rning kamayishi sodir bo‘ladi. Masalan, iqlim namlanishi yoki ko‘pincha sizot suvlar sathi pasayishi natijasida shunday bo‘ladi. Sho‘rning yuvilishi, ya’ni oson eriydigan (ayniksa natriyli) tuzlar ishqoriyligining pasayishi bilan, sho‘radan iborat o‘simlik qoplami (masalan, janubiy dashtlarda) asta-sekin shuvoq so‘ngra g‘alladoshlar bilan almashinadi. Bu protsess sho‘rtoblanish deyiladi, bunda hosil bo‘lgan tuproq sho‘rtob deb ataladi. Sho‘rtoblar ko‘pchilik hollarda sho‘rtob qatlam ostida joylashgan gorizontdagi eruvchan tuzlar bilan sho‘rlangan va pH ning qiymati neytralga yaqin bo‘ladi. O‘simliklar uchun sho‘rtob gorizontning strukturasi ham axamiyatga ega: qypyq holatda bu gorizont kuchli darajada zichlashgan, nam xolatda strukturasiz va surkaluvchan bo‘ladi.
Sho‘rlangan tuproqlar evolyutsiyasi sho‘r yuvish protsessida, odatda, sho‘rtob bosqichida to‘xtab qolmaydi. Sizot suvlar sathining keyinchalik pasayib borishi natijasida sho‘rtob bilan sizot suvlar o‘rtasidagi aloqa uzilib qolishi mumkin. Bunda oson eriydigan tuzlar asta-sekin katlamniig eng pastki qismiga yuvilib tushadi. Sho‘rtob o‘simliklari asta-sekin dasht o‘simliklari bilan almashinadi, ya’ni sho‘rtobning dashtlashish protsessi boradi. Evolyutsiyaning boshqa yo‘nalishida esa sizot suvlar cathi pasaymagan holda (agar sho‘rtob qatlam mikrorelefning pastida joylashgan bo‘lsa), bu yerga suvlar oqib kelib, uni yuvadi. Buning natijasida solod hosil bo‘ladi, bu protsessning o‘zi solodlanish deb ataladi. Dasht zonasining janubida va chala cho‘llarda sho‘rtob va sho‘rxoklar asosan mikrorelefga bog‘liq bo‘lib, shu regiondagi o‘simliklarniig tipik xususiyatini, ya’ni uning kompleksligi va xilma-xilligini ifodalaydi.
Ortiqcha miqdordagi tuzlarning o‘simliklarniig o‘sishi va rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar Rossiyada birinchi marta 1875-1885 yillarda A.F.Batalin tomonidan olib borilgan. U oltingugurt va xlor tuzlari ta’sirida o‘simliklarda keskin morfologik-anatomik o‘zgarishlar ro‘y berishini tajribada ko‘rsatdi. Ontogenez protsessida o‘simliklarning sho‘rlangan substratga moslashib borishini isbotlovchi dalillar ham ana shu olimga tegishlidir. Keyinchalik sho‘rga chidamlilik bo‘yicha B.A.Keller, I.M.Tulaykov, V.A.Kovda, P.A.Genkel, B.P.Strogonov, Shtoker (Stocker), Arnold (Arnold), Bernstein (Bernstein) va boshqalar tomonidan muhim tadqiqotlar olib borildi.
Oson eruvchi natriy tuzlari (NaCl, Na2CO3, Na2SO4 va boshqalar), shuningdek, kalsiy va magniyning ayrim tuzlari ko‘pchilik o‘simliklar uchun zararlidir. Lekin turli o‘simliklarniig bu xildagi tuzlarga chidamliligi xam har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, har kaysi tuzning zaharli bo‘ladigan darajadagi konsentratsiyasini bilish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘simliklarning rivojlanish fazalarini xam xisobga olish kerak, chunki ildizi mayda, nozik bo‘ladigan o‘simtalar, ildizi chuqur kirib o‘sadigan voyaga yetgan o‘simliklarga qaraganda tuzlar ta’siriga juda sezgir bo‘ladi. tuzlarga munosabatiga qarab, o‘simliklarni ko‘proq chidamli (galofitlar) va kamroq chidamli turlarga bo‘lish mumkin. P.A.Genkel (1950) galofit tushunchasini quyidagicha ta’riflagan: «Sho‘rlangan yerlarda o‘sadigan, individual rivojlanish protsessida bir qator anatomik-fiziologik xususiyatlari borligi tufayli tuproqning yukori darajada sho‘rlanishiga oson moslashadigan o‘simliklar galofitlar deb ataladi». Shunday qilib, sho‘rlangan tuproqlarda uchraydigan o‘simliklarga galofitlar (galofillar), tuzlarni yoktirmaydigan turlar ba’zan galofoblar (glikofitlar) deb ataladi.
Galofitlar deganda, boshqa turlar uchun halokatli bo‘lgan yukori darajadagi sho‘rlanishga chidamli turlar tushuniladi. Ana shu chidamliligi tufayli ular uchun xos bo‘lgan yashash joylarida konkurensiyadan muxofaza qilingan bo‘ladi va shu yerda ustunlik qiladi. Shunisi qiziqki, agar tuzlar kam bo‘lgan yerlarda galofitlar bilan galofoblar yonma-yon o‘ssa, shunda ham galofitlar tuzlarni ochko‘zlik bilan o‘zlashtiradi va doim ular tarkibida ko‘p miqdorda tuz bo‘ladi. haqiqiy galofitlar faqat tuzlarga boy, ularga chidamli bo‘libgina qolmay, balki normal rivojlanishi uchun tuzlarga ehtiyoj sezadi xam. Agar har xil turlarning sho‘rlanish kuchayib borishiga bo‘lgan munosabatini aks ettiradigan bo‘lsak (12-rasm), quyidagi natijani ko‘rish mumkin: sho‘rga chidamsiz turlar (a) sho‘rlanishning kuchayishi bilan tezda nobud bo‘ladi; sho‘rga kuchsiz (o‘rtacha) chidamli bo‘lgan turlar (b) mazkur sharoitda bir oz ko‘proq yashaydi; sho‘rga chidamli nogalofitlar (v) tuzlar miqdori bir oz ortganda fitomassasini birmuncha oshiradi, lekin uzi asta-sekin nobud bo‘ladi; galofitlar (g) esa fitomassasini progressiv ravishda ma’lum darajagacha ko‘paytiradi, faqat juda yuqori konsentratsiyadagina kamaytiradi.
B.A.Keller ko‘plab ilmiy asarlarida ayniqsa shuni qayd qilib o‘tadiki, ko‘p turlar uchun zararli bo‘lgan sho‘rlanish omili galofitlar uchun qulay bo‘ladi va ularning hayot faoliyatini kuchaytiradi. Sho‘rga chidamlilik darajasiga ko‘ra, galofitlar ba’zan quyidagicha bo‘linadi: 1) oligogalofitlar-tarkibida tuzlar kam miqdorda bo‘ladigan tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklar; 2) mezogalofitlar-tuproqda o‘rtacha mikdorda tuz bo‘lishi bilan kifoyalanadigan o‘simliklar; 3) eugalofitlar-xaqikiy galofitlar. Ba’zi adabiyotlarda fakultativ va obligat galofitlar, ya’ni evrigalid turlar (keng amplitudali) va stenogalin turlar (tor amplitudali) haqida gapiriladi.
P.A.Genkel (1950) galofitlarni ekologik guruh sifatida juda xilma-xil deb hisoblab, ularni uch guruhga bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Eugalofitlarga tipik sho‘raklar kiradi (Salicornia, Sueda); bular «tuz yig‘uvchi» o‘simliklardir. Ularning hujayralari yuqori o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Bu o‘simliklar o‘ziga zarar yetkazmagan holda 10% gacha tuz to‘playdi (ya’ni bunday o‘simliklar tarkibida tuproqdagiga qaraganda bir necha baravar ko‘p tuz bo‘lishi mumkin). Tuz to‘planishi natijasida xujayra shirasining osmotik bosimi ortadi. Tuzlarning o‘zlashtirilishi va yig‘ilishi ayniqsa sho‘radoshlar vakillarida kuchli boradi, bu esa ularga tuproq eritmasining yuqori osmotik bosimiga nisbatan chidamli bo‘lish, ya’ni kuchli sho‘rlanishda o‘zining suv bilan ta’minlanishini boshqarish imkonini beradi.
Krinogalofitlarga «tuz ajratuvchi» o‘simliklar (Statice, Tamarix, Frankenia, Armeria, Limonium va boshqalar) kiradi; ular protoplazmasining o‘tkazuvchanlik xususiyati yuqori bo‘ladi. Tuzlar tuz ajratuvchi bezlar orqali barglar yuzasiga ajralib chiqadi, sho‘rlanish kuchayishi bilan bezlar soni xam ko‘payib boradi. Ba’zan o‘simliklar barglarini va bir yillik o‘simtalarini to‘kish yo‘li bilan tuzlardan qutuladi. Bu guruhga kiruvchi o‘simliklar oldingi guruh o‘simliklariga qaraganda o‘zida kam tuz saqlaydi. Tuz ajratish-bu sho‘rlanishning zararli ta’siridan «qutulish» yo‘llaridan biri hisoblanadi.
Glikofitlar (glikogalofitlar) xujayra shirasining osmotik bosimi tuzlar bilan emas, balki organik moddalar bilan, ayniqsa, uglevodlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladigan o‘simliklarni (Artemisia, Elaeagnus va boshqalarni) birlashtiradi. Bular «tuz o‘tkazmaydigan» o‘simliklar bo‘lib, ularning sitoplazmasi tuzlarni yomon o‘tkazadigan bo‘ladi. Ba’zan bu uch guruhga «tuz tuplovchi» galofitlar ham kiritiladi, ularda protoplazma orqali o‘tgan tuzlar barglarning pufaksimon qilchalarida to‘planadi, Masalan, sho‘ra o‘simligida xam ana shunday ro‘y beradi. Lekin bu barcha guruhlar shartli harakterdadir. O‘simliklarniig sho‘rga chidamliligi birinchi navbatda protoplazmaning xususiyatlariga, u yoki bu tuzning zaharli ta’siriga va ontogenez bosqichlariga bog‘liq bo‘ladi.
S.A.Nikitin (1966) O‘rta Osiyo cho‘llarining har xil tipdagi o‘simliklari (to‘qay, taqir va boshqalar) uchun sho‘rga chidamli quyidagi daraxt, buta butachalarni ko‘rsatgan (qavs ichida ularning sho‘rga chidamlilik darajasi protsent bilan ifodalangan): O‘rta Osiyo tollari (1% ga yaqin); chakanda-Hippophae rhamnoides (1%); qayrag‘och-Ulmus pumila (3% gacha); jiyda-Elaeagnus angustifolia (0,6-3,4% ); oq saksovul-Haloxylon persicum (5-6%), chingil-Halimodendron halodendron (12% gacha); buyurg‘un-Anabasis salsa (kuchli); sarsazan-Halocnemum strobilaceum (50% dan ko‘p).
Tuproq organik moddalarining ekologik ahamiyati. Tuproqdagi mineral oziq moddalar bilan bir qatorda gumifikatsiya va o‘simlik hamda hayvonlar qoldig‘ining chala parchalanish mahsulotlari bo‘lgan organik moddalar ham katta ahamiyatga ega. Bunda fotosintezlovchi yuksak o‘simliklar (produtsentlar) qoldig‘iniig qayta ishlanishidan hosil bo‘ladigan mahsulotlar ko‘proq ahamiyatli hisoblanadi. Produtsentlar nobud bo‘lganda yoki konsument zanjirda qayta ishlanganda tuproqni organik moddalarga boyitadi. Yerga to‘kilgan o‘simliklar qoldig‘i to‘shama hosil qiladi. Yil davomida hosil bo‘ladigan bu xildagi to‘shamaning kalinligi o‘simliklar tipining xilma-xilligi va turli zonalarga bog‘liq xolda hap xil bo‘ladi. Masalan, Larxer (1978) ma’lumotiga ko‘ra, to‘shamaning o‘rtacha miqdori gektariga tonna hisobida quyidagicha: tropikda g‘alladoshlar o‘sgan maydonlarda 10-15, mo‘’tadil zona o‘tloqlarida 6-10, o‘rmonlarda 5-9, dashtlarda 1-5, tundrada 0,05-0,5, cho‘llarda 0,01-05. Hosil bo‘ladigan bu xildagi to‘shama har xil tezlikda parchalanadi, shuning uchun uning zapasi faqat yerga tushgan qoldig‘larga emas, balki parchalanish tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi. To‘shamaning parchalanish tezligi ko‘p jihatdan uning harakterini yee tarkibini, tuproq tipi va faunasinn, ayniqsa, iqlim sharoitini belgilaydi.
Seryog‘in tropik o‘rmonlarda yil buyi to‘kiladigan o‘simliklar qoldig‘i o‘ziga xos iqlim sharoitiga va tuproq organizmlarining juda aktivligiga bog‘liq holda 1-2 yil davomida, mo‘’tadil zonadagi bargli o‘rmonlarda 2-4 yil davomida, ninabargli o‘rmonlarda 4-5 yil davomida parchalanishi mumkin; dasht zonasida parchalanish ancha tez boradi, tundrada o‘n yillab cho‘zilishi mumkin. Dasht zonasida ayniqsa bahorda va yozda (qurg‘oqchilik boshlanguncha) parchalanish tezlashadi, щishga borib sekinlashadi.
To‘shamaning parchalanishida tuproqdagi juda ko‘p hayvon organizmlar ishtirok etadi, chunki o‘simliklarning yerga to‘kilgan qismlari ular uchun oziq hisoblanadi. Bunda saprofaglar muhim rol o‘ynaydi. Bu organizmlarning deyarli hammasi xazm kilish protsessida ekskriment ajratadi, bular esa xali yeyilmagan o‘simliklar qoldig‘i bilan aralashib ketadi. Keng bargli o‘rmonlarning organik moddalarga boy bo‘lgan tuproqlarida parchalanish yana davom etadi. Bunda yomg‘ir chuvalchanglari ham ishga kirishadi, ular tuproq tarkibiga, ya’ni yumshoq chirindi (gumus) ga kiruvchi xazm bo‘lgan moddalarni butunlay qayta ishlaydi.
Chirindi hosil bo‘lishida nobud bo‘lgan ildiz massasi muhim ahamiyatga ega. Tuproqda chuqur kirib o‘sgan ildiz massasi buyicha birinchi o‘rinda keng bargli o‘rmonlar va o‘tloqli dashtlar, ulardan keyin sernam tropik va subtropik o‘rmonlar va nixoyat ohirgi o‘rinda cho‘llar turadi. O‘rmonlarda ildiz fitomassasining nisbiy hissasi (umumiy fitomassaga nisbatan) uncha ko‘p emas (20-25%). Dashtlardagi o‘t o‘simliklar ildizining nisbiy massasi va chirindi zapasi eng yuqori bo‘ladi, bu esa o‘t o‘simliklarning osonlikcha parchalanadigan ingichka ildizlari ko‘pligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu chirindi dasht qoratuproqlarining yuqori darajadagi unumdorligini ta’minlaydi.
Shunday qilib, tuproq unumdorligining shakllanishida gumifikatsiya protsessiniig oxirgi maxsuloti, ya’ni chirindi moddalar (gumin va harakatchan fulvokislotalar) asosiy rol o‘ynaydi. Lekin chirindi tarkibida zapas oziq moddalar to‘planishi bir vaqtda ularning immobilizatsiyasini ham bildiradi. Chunki ular o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan shaklga o‘tib qoladi. Chirindi tarkibida oziq moddalardan tashqari, fiziologik aktiv komponentlar ham bo‘ladi, ulardan ba’zilari faqat stimullovchi ta’sir ko‘rsatmay, balki ingibitorlik yoki hatto zaharlovchi ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Chirindi tuproqning unumdorligini (strukturasini) va fizik xossalarini yaxshilaydi. Gumus hosil bo‘lish protsessi faqat temperaturaga emas, balki anaerobioz protsesslarga, kalsiy ishtiroki esa tuproqning mineral tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqdagi organik moddalar o‘simliklar uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligini quyidagilardan ochiq-oydin ko‘rish mumkin.
Buzilmagan fitotsenozlarda to‘shama zapasi, tuproqdagi organik moddalar miqdori va fitomassa o‘rtasida ma’lum muvozanat kuzatiladi. Bunday muvozanat juda muhimdir, chunki to‘shama tarkibidagi rezerv oziq moddalar mazkur ekosistemada qolib, minerallanish natijasida hosil bo‘ladigan oziq elementlari asta-sekin yashil o‘simliklar tomonidan foydalaniladi. Fitomassaning yo‘qolishi yoki yerga to‘kilgan qoldiqlarni yo‘qotish tuproqda oziq elementlari kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Agar tuproqdagi organik moddalar tez minerallansa (masalan, tropik o‘rmonlarda), mineral elementlar juda tez ajralib chiqadi va o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan shaklda bo‘ladi, bu esa ko‘p fitomassa hosil bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib, tuproqdagi organik moddalarning aylanishi murakkab sikldan (o‘simliklarning to‘kilgan holdigi (to‘shama)-gumifikatsiya-minerallanish-o‘simliklarga qaytishdan) iborat bo‘lib, har doim biologik muhim elementlar yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlaydi, tuproqning unumdorligi esa ko‘p jihatdan undan chiqib ketgan elementlarning yana o‘ziga qaytib tushish tezligiga borliq bo‘ladi. Ayrim elementlar atmosferaga uchib chiqib ketib yo‘qolsa, boshqalari tuproq orqali sizib o‘tadigan suvlar bilan oqib ketadi. Lekin davomli nurashlar, azot fiksatsiyasi, chang o‘tirishi-bularning hammasi yuqotilgan elementlarning bir qismi qayta tiklanishini ta’minlaydi. Umuman yashil o‘simliklar tuproqdan olgandagidan ko‘ra kuproqni qaytaradi. Ular tuproqdan kam miqdorda erigan moddalar olib, unga ko‘p organik moddalar (sellyuloza, lignin, kraxmal, shakar, yorlar, protein va boshqalar) qaytaradi. Bu esa tuproqda ko‘p jonivorlarning va ular bilan oziqlanadigan boshqa organizmlarning rivojlanishiga imkon beradi.
Tuproqning temperatura rejimi ko‘p jixatdan tarkibidagi organik moddalarga bog‘liq bo‘lib, ular tuprokning suv rejimiga ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki tuproqning suv saqlash qobiliyati ko‘p jihatdan uning strukturasini hosil qiluvchi kolloidlarga borliq bo‘ladi. Modomiki, organik moddalarining ko‘pi yer yuzasiga yaqin joylashgan ekan, bu yuza gorizont suv saqlab turish qoviliyatiga ega bo‘ladi. Eng ustki qatlam ya’ni to‘shama tuproqni suv oqimidan va suv tomchilarining mexanik ta’siridan muxofaza qilib turadi. Lekin shu bilan birga to‘shama suvnnng bir tutib qolib, uni ildizga o‘tkazmaydi. To‘shama juda tez qurib qoladi, bu esa daraxtlar o‘simtasining ildiz olishini qiyinlashtiradi.
Organik moddalarning kayta ishlanishida ishtirok etadigan ko‘pgina organizmlarning faoliyati ko‘p jihatdan ajralishiga bog‘liq bo‘lib, tuproqning «nafas olishini» ta’minlaydi. nihoyat, shuni aytish kerakki (gumus) tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi, strukturasi donador bo‘lishini ta’minlaydi.
Tuproq tirik organizmlarining ekologik ahamiyati. Tuproq juda ko‘p organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi. Bularga mikroorganizmlardan tortib to yirik yerqazir sut emizuvchilargacha kiradi. Ular yashil o‘simliklar haeti uchun qulay sharoit yaratadi. Bir xil organizmlar o‘simliklar yoki ularning koldiqlari bilan oziqlansa (fitofaglar), boshqalari yirtqichlik bilan haet kechiradi. Bunda ayniqsa xlorofillsiz organizmlarning, birinchi navbatda, bakteriyalar zamburug‘lar, aktinomitsetlar, so‘ngra har xil Profozoa (amyoba,infuzoriya va boshqalar) ning axamiyati katta bo‘ladi. Bular asosan saprofitlar, akkrisotroflar va xokazolardir. Tuproq organizmlari juda ko‘p miqdordagi organik moddalarni parchalaydi (minerallashtiradi) va nobud bo‘lganidan keyin o‘zi ham chirindi manbai bo‘lib qoladi. Ular ammonifikatsiya va nitrifikatsiya protsesslarida hamda azotni fiksatsiya qilishda katta rol o‘ynaydi. Tuproqning suv, xavo va issiqlik rejimi yaxshilanishida ham tirik organizmlarning roli katta bo‘ladi. Nihoyat, tuproq organizmlari organik moddalarni tuproqning chuqur qatlamlariga olib kiradi va aksincha, mineral moddalarni tuproqning ostki qatlamidan yuqori qatlamlariga olib chiqadi (bunda tuproq «yosharadi»),
Tuproqdagi tirik organizmlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: o‘simlik organizmlar-bakteriyalar, aktinomitsetlar, suvo‘tlar, zamburug‘lar, yashil o‘simliklarning ildizlari, rizoidlari va xokazo; hayvonlar — nematodlar, kanalar, hasharotlar (chumoli, qo‘ng‘iz, termitlar, ularning lichinkalari), chuvalchanglar, halqali chuvalchanglar, umurtqalilardan har xil yerqazirlar.
Dostları ilə paylaş: |