Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarix o'qitish metodikasi” fanini o’rganishda yordamchi ma’ruza matni bo’lib, unda mazkur fanning dolzarb muammolari yoritilgan



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/59
tarix26.04.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#56374
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uc

A N N O T A T S I Y A  
 


oshirilmoqda.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning 
kishilarning  umumta’lim  va  professional  malaka  darajasini  oshirish, 
yangi  talablar  asosida  kishilarning  savodxonligini  oshirish,  uzluksiz 
ta’lim  tizimini  joriy  qilish  borasidagi  tashabbuslari  negizida  iqtisodiy 
sohalarda  yetuk  mutaxassislar  va  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlash 
orqali 
tarmoqlardagi 
o’sish 
parametrlarining 
yaxshilanishiga 
erishilmoqda. 
 
Ma’lumki,  uzluksiz  va  uzviylik  ta’lim  tizimida  ortiqcha 
takroriylikka  chek  qo’yib,  eng  avvalo,  jamiyatning  ma’naviy  va 
intellektual  salohiyatini  kengaytiradi,  qolaversa,  davlatning  ijtimoiy  va 
ilmiy–texnik  taraqqiyotini  takomillashtirish  omili  sifatida  ishlab 
chiqarishning 
barqaror 
rivojlanishini 
ta’minlaydi. 
Pedagogik 
texnologiyalarning  rivojlanishi  va  ularning  o’quv  –  tarbiya  jarayoniga 
kirib  kelishi  oqibatida,  shuningdek  axborot  texnologiyalarining  tez 
almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson uchun o’z kasbiy 
tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratildi. 
Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik 
talab talaba (yoki o’quvchi)ning dasturiy bilim, tasavvur va ko’nikmalari 
asosida  mustaqil  ishlash  samaradorligini  takomillashtirish,  ilmiy 
fikrlashga,  o’quv  faniga  qiziqishni  kuchaytirish,  kasbiy  bilimlarini 
faolligini  oshirishdan  iboratdir.  Iqtisodiy  ta’limda  pedagogika  tajribasi, 
zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarining  talaba  (yoki  o’quvchi)larni 
fanlarga  qiziqtirishga,  ularning  mustaqil  ishlashda  faolliklarini 
oshirishda imkoniyati cheksiz ekanligi tasdiqlanmoqda.  
Ta’limning  bugungi  vazifasi  o’quvchilarni  kun–sayin  oshib 
borayotgan  axborot–ta’lim  muhiti  sharoitida  mustaqil  faoliyat  ko’rsata 
olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iboratdir. 
Buning  uchun  ularga  uzluksiz  ravishda  mustaqil  ishlash  imkoniyati  va 
sharoitini  yaratib  berish  zarur.    SHu  sababli,  ta’lim  jarayonini 
texnologiyalashtirish, 
aniq 
vazifalarni 
qo’ygan 
holda, 
dars 
mashg’ulotlarining  usul  va  vositalarini  to’g’ri  tanlash  orqali  shaxsning 
intellektual  salohiyati  va  ijodiy  qobiliyatini  rivojlantirish,  jamiyatdagi 
har  bir  fuqaroning  bilim  va  malakasini  oshirish,  tezkor  ta’lim  uchun 
shart-sharoit yaratish mumkin. 
  YUqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  Pedagogika  oliy  o’quv 
yurtlari  bakalavr  yo’nalishida  tahsil  olayotgan  talabalar  uchun 
―Etnologiya‖  fanining  maqsadi  va  vazifalari  hamda  ta’lim  berish 
texnologiyasini  loyihalashtirishdagi  asosiy  konseptual  yondoshuvlarini 
keltiramiz: 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin