Xarakter klassifikasiyasi va tiplari to’g’risida Biz kishida xilma-xil ko’rinishda va turlicha namoyon bo’ladigan bir qancha xarakter xislatlari bilan tanishib chiqdik.
Har qaysi xarakter xislati bir biridan ajralgan bo’lmay, balki ular bir-birlari bilan bog’liq holda namoyon bo’ladilar. Shuning uchun bir xarakter xislatining o’zi ham turlicha odamlarda turlicha namoyon bo’lmog’i mumkin. Chunonchi, dadillik bilan qilinadigan bir hatti-harakatning o’zi ma’qul yoki noma’qul, ahloqda muvofiq yoki nomuvofiq bo’lmog’imumkin. Kishidagi mardlik singari xarakter xislati faqatgina undagi iroda bilan bog’liq bo’lmay, balki aql-idrok va tuyg’u hissiyotlar bilan bog’liqdir. Mardlik ayni vaqtda ahloqiy xislat hamdir. Har bir kishining xarakteri kishi shaxsida mujassamlanadigan turlicha xislatlarning alohida bir tarzda birlashuvidir.
Kishilar xarakterini klassifikasiya qilishga yoki xarakter tiplarini aniqlashga urinish hollari psixologiya tarixida ko’p martaba uchragan. Shunga qaramay, hanuzgacha bir xarakter klassifikasiyasi va tipologiyasi yaratilgani yo’q.
Shu sababli ayrim kishilarni xarakterlashda odatda shu kishiga xarakterli bo’lgan bir-ikkita muhim belgisi ko’rsatiladi. Chunonchi, ba’zi kishilarni mustahkam, kuchli xarakterli desak, ba’zilarini kamtar, mehnatsevar, yana boshqalarini esa hushmuomala, dilkash va hokazolar deb ataymiz.
Kishining o’z faoliyatlarida, tuyg’u-hissiyot va nutqlarida, uning boshqalarga va o’z-o’ziga munosabatlarida namoyon bo’ladigan xarakter xislatlari bu kishining o’z hayotida qanday maqsadlarga amal qilishga qarab, o’z hayotini va qiladigan ishlarini qanday tushunishga qarab, ijobiy yoki salbiy bo’lmog’i mumkin.
Shuning uchun ham uning barcha xarakter xislatlari yuqori ahloqiy sifat kasb etadi. Ekspluatator sinflar sharoitida qat’iyat, matonat, mustaqillik singari xarakter xislatlari, ekspluatatorlik maqsadiga qaratilganligi tufayli ahloqqa zid, yaramas, xarakter xislatlari deb hisoblanadi.
Shunday kishilar ham uchraydiki, ularning xarakterini aniqlash qiyin bo’ladi. Bunday odamlar haqida xalqimiz juda o’rinli ravishda: «na rahmonga chiroq va na shaytonga kasov, shunchaki bir odam» deb ataydilar.
Xarakterning fiziologik asoslari Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi nerv sistemasining tipidan iborat.
Ijtimoiy muhitning ta’siri, tarbiya va mehnat faoliyati jarayonida kishi xarakterini tarkib topishida, shubhasiz uning nerv sistemasida ham o’zgarishlar yuz beradi. Bunday o’zgarishlar nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi xususiyatiga ko’ra yuzaga keladi.
Xarakter xislatlari shaxsning keyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari bo’lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida nerv sistemasining o’zgargan xususiyatlaridan iborat.
Hayvon nerv faoliyati tiplarini analiz qilib I.P.Pavlov bunday deb yozadi:
«Tip hayvon nerv faoliyatining tug’ma konstitusion turi - genotipdir. Lekin hayvontug’ilganidan boshlab tashqi sharoitning g’oyatxilma-xil ta’sirlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyatlari orqali u muqarrar javob berishi lozim bo’ladiki, ko’pincha, bu faoliyatlar mustahkamlanib, nihoyat butun hayoti oxirigacha saqlanib qoladi, shu sababli hayvonning batamom tarkib topgan nerv faoliyati tipga oid belgilar bilan tashqi muhit ta’siri ostida hosil bo’lgan o’zgarishlarning qotishmasidir – fenotip, xarakterdir».
I.P.Pavlov o’zgaruvchan nerv sistemasi tipini katta miya yarim sharlari po’stining sistemalilik ishi bilan va nerv jarayonlarining tarkib topgan, muvozanatli sistemasidan iborat bo’lgan dinamik stereotip bilan bog’laydi.
Stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo’libqolganxususiyatlarning, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv-fiziologik asosidir.
Xarakterning nerv fiziologik asosini tushunish uchun I.P.Pavlovning ikkinchi signal sistemasidagi ta’limoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal sistemasi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo’lishi bilan birga kishi hulqini ham idora qiladi.
«Normal o’sgan odamda deb yozadi I.P.Pavlov, - ikkinchi signal sistemasi odam hulqining oliy boshqaruvchisidir». Xarakterning fiziologik asosi to’g’risida gapirganda barcha xarakter xislatlari go’yo faqat nerv sistema tipi xususiyatlari bilangina belgilanadi deb tushunish yaramaydi albatta.
Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlarni, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o’z burchiga sadoqatli bo’lishlarni o’z ichiga olmaydi va ololmaydi ham albatta. Xarakter psixologiyasining mazmuni o’zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy kategoriyadir; psixologiya xarakterning mazmunini tashkil qilgan tomonlarini yoritishligi tufayli, u ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi,