Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə26/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Nutqning funksiyasi
Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq – bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bo’lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur.
Psixologiyada «til» va «nutq» tushunchalari mavjud. Til – bu odamlar uchun ma’lum ma’no va ahamiyat kasb etuvchi tovush birikmalarini yetkazuvchi shartli ramzlar tizimi. Til jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, odamlarning ijtimoiy ongida ularning ijtimoiy turmushini aks ettirish shakli, shuningdek, ijtimoiy-tarixiy28 rivojlanish mahsuli bo’lib hisoblanadi. Tilning noyob hodisaviyligi shundaki, har bir odam atrofdagilar muloqotda bo’ladigan tarkib topgan tilga ega bo’ladi va rivojlanish jarayonida uni o’zlashtirib boradi.
Til – bu murakkab hosila. Istalgan til, avvalo, tilning leksik tarkibi deb ataluvchi ma’nodor so’zlarning ma’lum tizimiga egadir. Bundan tashqari, til so’z va so’z birikmalari turli shakllarining ma’lum tizimidan iborat bo’lgan til gram-matikasiga, shuningdek, aniq bir tilga xos bo’lgan ma’lum tovush yoki fonetik tarkibga egadir.
Til, asosan, har bir so’z ma’nosini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. So’zning istalgan ma’nosi umumlashtirishni anglatadi, masalan, slova «odam», «mashina», «stol» va boshqalar.
Tildan farqli ravishda nutq deb ma’lumot yetkazish, ko’rsatma, savol, buyruq berish shaklida amalga oshiriladigan nutqiy muloqot jarayoniga aytiladi. Nutq yordamida u yoki axborotni yetazish uchun ma’lum ma’noga ega bo’lgan mos so’zlarni tanlash emas, balki ularni aniqlashtirish ham lozim. Nutqdagi har bir so’z ma’lum ma’nogacha qisqartirilgan bo’lishi zarur. Bunga so’zni ma’lum kontekstga kiritish bilan erishiladi. Masalan, «Bu qanday mashina?» degan savol bilan bizni jismning o’zida qiziqtirayotgan holatni aniqlashtirmoqchi bo’lganimizda murojaat qilamiz, agarda «Bu kimning mashinasi?», deb savol bersak, bizni jism emas, uning kimga tegishliligi qiziqtirayotgani ma’lum bo’ladi.
Nutqda so’z ifodalari bilan yetkaziladigan mazmundan tashqari, bizning so’zlayotganlarimizga nisbatan munosabatimiz ham ifodalanadi. Bu hodisa nutqning emotsional-ifodali jihati deb ataladi va iborani talaffuz qilishda qo’llaydigan so’zlarning jaranglash toni bilan belgilanadi.
Va nihoyat, nutq psixologik jihatdan mohiyatga ega bo’lgan u yoki bu ibora maqsadini aks ettiruvchi kontekstdan iborat bo’ladi.
Shunday qilib, nutqiy muloqot – bu murakkab va ko’p tomonlama jarayon. A.N. Leontyevning fikriga ko’ra, har bir nutq akti «o’ziga xos nutqning shakli va turi, aniq sharoitlar va muloqot maqsadlariga ko’ra, turli nutq vositalarini qo’llashni talab etuvchi psixologik muammoning yechimini topishdan iborat»7. Xuddi shu nutqni tushunishga ham tegishlidir.
Muloqoting universal vositasi sifatidagi hozirgi zamon nutq holatigacha odamning uzoq davom etgan filogenezdagi taraqqiyot jarayoni bo’lib o’tgan edi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, nutq – bu insonga xos bo’lgan faoliyat. Nutq bilan birga til ham, ilk marotaba faqat insoniylik jamiyatida, hamkorlikdagi mehnat jarayonida yuzaga keldi.
Hozirgi zamon fan ma’lumotlariga ko’ra, dastlabki nutq vositasi majmuiy ki-netik nutq bo’lgan. Nutqning bu shakli ibtidoiy obrazli tafakkur bilan bog’langan bo’lib, taxminan yarim million yil avval mavjud bo’lgan. Majmuiy kinetik nutq deb, tana harakatlari yordamida ma’lumot yetkazishning sodda tizimiga aytiladi.
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichida nutq harakatlarining asta-sekin mehnat faoliyatidan ajralib, nutq vositalari sifatida ixtisoslashi, ya’ni, ularning jestlarga aylanishi bilan bog’liq. Harakatlarning nutqiy va mehnat harakatlariga bo’linishiga odamlar mehnat faoliyatining murakkablashishi sabab bo’ldi. Natijada maxsus qo’l bola til va qo’l (kinetik) nutqi paydo bo’ldi. Shunday qilib, odam qo’li mehnat va muloqotning asosiy vositasi bo’lib qoldi.
Tovushli nutqqa o’tish, taxminan, 100 ming yillar avval boshlangan bo’lishi mumkin. Bu ishlab chiqarishning rivojlanishi va mehnatning birlamchi bo’linishi bilan bog’liq bo’lgan. Qo’l nutqi bajara olmaydigan jism va hodisalar alohida tushunchalar tizimida aniqroq belgilanadigan, nutqqa bo’lgan talab paydo bo’ldi.
Muloqot jarayonida qo’l imo-ishoralari ma’lum mujmal tovushli ovoz bilan birga ijro qilingan. Asta-sekin nutq tovushlari rivojlanib, sayqallanib bordi. Vaqt o’tishi bilan ular kinetik nutq bajargan vazifalarni o’z zimmalariga oldilar, bundan tashqari, odam nutqi taraqqiyotini ta’minlab berdilar. Shunday qilib, nutq va til yangi sifat darajasi – tovushli aniq nutq darajasiga ko’tarildilar.
Dastlab tovushli nutq takomillashmagan edi. So’zlar, birlamchi, qo’l imo-ishoralari kabi juda umumiy, noaniq ma’noga ega edi. Bir xil so’z mazmuni turlicha bo’lgan jismlarni belgilashda qo’llanilishi mumkin edi (ibtidoiy polisemantizm). Ilk so’zlar yaxlit iboralar bilan ifodalangan, deb taxmin qilish mumkin, dastlabki nutq shakllari juda oddiy bo’lgan. Ularda yashirin ma’no, jumlalar bo’lmagan. Nutq aniq maqsadlarda, qandaydir ma’lumotni yetkazishdagina ishlatilgan. So’ngra mehnat ta’sirida so’z ma’nolari rivojlana borgan, va bu asta-sekin murakkab morfologiya va sintaksisga ega bo’lgan tilning shakllanishiga olib keldi.
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichi yozuvning yaratilishidir. Yozuvli nutq og’zaki nutq kabi o’z taraqqiyotida bir necha bosqichlardan o’tdi. Dastlab yozuv belgilari paydo bo’ldi, keyinroq esa, tovushli nutq paydo bo’lishi bilan yozuv belgilari tovushlar ma’nosini aks ettira boshladi, bu esa harf-fonetik turdagi zamonaviy yozuvning yuzaga kelishiga olib keldi
Irsiy jihatdan nutq tafakkur bilan birga ijtimoiy-mehnat amaliyotida paydo bo’ldi va u bilan insoniyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlandi. Nutq yaxlitligicha ong tomonidan boshqariladi. Ongning asosiy vazifasi – turmushni anglash, aks ettirish, til va nutq buni maxsus holatda bajaradilar: ular turmushni, belgilagan holda aks ettiradilar.
Til va nutq o’zaro farqlanadilar. Til – muloqot vositalarining qat’iy me’yoriy tizimi, nutq esa – muloqot jarayonida fikr va hissiyotlarni yetkazish uchun qo’llanma. til uni qo’llaydigan odamlar uchun bir xildir, nutq individual tarzda o’ziga xos bo’ladi. Nutqda alohida olingan odam yoki odamlar jamoasining psixologiyasi ifodalanadi, til esa o’zida halq psixologiyasini ifodalaydi.
Shu bilan birga, nuq va tilning o’zaro aloqasi shubhasizdir, chunki ma’lum tilsiz nutq bo’lmagani kabi, nutqda qo’llanmaydigan til ham bo’lmaydi.
Demak, nutq – bu verbal kommunikatsiya, ya’ni, til vositasidagi muloqot jarayonidir. Inson nutqi xilma-xil shakllarga ega. Lekin nutqning qanday shaklidan foydalanmaylik, u nutqning ikki asosiy: og’zaki yoki yozma turlaridan biriga tegishli bo’ladi.
Bunda ikki tur ma’lum o’xshashlikka ega bo’ladi. Bu o’xshashlik hozirgi zamon tillaridagi yozma nutq, xuddi og’zaki nutq kabi tovushli ekanligidan iborat: yozma nutq belgilari bevosita ma’noni emas, so’zning tovush tarkibini yetkazadi.
Og’zaki nutqning asosiy boshlang’ich ko’rinishi bo’lib, suhbat shaklida kechadigan nutq hisoblanadi. Bunday nutq suhbat yoki dialog deb ataladi. Uning asosiy xususiyati suhbatdosh tomonidan faol olib boriladigan nutq hisoblanadi, ya’ni, suhbat jarayonida ikki suhbatdosh ishtirok etib, tilning sodda gap va iboralarni qo’llaydilar. Dialog nutqning ochiq holda ifodalanishi talab etmaydi, chunki suhbatdosh suhbat davomida nima haqida so’z yuritilayotganini tushunadi va boshqa suhbatdosh tomonidan bildirilgan iborani fikran yakunlay oladi. Shunga o’xshash vaziyatlarda birgina so’z boshqa suhbatdosh tomonidan aytilgan iborani yakunlab qo’yishi mumkin. bunda birgina so’z yaxlit iboraning o’rnini bosadi.
Nutqning boshqa shaklini so’zlovchi tomonidan aytilgan nutq tashkil etadi, bunda tinglovchilar uning nutqini idrok qiladilar, lekin unda to’g’ridan-to’g’ri qatnashmaydilar. Bunday nutq monolog deb ataladi. Ma’ruzachining nutqi monologik nutq hisoblanadi. Bu nutq psixologik jihatdan dialogdan murakkabroqdir, chunki u tinglovchidan o’z mulohazalarini tushunarli, qat’iy mantiqqa asoslangan holda bayon qilish malakasini talab etadi. Bunda so’zlovchi yetkaziladigan axborotning tinglovchilar tomonidan o’zlashtirilishini baholashi zarur, ya’ni, u faqat o’z nutqinigina emas, balki tinglovchilarni ham kuzatishi kerak bo’ladi.
Dialog ham, monolog ham faol va sust bo’lishi mumkin. Nutqning faol shakli – bu so’zlovchining nutqi, tinglovchining nutqi esa sust shaklda namoyon bo’ladi. Gap shundaki, tinglayotganimizda tashqaridan unchalik sezilmasada, ichimizda so’zlovchining so’zlarini takrorlaymiz. Odamlar faol va sust nutq shakllarining rivojlanish darajasiga ko’ra ajratiladilar. Ko’pincha odam boshqa odamning nutqini yaxshi tushunadi, lekin o’zining fikrlarini yetkazib berolmaydi. Va, aksincha, odam yetarlicha yaxshi so’zlab berishi mumkin, lekin boshqalarni tinglashni umuman bilmaydi.
Nutqning boshqa turi yozma nutq hisoblanadi. Yozma va og’zaki nutqlar o’rtasida psixologik tafovutlar mavjud. Og’zaki nutqning yozma nutqdan farqlaridan biri og’zaki nutqda so’zlarning qat’iy ravishda ketma-ket kelishi, bir so’z talaffuz etilganida undan oldin kelgan so’z na so’zlovchi va na tinglovchi tomonidan idrok qilinmasligidan iborat. Yozma nutqda boshqacharoq: yozayotgan ham, o’qiyotgan ham o’zlarining idrok maydonlarida bir vaqtning o’zida so’zlar qatoriga ega bo’ladilar, ehtiyoj tug’ilgan vaziyatlarda esa bir necha satr yoki sahifa orqaga qaytishlari mumkin. Yozma nutqning og’zaki nutq oldidagi afzalligi shundan iborat. Yozma nutqni ixtiyoriy ravishda tuzish mumkin, chunki yozganlaringiz doimo ko’z oldingizda bo’ladi. Shu bilan birga, yozma nutq murakkab nutq shakli bo’lib hisoblanadi, chunki u avvaldan o’ylab iboralar tuzish, mulohazalarni aniqroq bayon etishni talab etadi, negaki, unga emotsional tus berib, zarur imo-ishoralar bilan amalga oshira olmaymiz.
Nutqning yana bir – kinestetik shakli mavjud. Nutqning bu turi insonda o’tmish davrlardan buyon saqlanib qolgan. Vaqt o’tishi bilan nutqning ushbu turi
o’z vazifalarini yo’qotgan va hozirda asosan nutqning emotsional-ifodali tarkibiy qismlari – imo-ishoralar sifatida qo’llaniladi.
Lekin odamlarning kinestetik nutq avvalgidek nutqning asosiy turi bo’lib sanaladigan katta guruhi mavjud. Bunda kar-soqov bo’lib tug’ilgan yoki baxtsiz hodisa yoki kasallik natijasida so’zlash yoki eshitish qobiliyatidan mahrum bo’lgan odamlar nazarda tutiladi. Albatta, hozirgi zamon kinestetik nutqi qadimgi kinestetik nutqdan tubdan farq qiladi. U bir muncha taraqqiy yetgan bo’lib, belgili daraklarning yaxlit tizimiga ega.
Nutq turlarining ichki va tashqi nutq turlariga bo’linishining yana bir umumiy ko’rinishi mavjud. Tashqi nutq muloqot, axborot almashinuv jarayonlari bilan bog’liq. Ichki nutq, avvalambor, tafakkur jarayonini ta’minlash bilan bog’liq.
Og’zaki, ayniqsa, yozma nutqqa tayyorgarlik ko’rishda so’zlovchining o’z ichida nutqni qaytarib olish davri mavjud. Mana shu ichki nutqdir. Unga parchalarga bo’linganlik xosdir, u vaziyatga bog’liq bo’ladi. Ichki nutq tashqi nutq asosida shakllanadi.
Tashqi nutqning ichki nutqqa ko’chirilishi (interiorizatsiya) tashqi nutq tuzilishining qisqarishi bilan birgalikda kechadi, ichki nutqning tashqi nutqqa o’tishi (yeksteriorizatsiya) esa, aksincha, ichki nutq tuzilishini ochib berishni, uni mantiqiy, hamda grammatik qoidalarga muvofiq ravishda tuzishni



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin