Yosh davrini rivojlanish bosqichlari Bolaning rivojlanish bosqichini biz ikki davrga bo’lamiz. Birinchi davr embrionlik davri hisoblansa, ikkinchi davr tug’ilgandan keyingi davr. Embrionlik davrida yosh bola bir xujayralilardan tortib to hozirgi kunga qadar rivojlanish bosqichlarini qaytaradi. Bola tug’ilgandan keyingi davrlar quyidagi bosqichlarga bo’linadi.
Chaqaloqlik davri: (tug’ilganidan 1 oylikkacha bo’lgan davr)
Go’daklik davri (1 oydan- 1 yoshgacha)
Ilk bolalik davri (1 yoshdan – 3 yoshgacha)
Maktabgacha yoshdagi davr ( 3 yoshdan- 7 yoshgacha)
Kichik maktab yoshi davri (7 yoshdan -10 yoshgacha)
O’smirlik davri (10 yoshdan-15 yoshgacha)
O’spirinlik davri (15 yoshdan-21 yoshgacha)
Yetuklik davri (23 yoshdan-55 (60) yoshgacha)
Keksayish davri (60 yoshdan -74 yoshgacha)
Keksalik davri (75 yoshdan -90 yoshgacha)
Uzoq umr ko’ruvchilar (70 yosh va undan yuqori)
Chaqaloqlik davri. Bolaning ona qornidagi o’sish davri onaning organizmiga uzviy bog’liq holda kechadi. Chaqaloqning barcha xayotiy funksiyalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havo haroratining o’zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hakozolar onaning organizmi orqali amalga oshadi.31 Chaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda himoyaga muhtojroq, nochorroq bo’lib tug’iladi. Tug’ilish arafasida unda nasliy yo’l bilan mustahkamlangan ayrim mehanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo’ladiki, bular yangi hayot sharoitiga moslashishni birmuncha yengillashtirad32i. Chaqaloqning nerv faoliyati shartsiz va shartli reflekslar ta’sirida vujudga keladi. Chaqaloqlik davrida asosan sezish shakllanadi.
Go’daklik davri. Go’dakning hayotiy faoliyati va taqdiri uni qurshagan, parvarishlaydigan katta yoshdagilarga bevosita bog’liq bo’lib, uning barcha ehtiyoj va talablari faqat shular tomonidan qondiriladi. Go’daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tug’iladi va bu aloqa nutq darvrigacha muloqotning o’ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o’sishida muhim rol o’ynaydi. Bir yoshgacha davrda paydo bo’lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi. Go’dak o’sishining murakkabligi uning xilma xil faoliyati o’zaro bog’langanidir. Shuning uchun katta yoshdagi odamlar bu davrda go’dakning ehtiyojlarini to’la qondirishga harakt qilishlari kerak. Shundagi ularning bola psixik dunyosiga muntazam va maqsadga muvofiq ta’sir etishi bola osh miya katta yarim sharlarining po’stining faoliyatini takomillashtiradi. Go’daklik davrida idrok, xotira jarayonlari shakllanadi33.