Ma’ruza 6. Psixik jarayonlarni shakllanishida tilning ahamiyati
Mehnat faoliyatida tilning shakllanishi va vujudga kelishi. Nutqning funksiyasi. Muomalaga kirishish shaxsning faolligi sifatida. Nutqli va nutqsiz muomala.Muloqotning tizimi.
Ongning aniq psixologik tavsifi. Ongli timsollar tizimi: xissiy maxsulot, ma’nosi va shaxsiy g’oya. Ongli dunyo tasvirida uning roli
Ma’ruza rejasi: 1. Mehnat faoliyatida tilning shakllanishi va vujudga kelishi
2. Nutqning funksiyasi
3. Psixik jarayonlarni shakllanishida tilning ahamiyati.
Mehnat faoliyatida tilning shakllanishi va vujudga kelishi Inson mehnat qurollarini ishlatish natijasida faoliyatga munosabatning boshqa shakllari vujudga kela boshlaydi. Inson biologik motivlarni boshqarishni o’rganadi, insonnning maqsadlari murakkab xarakterga ega bo’la boshlaydi. Ular mehnat qurollarini avval toshlardan ishlatgan bo’lsalar, keyinroq insonlar mustaqil ravishda mehnat qurollarini ishlab chiqara boshlaydilar. Ibtidoiy jamoadagi mehnat taqsimoti ham ularni ijtimoiy hayotga qadam qo’yganligidan dalolat beradi26. Agar ayol olovni asrash funksiyasini bajarsa, erkaklar ov qilish funksiyasini amalga oshirishgan. Jamoa bo’lib qilishda mehnat taqsimotlari ham shakllangan, agar bir odam bir vazifani bajarsa, ikkinchisi boshqa vazifani bajargan. Ibtidoiy jamoa tuzimidagi insonlarning xatti-harakatlari anglanmagan tarzda amalga oshirilgan, bu hayvonlarning xatti-harakatida kuzatilgan holatlar sirasiga kiradi. Shundan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, murakkab ongli faoliyat bu ijtimoiy muxit rivojlanishining maxsulidir27.
Inson nutqi hayvonlar nutqidan tubdan farqlanadi. Hayvonlarda ham bir birlari bilan ma’lumot almashinish mavjud. Bu asosan gala bo’lib yashaydigan hayvonlarning faoliyatida kuzatilishi mumkin. Masalan turnalar galasida, gala sardori xavfni ko’rsa turnalarni ogohlantiradi,maymunlarda ham shu holatni kuzatishimiz mumkin. Maymunlarda 30-40 tagacha tovushni ajratish xususiyati mavjud bo’lib ular turli vaziyatlarda turlicha tovush chiqaradilar. Hattoki arilarda ham so’zlashuv uslubi mavjud ekan. Ular asallarni topishda shu signallar tizimidan foydalanishadi. Lekin shuni aytish joizki hayvonlarning tili insonlarnikidan tubdan farqlanadi. Insonlarning tilida sifat va munosabatlar mavjud. Masalan «oyna» so’zi otni anglatsa, «sariq» so’zi sifatni anglatadi. Bu funksiya nemislarda predmetlarni aniqlash funusiyasi deb nomlanadi, bu holatni hayvonlarda kuzatish mumkin emas.
Inson va hayvon tillari bir birlaridan tubdan farqlanadi. Turnalar havf mavjud bo’lgan vaziyatda chiqargan ovozlari buyum yoki narsalarni anglatmaydi, u affektiv holatni anglatishi mumuin. Turnalar havotirlanadilar va shu havotir ularning ovozlarida aks etadi, bu holat esa boshqa turnalarga yuqadi.
Maymunlar ham havotirni his qilishadi va kerakli tovushni chiqara boshlashadi. Maymunlardagi tovushlar turli tumandir, ular turli holatlarini aks ettirishlari mumkin. Masalan: qoniqish, havotir, ochlik, xotirjamlik. Biroq bu tovushlarning barchasi emosional holatlarni aks ettiradi. Maymunlarni predmetlarni anglatishga qaratilgan xatti harakatlar samarasiz yakunlangan. Ularda predmetlarni ko’rsatish holatlari kuzatilmadi. Hayvonlarning tili oddiy tilligicha qolgan, ular faqat holatlarni aks ettirishlari mumkin ekan.
Insonning nutqi bir qator qonuniyatlariga egadirlar. Agar hayvonlarning nutqi ma’lum bir emosional holatlarni anglatsa inson nutqi predmetlarni anglatadi. Nazariy jihatdan nutqning paydo bo’lishi turli xil afsona va nazariyalarni keltirib chiqargan. Ko’pgina olimlarning fikriga ko’ra nutq bu maxsus in’om sifatida insonga berilgan eng katta sovg’adir. Boshqa olimlarning fikriga ko’ra esa nutqning paydo bo’lishi, hayvonlarning instinktiga borib taqalar ekan. Bu tovushga taqlid gazariyasi deb nomlangan. Hamma nutq shakllari taqlid sifatida vujudga kelganmi, yoki yo’q degan savollar ham paydo bo’lgan.
Nuare tomonidan nutqning paydo bo’lishiga doir nazariya ishlab chiqilgan. Bu quyidagicha ko’rinishga egadir. Jamoa bo’lib mehnat qilish jarayonida bir biriga bir nima deyishni obyektiv ehtiyoji paydo bo’ogan. Jamoa bo’lib mehnat qilgan paylarda bir nima deyish ehtiyoji eng kerakli ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Bu holat boshida xatti-harakatlar va tovushlar bilan aks etgan, so’ngra bular predmet nomlariga aylangan, bu hatti-harakatlar faqat kishioarning mehnat qilish jarayonida ko’ringan, boshqa faoliyatda ko’rinmagan. So’zlar avval mehnat jarayonida paydo bo’lgan, so’ngra ular predmetlar bilan birgalikda qo’llanilgan, bu holatlar mehnat jarayonlaridan keyin ham qo’llana boshlagan. Bu oddiy diffuz nutq deb nomlangan, shu diffuz nutq tilning shakllanishiga asos bo’lib xizmat qilgan. Asta sekinlik bilan mehnat jarayonida vujudga kelgan so’zlar, tovushlar va jestlar, faoliyatdan ajrala boshlagan, mehnat bilan aloqasini asta sekinlik bilan yo’qota borgan va mustaqillikka erishgan.
Shu tariqa nutqning leksik kodi rivojlangan. Til kodlar tizimi hisoblanadi, ular orqali insonlar bir birlari bilan muloqot qiladilar. Nutqning asosi so’zlar xisoblanadi. Ular predmetlarni va faoliyatlarni anglatishi mumkin. So’zning psixologik strukturasi quyidagilardan iborat. Birinchisi: predmet va funksiyalarni o’rnini almashtiradi. Har bir so’z ma’lum bir predmetni anglatadi. Masalan yosh bolada tajriba o’tkazilgan, bola qo’ng’iroq chalinganda rezinali nonni bosishi talab qilingan. So’ngra shuni rasmi bilan qo’ng’iroqni bosishgan, bolada shartli refleks paydo bo’lgan, shundan so’ng rasm so’zga almashtirilgan, bolada shartli refleks so’zga nisbatan ham paydo bo’lgan. Bu Ivanov-Smolenskiy tajribasi hisoblanadi. Bundan tashqari Pavlovning shogirdi professor Dolinin tomonidan tajriba o’tkazilgan. Markosa ham shunga doir bir qator tajribalar o’tkazgan.
Nutqiy faoliyatlar asta sekinlik bilanmehnat faoliyatidan ajralgan holda mustaqil bo’la boshlagan.
Sintagma, ibora yoki gaplar nafaqat buyumlarni aks ettiradi, balki tayyor voqyealarni ham ko’rsatadi. Sintagma yoki gapni ikki xil ko’rinishi farqlash mumkin. Voqyealar kommutasiyasi va munosabatlar kommutasiyasi. Voqyealar kommutasiyasi uy yonmoqda, daraxt yiqildi, bola yi\layapti kabi so’zlarda aks etadi. Voqyealar kommutasiyasi bu asosiy va oson iboralar funksiyasidir, munosabatlar kommutasiyasi esabu murakkab funksiyalar hisoblanadi.
Munosabatlar kommutasiyasini rasmlar bilan ifoda qilish qiyin kechadi.