hamda uni bajarnsh usullarini tushuntirib, ularni aniq tarixiy materialga tatbiq etgan holda
ko’rsatib beradi. Ko’rsatib berish paytida, mazmuni uncha murakkab bo’lmagan material:
taqqoslash uchun — moddiy madaniyatga doir ikki narsa, xulosa chiqarish uchun — darslikning
bir necha abzatsidan iborat matni va shu singarilar tanlangani ma’qul.
Shundan keyin o’quvchilar qanday ishlash usullari ko’rsatib berilgan materialga o’xshash tarixiy
material bilan mantiqiy operatsiya olib borishni o’qituvchi rahbarligida endi o’zlari bajaradilar.
O’quvchilar bu usullarni qadam-baqadam o’zlari bajaradigan bo’ladilar. Dastlab bu ishni yaxshi
o’quvchiga topshirish yoki ana shu operatsiyani izchil suratda, pog`onama – pog`ona bajarishga
butun
sinfni jalb etib, uni evristik usulda o’tkazish mumkin.
Keyinchalik o’qituvchi o’quvchilarni bunday usullarni shunga o’xshash materialga tatbiq etgan
holda, ularni mustaqil suratda bajaradigan bo’libgina qolmay, balki turli xildagi tarixiy
mazmunga tatbiq
etgan holda, ularni yangi sharoitlarda qo’llay olishga ham o’rgatadi.
Usullarni yangi sharoitlarda qo’llash o’quvchilar tomonidan avvaliga o’qituvchi rahbarligida
jamoa bo’lib ishlash jarayonida, masalan, evristik usuldagi suhbat davomida amalga oshiriladi.
O’quvchilar usullarni egallay borgan sari, ular mantiqiy operatsiyani tobora mustaqil va aniq
bajara boradilar. Ular o’qituvchining harakatlarini endi shunchaki takrorlamaydilar, balki
mantiqiy operatsiyaning maqsadi va ularning oldiga qo’yilgan o’quv vazifasining shartlariga
qarab, o’zlashtirilgan usullarga tayangan holda ish olib boradilar. Foydalaniladigan usullar soni
asta – sekin ko’paya boradi, o’quvchilarning malakalari tatbiq etiladigan ob’ektlar
murakkablasha boradi, shu bilan birga, tobora ko’proq to’planib borgan bilimlardan
foydalaniladi.
Malakani egallab olish darajasi aqliy faoliyat usullarini boshqa sharoitlarga tatbiq etishda
qanchalik mustaqil ish tutilishi hamda shu usullar tatbiq etiladigan hodisalar doirasining
qanchalik kengligi bilan belgilanadi.
Тarix kursini o’qitish jarayonida VI – VII sinf o’quvchilari u yoki bu malakani qay darajada
egallay olishi metodikada hali yetarlicha tekshirib chiqilmagan.
Dostları ilə paylaş: