Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


Davlatning yuqori riskli investitsiyalash tizimining rivojlanishiga ta’sir etish mexanizmi va vazifalari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə109/125
tarix14.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#178725
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   125
Инвестиция ва инновациялар Маърузалар

18.3. Davlatning yuqori riskli investitsiyalash tizimining rivojlanishiga ta’sir etish mexanizmi va vazifalari

Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.


Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil ishlab chiqarishni modernizatsiya, diversifikatsiya qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganini ko‘rsatdi. Jumladan:

  • aholining oliy ta’lim bilan qamrab olinganlik darajasi past;

  • oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejalari va dasturlarini, talabalarni qabul qilish kvotasi miqdorini belgilashda, moliyaviy mablag‘larni taqsimlashda mustaqil emas;

  • ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik lozim darajada emas, ilmiy-tadqiqot muassasalar va laboratoriyalar faoliyati lozim darajada muvofiqlashtirilmagan;

  • ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish darajasi past;

  • innovatsion menejment sohasida texnologiyalar transferini faol ilgari surish va amalga oshirishga qodir yuqori malakali mutaxassislar mavjud emas;

  • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilayotgan budjet mablag‘lari yetarli emas;

  • ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirish samarali va shaffof emas, budjetdan tashqari va xususiy jamg‘armalar mablag‘larini jalb etishni rag‘batlantirish mexanizmlari mavjud emas, qarzni moliyalashtirishning ichki manbalari yetarli darajada rivojlanmagan;

  • intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish lozim darajada emas, ushbu sohada, ayniqsa davlat organlari va tashkilotlarida malakali mutaxassislar mavjud emas;

  • qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari, ikkilamchi resurslarni energetik utilizatsiya qilish sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish darajasi past;

  • mamlakatda, ayniqsa davlat kompaniyalarida korporativ munosabatlar va korporativ boshqaruv prinsiplari rivojlanmagan, bunda xorijdagi eng namunali amaliyot inobatga olinmayapti;

  • mamlakatning yalpi ichki mahsuloti hajmida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorining ulushi kam.

Qayd etilgan kamchiliklar mamlakatimizning jadal innovatsion rivojlanishiga, investitsiyalarni jalb etishga, iqtisodiyotning o‘sishiga hamda davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu munosabat bilan quyidagi maqsadlar, vazifalar va asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutadigan 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb topildi.
Jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida mamlakatni jadal rivojlantirish maqsadida 2018-yil 28-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining PF-5544-sonli farmoni bilan 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi.
Mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish Strategiyaning bosh maqsadidir.
Bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga borib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

  • barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash;

  • ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish;

  • innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablag‘lar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish;

  • boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;

  • mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

  • barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish.

Strategiyaning quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilandi:
1. Fan, ixtirochilik va texnologiyalar transferini rivojlantirish.
2. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish.
3. Infratuzilma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.
4. Ta’lim tizimini takomillashtirish va inson kapitalini rivojlantirish.
5. Raqobatni rivojlantirish va ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish.
Fan, ixtirochilik va texnologiyalar transferini rivojlantirish yo’nalishida quyidagilar belgilandi:
1. Loyihaviy boshqaruv mexanizmlaridan foydalangan holda dasturiy-maqsadli prinsip asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazishga davlat tomonidan buyurtma berish orqali tadqiqotlar tashkil etish mexanizmini joriy etish.
2. Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
3. Noyob ilmiy-texnik uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlarini tashkil etish.
4. O‘zbekiston Respublikasida ilmiy faoliyat nufuzini oshirish.
5. Mamlakatimiz va xorijdagi ilmiy-texnik axborot manbalarini to‘plash, saqlash va qayta ishlashga, axborot fondlari, ma’lumotlar bazalari va banklarini shakllantirish, yuritish va ulardan foydalanishga ixtisoslashgan respublika, tarmoq va hududiy ilmiy-texnik axborot resurslari va tashkilotlaridan iborat davlat ilmiy-texnik axborot tizimini yaratish.
6. Intellektual mulk obyektlarini baholash mexanizmlarini takomillashtirish.
7. Texnologiyalar transferi bo‘yicha milliy va hududiy ofislarni tashkil etish.
8. Ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun texnoparklar xabi, erkin iqtisodiy zonalar, erkin sanoat zonalari, kichik sanoat zonalari va ilmiy-ishlab chiqarish klastyerlarini tashkil etish.
9. Xorijiy hamkorlar bilan mahalliy ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarish va uni tashqi bozorda sotish bo‘yicha qo‘shma tashkilotlarni shakllantirish uchun davlat ko‘magini kuchaytirish.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish yo’nalishida quyidagilar belgilandi:
1. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflanadigan davlat xarajatlarini ko‘paytirish va 2021-yilga borib bu ko‘rsatkichni yalpi ichki mahsulot hajmining 0,8 foiziga yetkazish.
2. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus institutlar (innovatsiya jamg‘armalari, innovatsiya banklari, venchur jamg‘armalari) tashkil etish.
3. Mamlakatni innovatsion rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun bank kreditini olish tartib-taomillarini va talablarini soddalashtirish.
4. Innovatsion taraqqiyotni mikromoliyalashtirish tizimini takomillashtirish.
5. Ilmiy-texnologik rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va moliyalashtirishda xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish.
6. Innovatsion loyihalar va salohiyatli investorlarning doimiy ravishda yangilab boriladigan yagona ma’lumot bazasini tashkil etish.
7. Innovatsion loyihalar uchun grantlar va texnik ko‘mak mablag‘larini olish va ulardan foydalanish tartib-taomillarini soddalashtirish va shaffofligini oshirish.
Infratuzilma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yo’nalishida quyidagilar belgilandi:
1. Telekommunikatsiya sohasini normativ-huquqiy tartibga solish tizimini, shu jumladan davlat-xususiy sherikligi asosida tadbirkorlik subyektlari ishtirokini kengaytirish orqali takomillashtirish.
2. 2021-yilgacha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar eksporti ulushini ular umumiy hajmining 4 foiziga yetkazish.
3. Barcha operatorlar uchun xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishni erkinlashtirish.
4. Aholini axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan foydalanishga rag‘batlantirish.
5. Startap loyihalar uchun texnopark tashkil etish orqali mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish tarmog‘ini rivojlantirish.
Ta’lim tizimini takomillashtirish va inson kapitalini rivojlantirish yo’nalishida quyidagilar belgilandi:
1. O‘quv-tarbiya jarayoniga yangi ta’lim dasturlarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va smart-texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini yanada yaxshilash (elektron modullar tashkil etish va masofaviy o‘qitishni joriy etish).
2. Nogiron bolalar ta’lim va tarbiyadan teng sharoitda bahramand bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, shu jumladan:
ta’lim muassasalarida ko‘tarish qurilmalari, panduslar, sanitar xonalarda maxsus moslamalar o‘rnatish, tutqichlar, maxsus partalar, stollar va boshqa maxsus kompensator vositalari bilan jihozlash orqali “to‘siqsiz muhit” yaratish;
imkoniyati cheklangan bolalarni integratsiyalashgan holda o‘qitish dasturlarini yaratish;
ta’lim muassasalarini tegishli kadrlar (pedagog-defektologlar, bolalarni ruhiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash.
3. Hududiy va milliy darajada ta’lim jarayoni natijalarini tizimli monitoring qilish asosida ta’lim sifatini va uning mamlakat innovatsion rivojlanishi darajasiga ta’sirini baholashning milliy tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
4. Mehnat bozoridagi tendensiyalar o‘zgarib borishini hisobga olgan holda qayta tayyorlashga muhtoj yoshlar uchun kasb-hunar kollejlarida qisqa muddatli o‘quvlar tashkil etish.
5. Aholining oliy ta’lim bilan qamrab olinishini oshirish.
6. Tabiiy va texnik fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar ulushini ko‘paytirish.
7. Chop etilgan ilmiy maqolalar soni, ulardan iqtibos keltirish indeksi, xalqaro konferensiyalar va seminarlarda ishtiroki, olingan patentlari soni bo‘yicha tanlab olingan sohadagi eng faol oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining tadqiqot yo‘nalishini kuchaytirish.
8. Tarmoq va mintaqaviy iqtisodiyot ssenariylari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida innovatsion faoliyat rivojini prognozlashtirish tizimining alohida bo‘g‘ini sifatida yetakchi oliy ta’lim muassasalarida forsayt markazlarini tashkil etish. Oliy ta’lim muassasasining ichki va tashqi muhitini ilmiy-texnologik prognozlashtirishni ta’minlash, ularning texnologik va innovatsion muhitini va ustuvor innovatsion yo‘nalishlarini rivojlantirish.
Raqobatni rivojlantirish va ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish yo’nalishida quyidagilar belgilandi:
1. Xalqaro tajribani hisobga olgan holda korporativ huquqni rivojlantirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplarini joriy etish.
2. Iqtisodiyotni taraqqiyotning innovatsion yo‘liga o‘tishini ta’minlaydigan raqobatbardosh bozorni shakllantirish va resurslardan samarali foydalanish.
3. Monopoliyaga qarshi siyosatni, shu jumladan davlat-xususiy sherikligini joriy etish hisobiga takomillashtirish, barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlari, ishlari va xizmatlaridan foydalanishda teng sharoitlarni ta’minlash, monopol korxonalar mahsulotlariga narx shakllanishining samarali mexanizmlarini joriy etish.
4. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va ichki bozorning monopollashuvini oldini olish.
5. 2021-yilga borib davlat kadastri ishlarini yuritishning to‘liq raqamlashtirilishini ta’minlash va mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomilini soddalashtirish.
6. Qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish ulushini 2025-yilga borib 20 foizdan ziyodga oshirish.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin