iSpring Flip dasturida katolog yaratish.
iSpring Suite 9 dasturi yorlig‘i
aktivlashtirilgach oynadan
Катaлог
bo‘limiga o‘tiladi. Natijada ekranda quyidagi
interfeysga ega dastur ochiladi.
9.2-rasm. iSpring Suite dasturi interfeysi.
Bu yerda dastur interfeysi 6 qismga ajratilgan. Elektron katog yaratish uchun
3 qism
ga elektron katolog nomi kiritiladi. Bu nom faqat birinchi marta kiritilsa
yetarli bo‘ladi, yani har safar katolog nomini kiritishga ehtiyoj yo‘q. So‘ngra
1
qism
Новый элемент
bosiladi. 1 qism bosilgan paytda katolog lug‘atidagi
so‘zlarni kiritish uchun
4 va 5 qismlar
paydo bo‘ladi. 4 qismga lug‘at so‘z
kiritiladi. Masalan “
border
”. 5-qismga esa shu so‘zga izoh kiritiladi. Natijada 6
qismda bitta so‘z paydo bo‘ladi. Shu tartib qolgan so‘zlar kiritilib borilsa bu
qismda so‘zlar ko‘payib boradi. Bu qism katolog bazasi hisoblanadi. Dastur
qanchalik samarador bo‘lishi esa bazaning ko‘p ma’lumot bilan boyitilganligida.
Tayyor katalogni
Публикаця
2-qism bosish orqali nashr qilinadi. Nashr qilish
jarayonida bir qancha formatlardan birini tanlash mumkin.
Mavzu yuzasidan topshiriqlar:
1.
iSpring suite dasturi yordamida Pedagogik dasturiy vositalar fanidan
glossariy yarating.
2.
Glossariyga 200 ta so‘z kiriting va uni nashr qiling.
146
2.17. HotPotatoes dasturidan foydalanib mashq qiluvchi elektron kurslarini
yaratish
Ishning maqsadi
. Talabalarga HotPotatoes dasturidan foydalanib mashq
qiluvchi elektron kurslarini yaratish bo‘yicha amaliy bilim berish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Elektron axborot ta‘lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan
dasturiy ta‘minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni
o’tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint
dasturiy ta‘minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur
mahsulot formatidagina bo’lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet
texnologiyalarining rivojlanishi va o’z navbatida, masofali ta‘lim turining paydo
bo’lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o’zida onlayn ravishda
to’g’ridan-to’g’ri ko’rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi
asosida yaratilgan fayl bo’lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida
tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar
yaratilgan.
Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring
Presenter kabi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko’ra, bugungi
kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash
sifati va optsiyalar soniga ko’ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat
flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta‘lim jarayonida qo’llanilishi mumkin
bo’lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so’rovlar, elektron
testlarni ham kiritgan holda o’zaro interaktiv bog’lanish imkoniyatini ham beradi.
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:
• taqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash
imkoniyati;
• taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni)
kiritish imkoniyati;
• taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko’ra olish, taqdimotga
«himoya belgi»si qo’yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina
«aylantirilishi»;
• video qo’shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki
masofaviy o’qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv
matnlar yaratish uchun vosita o’rnatilgan (Quiz tugmachasi);
• masofaviy o’qitish tizimida foydalanish uchun SCORMG‘AICC — mos
keluvchi kurslarini yaratish;
147
• taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
• YouTube‘ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.
EAT resurslari ichida kiruvchi ma‘lumotnomalar va lug’atlarni yaratish uchun
iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin. iSpring Kineticsning quyidagi asosiy
imkoniyatlari mavjud:
• biror-bir fan bo’yicha elektron ko’rinishdagi qulay bo’lgan glossariy,
ma‘lumotnoma yoki lug’at yaratish;
• vaqt shkalasini yaratish;
• 3 o’lchovli kitob yaratish;
• FAQ yaratish mumkin.
EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun
iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin.
iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• tarmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalash tirilgan testlarni
yaratish) imkoniyati;
• ikki, uch, to’rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to’g’ri,
ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
• bir necha to’g’ri javobli yopiq test topshiriqlari;
• ochiq test topshiriqlari;
• o’xshashlikni aniqlashga yo’naltirilgan topshiriqlar;
• to’g’ri ketma-ketlikni aniqlashga mo’ljallangan topshiriqlarni yaratish
imkoniyati.
Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxasis kadrlar tayyorlashda o‘quvchi-talabalar
bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning ahamiyati katta. Agar uni yaxshi
yo‘lga qo‘yilmasa, turli-tuman metodlarni qo‘llashimiz, qiziqarli dars o‘tish uchun
turli topshiriqlar tayyorlashimizdan qat’i nazar, kutilgan natijaga erishib
bo‘lmaydi. Chunki inson ongida har doim o‘z mehnat faoliyatini baholovchi
148
psixologik jarayon ro‘y berib turadi. O‘z ishini atijasi baholanmasa yoki
baholanishidan, taqdirlanishidan ko‘ngli to‘lmasa faolligi susayadi, oxir-oqibat
«hafsalasi pir» bo‘lishi mumkin. O‘quvchi-talabalar bilimini, muntazam tekshirish
va baholash ularni predmetni chuqur o‘rganish va nazorat usullarini
takkomillashtirish vazifasini yuklaydi.
Talabalar bilimlarini nazorat qilishning elektron shakllari. Talabalarning bilimi
va o‘quvchining attestatsiyalash hamda verifikatsiyalash shakli sifatida testlash
tabiiy va gumanitar yo‘nalishadagi kafedralarning ta’lim faoliyatida kompyuter
texnologiyalari paydo bo‘lgunga qadar yuzaga kelgan.
Qoidaga ko‘ra, o‘quvchilarni test nazoratidan (kompyuterlardan foydalangan
holda qo‘llash bilan ham) quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
- bilimlarning propedevtik (boshlang‘ich bilimlarini bilish bo‘yicha) nazorat;
- egallangan ko‘nikma va o‘quvlarning tematik (joriy) nazorati;
- bilimlarning marraviy nazorati;
- o‘quv fanining barcha materiali bo‘yicha yakuniy attestatsiyasi;
- qoldik bilim va o‘quvlarning monitoringi (rezidual nazorat).
Ta’lim sohasidagi bilimlar, ko‘nikmalar va maxoratlarni nazorat qilishning test
tizimi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: diagnostik, ta’lim beruvchi, tashqil
qiluvchi, tarbiyalovchi va boshqaruvchi. Diagnostik funksiya test nazoratining
o‘zini mohiyatidan iborat: o‘quv darsining darajasida qanday bo‘lsa, o‘quv
fanining ancha umumiy darajalarida va talabaning barcha professional
tayyorgarligida ham shunday tayyorgarlikning yutuqlari va tuzilishlarini
aniqlashdan iborat.
Ta’lim beruvchi funksiya test yoki etalonli javoblar jarayonida aytib turishni
ko‘rsatish, bilish sohalarini namoyon qilish, probel (bo‘shliq)larni topishdan kelib
chiqadi. Sinov darslari ta’sirida bilimlarni mukammallashtirish qo‘shimchalar,
aniqliklar va to‘g‘rilashlar yo‘li bilan kechadi.
Tarbiyalovchi funksiya talabaning o‘quv asoslarini oshirish bilan, bilish
faoliyatining natijalariga javobgarlikni shakllantirish bilan, o‘quv jarayonini o‘zini-
o‘zi tashkil qilish bilan bog‘lik.Nazoratning tarbiyalovchi va rag‘batlantiruvchi
harakati agar uning natijalari oshkora bo‘lsa, oshadi. Umuman, shaxs uchun o‘quv
yutuqlarini nazorati kamchiliklarni ham, afzalliklarni ham ko‘rishga yordam
beradi. Testlashning boshqaruvchi funksiyasi testlash natijalari bilan tug‘ilgan va
o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga o‘qishning qo‘llaniladigan metodika va
texnologiyalarini mukammallashtirishga qaratilgan o‘quvchining, o‘qituvchining
va ta’lim muassasalari ma’muriy boshqarmasi harakatlari bilan bog‘liq. An’anaviy
og‘zaki imtihon bilan solishtirganda imtihon testi nafaqat baholashning eng
ob’ektiv usuli bo‘lib qolmay, balki psixologik tomondan eng asrab-avaylovchidir:
xavotirlik darajasi kam, e’tibor darajasi yuqori, organizmning fiziologik
149
harakteristikasi eng qulaydir. Bunda og‘zaki imtihonning shunday «nozik farqi»,
ya’ni imtihon oluvchining xaddan ziyod qattiqqo‘lligi yoki, aksincha, xaddan ziyod
ko‘ngilchanligi aniq talabaga nisbatan imtihon oluvchining emotsional tarzda
qo‘yadigan bahoga ta’siri yo‘qotiladi.
Dostları ilə paylaş: |