Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Kishining o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadigan



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə108/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Kishining o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadigan xarakter xislatlari
Kishining boshqa odamlarga bo’lgan munosabatlarida va hatti-harakatlarida uning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter xislatlari ham namoyon bo’ladi. Bu o’z-o’ziga baho berish deb ataladigan xarakter xislatidir.
Jamiyat o’rtasidagi xilma-xil munosabatlarida odam ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda o’zini boshqalar bilan taqqoslaydi va o’zida boshqalarga o’xshash yoki farq qiladigan xislatlar topadi. Odamda o’zi haqida, uning o’zligi haqida ma’lum bir fikr paydo bo’ladi.
O’z-o’ziga yuksak baho berish odamning o’zligini anglashning muhim bir tomonini tashkil etadi. Kishining o’z-o’ziga beradigan bahosi uning haqiqiy sifatlariga mos bo’lishi yoki mos bo’lmasligi ham mumkin. Odam o’zidagi sifatlarga ortiqcha baho berib yuborish yoki ularga yetarli baho bermasligi ham mumkin. Shunday odamlar ham bo’ladiki, ular ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan ma’lum bir fazilatlarga ega bo’lib, bu fazilatlariga o’zi ham yuksak baho beradi. O’z-o’ziga baho berish kishining o’z qadr-qimmatini, o’z sharafini bilish, yuksak singari xarakter xislatlarida ifodalanadi.
O’z-o’ziga yuksak baho berish ba’zi odamlarda iftixor tariqasida ifodalanadi bunday odamlar o’zidagi mavjud bir fazilatni doim qayd qilibgina qolmay, balki o’zini boshqalardan afzal tomonlari borligini ham qayd etadi. O’z qadr-qimmatini, izzat-nafsini bilish,faxr salbiy xislat emas, albatta. Bu yerda ayrim kishida bo’ladigan guruhlanishni ko’zda tutilmay, balki bu odamning nima bilanfaxrlanishini, o’zi uchunfaxr deb nimani tushunishini ko’zda tutishga to’g’ri keladi.
Fahr, izzat-nafs, o’z qadr va martabasini bilish, faqat xudbinlikdan, egoistlikdan iborat bo’lib qolsa, u vaqtda bunday xarakter xislati salbiy deb hisoblanadi. Bunday xususiyat, ko’pincha, takabburlik, manmanlik, dimog’dorlik, kibrlanish, g’ururlanish tariqasida ifodalanadi,
Shunday odamlar borki, olijanob xislatlarga ega bo’ladi, ammo hyech vaqt bu xislatini odamlarga pesh qilmaydi, hyech bir holda bu xislati bilan kerilmaydi. Bunday odamlar kamtar, oddiy kishilar bo’ladilar; bunday odamlarning hatti-harakatida, gap so’zida takabburlik, dimog’dorlik, man­manlik bo’lmaydi. Kamtarlik va soddadillik kishi xarakterining ijobiy sifatidir.
Kamtar odam umum orasidan o’zini ajratib ko’rsatishga, haqiqatdagi yoki ayniqsa, o’rni-tagi yo’q xizmatlarini bo’rttirib pesh qilishga urinmaydi. U o’zining boshqalardan afzallik tomonlarini agar shunday tomonlari bo’lsa ko’z-ko’z qilishiga intilmaydi, hammaning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qilmaydi.
Kamtar kishi odamlarga o’zini savlat qilmaydi, uning odamlarga bo’lgan muomalasi, kiyimi, yurish turishi, nutqi, o’zini tutishi va odatlari har doim tabiiy va samimiy bo’ladi.
Ijtimoiy va shaxsiy hayotda oddiylik va kamtarlik alohida ahamiyatga egadir.
Kamtarlik o’z-o’zini tanqid va o’ziga nisbatan qat’iy talabchanlik bilan o’z ishiga to’g’ri baho bera bilish, ishidagi kamchiliklarni ko’ra bilish, o’z hatti-harakati va faoliyatini tahlil qila bilish ham baho berish bilan o’z kamchiliklarini dadil ochib tashlash va ularga iqror etish hamda ularga halollik hamda vijdonan bartaraf qilish choralarini ko’rish bilan chambarchas bog’liqdir.
Kishidagi kamtarlik ba’zan tortinchoqlik, uyatchanlik tarzida namoyon bo’ladi. Yana shunday odamlar ham uchrab qoladiki, biron g’arazni, o’z shaxsiy manfaatini ko’zlab va bunga yetishmoq uchun boshqa odamlar oldida o’z insonlik qadr qimmatini yerga urishga tayyor turadi. Bunday odamlarning hatti-harakatlarida hushomadgo’ylik, tilyog’lamalik, laganbardorlik singari nihoyat past qiliqlari ko’rinib turadi. Odamlardagi laganbardorlik, tilyog’lamalik, hushomadgo’ylik salbiy xarakter xislatidir.
Ba’zi odamlar borki ular haqiqatda o’zlarida bo’lmagan fazilatlarni o’zlarida bor deb ko’rsatmoqchi bo’ladilar. Bunday odamlar o’ziga bino qo’ygan maqtanchoq, manman ko’zbo’yamachi bo’ladi, o’zini katta tutib, gerdayib yuradi. Bunday kishilar, ko’pincha, juda katta ketib gapiraveradilar-u lekin amalda, haqaqatdan tuturiqsiz, noshud, puch odam bo’ladilar.
Kishining o’zida yo’q sifatni bor degani bilan bu gap hali uning xarakteridagi haqiqiy ijobiy xislat bo’la olmaydi. Balki, aksincha, kishining o’zida yo’q sifatni bor deb ko’rsatishga urinishi, kishining o’zini ma’lum bir fazilat egasi deb o’ylab yurishi uning xarakteridagi xislat bo’lib qo­ladi. Shunday qilib, kishining chinakam olijanob xislat­lari uning o’zida bor deb hisoblangan, lekin aslida yo’q xislatlar bo’lmay, balki shu kishi to’g’risida uning ishiga qarab jamoatchilik o’rtasida tug’ilgan fikr tasdiqlagan xislatdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida oldini olish bizning asosiy vazifamizdir.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin