Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Xarakterning ahloqiy xislatlari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə106/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Xarakterning ahloqiy xislatlari.
Xarakter kuchi va mustahkamligini ifodalaydigan barcha xislatlar ularda shaxsning ahloqiy maslagi, ma’naviy qiyofasi namoyon bo’lgani uchun ijobiy qimmatga ega bo’ladi.
Ahloqiy yoki ma’naviy xarakter xislatlari deb kishining ahloqiy e’tiqodlarini aks ettiradigan xislatlariga aytiladi. Ma’naviy xarakter xislatlari, jumladan kishini boshqa odamlarga jamiyatga, mehnatga va shuningdek, o’z-o’ziga munosabatida namoyon bo’ladi.
Kishining e’tiqodlarini ifodalaydigan xarakter xislatlari
Kishining ma’naviy qiyofasi haqida avvalo, uning hatti-harakati va hulqiga qarab hukm qilamiz. Kishining ma’­naviy qiyofasi avvalo uning hatti-harakatlari va hulqida namoyon bo’ladi.
Ahloqli odam deb o’zlarining intilishlarida, qarorlarida va harakatlarida har doim gumanistik ahloq prinsplariga amal qiluvchi kishilarni aytamiz.
Qat’iyat, sabot, dadillik, matonat, tashabbuskorlik, mas’uliyat hissi intizomlilik va shu kabi iroda xislatlari kishining ahloqiy qiyofasini, uning mustahkam e’tiqod va barqaror ahloqiy hissini ifodalaganligi sababli, biz bu xislatlarni yuksak sifatlar deb taqdirlaymiz.
Ular qaysi kishi xarakterining ma’naviy darajasi, av­valo o’z faoliyatlarida yoki o’zining ayrim hatti-harakatlarida, tamoyillarida asoslanadigan motivlarida namoyon bo’ladiki, kishi o’z intilish, qarorlarini va o’z harakatlarini shuningdek, boshqalar tomonidan chiqariladigan qaror va harakatlarini shu nuqtai nazaridan baholaydi. Xalqimizning azal-azaldan, masalan, To’maris, Shiroq, Farhod va bugungi kunning boshqa ko’pgina qahramon yigit va qizlari xarakterining mustahkam matonatli bo’lganligi ulardagi e’tiqod, ularning vatanparvarlik, o’z xalqiga, davlatiga fidokorona sadoqat ruhida tarbiyalanganliklari samarasidir. Kishilarning ma’naviy fazilati–rostgo’ylik, to’g’rilik, xalq manfaatlariga, Vatan manfaatlariga sadoqatliliklaridadir. Ahloqli kishilar davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan yuqori qo’yadigan kishilardir.
Milliy xarakterni olijanob ahloqiy fazilati – Vatan va o’z xalqining baxtu-saodati uchun, jamiyat ideallarini amalga oshirish uchun kurashlarda o’z hayotini qurbon qilishga tayyor turishdir.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin